INSONPARVARLIK VA BAĞRIKENGLIK TIMSOLI
Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev taqdimnomasiga asosan Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yil 12-oktyabrda qabul qilingan "Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma tört yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida”gi Qaror mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qiliş, jinoiy jazolarni yanada liberallaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarning yana bir amaliy ifodasi böldi.
Inson hayotda adaşişi mumkin. Muhimi, keyinçalik töğri yölga tuşib olişidir. Davlatimiz tomonidan jinoiy jazolarni yanada liberallaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar xalqimizning ana şu bağrikenglik, keçirimlilik kabi yuksak qadriyatlariga asoslangan. Qonunni buzgan odamning gunohini keçirib, jamiyat qaytadan öz bağriga olişi uni jinoyat köçasiga qayta kirişdan asraşning işonçli yölidir.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining mazkur qarorida quyidagi mahkumlarni: ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda ön sakkiz yoşga tölmagan şaxslar, 60 yoşdan oşgan erkaklar, çet davlatlar fuqarolari, amnistiya qarori kuçga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda 1- va 2-guruh nogironlari, şuningdek, sil kasalligining faol şakliga çalingan (dispanser hisobida 1- va 2-guruh) deb eʼtirof etilgan şaxslarni jazodan ozod qiliş belgilangan. Bundan taşqari, qarorda ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan şaxslar, şuningdek, qasddan ijtimoiy xavfi katta bölmagan yoki unça oğir bölmagan jinoyatlarni sodir etgani uçun birinçi marta hukm qilingan şaxslar jazodan ozod qilinişi közda tutilgan.
Bunda amnistiya aktining qöllanilişi ustidan jamoatçilik nazoratini va qarorni qöllaşning oçiq-oşkoraligini taʼminlaş muhim ahamiyatga egadir.
Amnistiya akti - mamlakatimizda röyobga çiqarilayotgan insonparvarlik va bağrikenglik, milliy qadriyatlarga hurmat siyosatining amaldagi yana bir ifodasidir. Zotan, bilib-bilmasdan jinoyat yöliga kirib qolganlarni keçiriş, ularga nisbatan insonparvarlik aktini qöllaş bunday şaxslarning har qanday qilmişi uçun jazoning muqarrarligini anglab yetişida juda muhim örin tutadi.
Xulosa qilib aytganda, amnistiya aktini qabul qilişdan asosiy maqsad Konstitutsiyamizning muqaddimasida belgilangan insonparvarlik ğoyalariga sodiqlikni namoyon etgan holda, bilib-bilmay adaşib, jinoyat sodir qilgan fuqarolarni keçirib, ularga yangiça hayot boşlaşga imkoniyat beriş hisoblanadi. Amnistiya töğrisidagi hujjatning qöllanişi davlatimizda inson huquq va manfaatlari oliy qadriyat sanalişini, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatida insonparvarlik tamoyili ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etişi bilan ahamiyatlidir.
Yoqubjon SODIQOV,
Şimoli-Ğarbiy harbiy okrug harbiy prokurori, adliya polkovnigi.
(Foto - http://xushnudbek.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶