MAQSADIMIZ – EL IŞONÇINI OQLAŞ
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi salomatligini yaxşilaşga alohida eʼtibor berildi. Inson salomatligi yölida qilingan mana şunday ğamxörliklar natijasida nafaqat tumanimiz markazida, balki tumanimizning barça qişloq joylarida ham aholiga tibbiy xizmat körsatiş işlari tubdan yaxşilandi.
Ayni kunda "Oq oltin” ovuli markazida faoliyat körsatayotgan qişloq vraçlik punktimizning 2013-yilda rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan binoga köçirib ötkazilişi ham mana şunday ğamxörliklarning ifodasi böldi, desak aslo yanglişmaymiz.
Bugungi kunda QVPda faoliyat yuritayotgan 3 nafar umumiy amaliyot şifokori, 17 nafar hamşira va 2 nafar kiçik hamşira ovulimizning 1375 ta xonadonida istiqomat qilayotgan 8300 dan ziyod aholisiga tibbiy xizmat körsatmoqda.
Xodimlarimizning xonadonlarga belgilangan muddatlarda taşrif buyurib, kişilar salomatligini közdan keçirib turişlari, ularga öz vaqtida tibbiy yordam körsatişga harakat qilişlari ovuldoşlarimizning tahsinlariga sazovor bölmoqda. Inson salomatligini muhofaza qilişga masʼul bölgan tibbiyot xodimlariga xalqimizning hurmati va işonçining tobora ortib borayotganligi bizlarni öz kasbimizga yanada köproq mehr qöyib, fidoyilik namunalarini körsatib mehnat qilişga daʼvat etmoqda.
Jamoamizda katta hamşira Gulsara Töramurotova, emlaş hamşirasi Gavhar Berdimurotova, patronaj hamşirasi Gulnora Asqarova va patronaj akuşerkasi Dilfuza Bekniyazovalar özlarining fidoyi mehnatlari va işçanligi bilan jamoadoşlariga namuna bölmoqdalar.
"Oq oltin” qişloq vraçlik punkti jamoasi aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samaradorligini oşira borib, yurtdoşlarimiz salomatligini yanada yaxşilaşga, ularning tibbiyot xodimlariga bölgan işonçlarini oqlaşga harakat qiladi.
Men uşbu fursatdan foydalanib, barça hamkasblarimizni tibbiyot xodimlari kuni bayrami bilan çin qalbimdan muborakbod qilaman!
Gulsara BEGJANOVA,
"Oq oltin” QVP mudirasi.(Foto - http://uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶