12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:02
Iqtisodiyot 👁 6,576

2017-2021-yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida

2017-2021-yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Keyingi yillarda qişloq joylarda aholi uçun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar quriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilganligi qayd etilsin. Faqat 2009-2016-yillar davrida qişloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bölgan 69 557 ta şinam uy-joy qurildi. Qişloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yaşaş şaroiti yaxşilandi.

Körilgan çora-tadbirlar oilalarni zamonaviy, sifatli, şinam uy-joy bilan taʼminlaşga, qişloqda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini şakllantirişga kömaklaşdi, qişloqning qiyofasini yangi darajaga kötariş va şu asosda qişloq aholisining hayot darajasini yaxşilaş va dunyoqaraşini özgartiriş imkonini berdi.

Şu bilan birga, uşbu sohani örganiş aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, şuningdek milliy mentalitetni va qişloq joylarda yaşaş şaroitlarining xususiyatlarini töliq hisobga olib quriliş samaradorligini oşirişga yönaltirilgan printsipial jihatdan yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş zarurligini körsatdi.

Qişloq joylarda aholining keng qatlamlarini zamonaviy va şinam uy-joy bilan taʼminlaş darajasini tubdan oşiriş maqsadida:

1. Quyidagilar qişloq joylarda uy-joy qurilişini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib belgilansin:

yaşaş uçun ijtimoiy-maişiy şart-şaroitlarni yaxşilaş, qişloq aholisining zamonaviy, sifatli, şinam, arzon uy-joyga bölgan ehtiyojlarini qondiriş;

qişloq joylarda uy-joylar quriş uçun ajratilgan turar joy massivlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini va transport tarmoqlarini birgalikda rivojlantiriş;

konstruktiv va arxitektura-rejalaştiriş yeçimlarini optimallaştiriş hisobiga loyiha-qidiruv va quriliş-montaj işlari, şuningdek barpo etilayotgan uylar tannarxini pasaytiriş;

energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanişni kengaytiriş;

joylarda quriliş industriyasini rivojlantiriş, pudrat taşkilotlarining quvvatlarini köpaytiriş, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş;

uy-joy qurilişi uçun ajratiladigan yer resurslaridan oqilona foydalanişni taʼminlaş;

qişloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilişi uçun imtiyozli kreditlar berişning fuqarolar uçun yanada qulay şartlarini joriy etiş.

2. Qişloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qöşimça ravişda arzon uylarning quyidagi yangi namunalarini (keyingi örinlarda uylar deb ataladi) joriy etiş maqsadga muvofiq deb hisoblansin:

xöjalik imoratlari va obod hovlilari bölgan ikki, uç qavatli köp kvartirali (2, 3 xonali) uylar;

aholi ziç joylaşgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bölgan yer uçastkalarida joylaştiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar;

hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar bölgan yer uçastkalarida joylaştiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlaştirilgan uylar.

3. Belgilansinki, uy-joylarning yangi namunalarini quriş uçun "Qişloq quriliş bank" ATB, Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, "Xalq banki" ATB, "Asaka bank" ATB va "Özsanoatqurilişbank" ATB (keyingi örinlarda iştirok etuvçi tijorat banklari deb ataladi) uy quruvçilarga 3 yillik imtiyozli davr va birinçi 5-yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalaştiriş stavkasi miqdorida 15-yil muddatga ipoteka kreditlari beradilar, bunda uy quruvçilarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni taşkil etadi:

15 foiz – ikki, uç qavatli köp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uçun;

25 foiz – ikki qavatli 4 xonali birlaştirilgan uylar uçun.

4. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va quriliş qömitasi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari, "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ, iştirok etuvçi tijorat banklari va boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda işlab çiqilgan 2017-yilda qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi (keyingi örinlarda Dastur deb ataladi) maʼqullansin. Dastur quyidagilarni öz içiga oladi:

2017-yilda namunaviy loyihalarning aniq turlari böyiça qişloq joylarda umumiy moliyalaştiriş hajmlari 2 121,5 milliard söm bölgan 15,0 mingta arzon, zamonaviy, şinam uy-joylar, şu jumladan birinçi turi böyiça – 4 608 ta, ikkinçi turi böyiça – 3 739 ta, uçinçi turi böyiça – 3 672 ta, qurişning yiğma va asosiy parametrlari 1-5-ilovalarga muvofiq;

2017-yilda turar joy massivlari uçun muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obʼektlari quriş böyiça yiğma körsatkiçlar 6-ilovaga muvofiq.

5. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisiga, viloyatlar hokimlariga, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va quriliş qömitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi, "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ, "Qişloq quriliş loyiha" MÇJ, "Özbekenergo" AJ, "Öztransgaz" AK, iştirok etuvçi tijorat banklari, boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlariga:

maʼqullangan Dastur parametrlariga muvofiq uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obʼektlari quriş;

quriliş-montaj işlari tannarxini pasaytirişga, mahalliy quriliş industriyasini barqaror va mutanosib rivojlantirişga, pudrat taşkilotlarining salohiyatini mustahkamlaşga yönaltirilgan çora-tadbirlarni izçil amalga oşiriş yuzasidan şaxsiy masʼuliyat yuklansin.

6. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

iştirok etuvçi tijorat banklarining buyurtmanomalari böyiça iştirok etuvçi tijorat banklarining marjasi yiliga 4 foiz miqdorida bölişini hisobga olgan holda yiliga 3 foizli stavka böyiça 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga oluvçi 15-yil muddatga milliy valyutada kredit liniyalari oçsin, bunda kredit liniyasi mablağlarini Dastur doirasida uylar qurişga maqsadli yönaltirsin;

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank va iştirok etuvçi tijorat banklari bilan birgalikda Dasturni amalga oşirişga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliyalaştiruvçi taşkilotlarining imtiyozli uzoq muddatli kreditlarini jalb etiş masalasini işlab çiqsin.

7. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari, Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi, iştirok etuvçi tijorat banklari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda qişloq aholisining uy-joylarning har bir namunasiga bölgan talabini örganiş natijalaridan kelib çiqib, 2017-yil 1-aprelgaça bölgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga keyingi yillarda Qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturini amalga oşiriş parametrlari yuzasidan takliflar kiritsin;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda 2018-2021-yillarda Qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturini moliyalaştiriş miqdorlari va manbalarini belgilasin, şu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliyalaştiruvçi taşkilotlarining kredit mablağlarini jalb etişni nazarda tutsin.

8. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari kelgusi yilga Qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi doirasida har yili belgilangan tartibda:

1-maygaça – Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi hamda Davlat arxitektura va quriliş qömitasi bilan kelişgan holda, keyinçalik uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obʼektlari quriş uçun "Qişloq quriliş invest" IK MÇJga beriladigan, qişloq xöjaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va örmon fondiga kirmaydigan, taşqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanadigan massivlar röyxati tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritilişini;

1-sentyabrgaça – iştirok etuvçi tijorat banklari bilan birgalikda talabgorlar aniqlanişini va uylar quriş uçun ularning dastlabki badallari şakllantirilişini;

1-oktyabrgaça – "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ va Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi bilan birgalikda foydalanişga tayyor holda topşiriş şartlarida uylar quriş uçun Quriliş-pudrat taşkilotlari reyestriga kiritilgan pudrat taşkilotlarini aniqlaş böyiça tanlov savdolari ötkazilişini;

1-noyabrgaça – "Özbekenergo" AJ, "Öztransgaz" AK, Respublika yöl jamğarmasi va "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ bilan birgalikda yangidan quriladigan qişloq turar joy massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obʼektlari quriş uçun Quriliş-pudrat taşkilotlari reyestriga kiritilgan pudrat taşkilotlarini aniqlaş böyiça tanlov savdolari ötkazilişini taʼminlasinlar.

9. "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ Qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi doirasida turar joy massivlarida suv taʼminoti obʼektlari va avtomobil yöllari quriş böyiça buyurtmaçi etib belgilansin.

10. Belgilansinki, turar joy massivlarida suv, elektr, gaz taʼminoti obʼektlari va avtomobil yöllari quriş tegişli ravişda respublika byudjeti, "Özbekenergo" AJ, "Öztransgaz" AK va Respublika yöl jamğarmasi mablağlari hisobiga amalga oşiriladi.

11. "Qişloq quriliş bank" ATB Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, iştirok etuvçi tijorat banklari va "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ bilan birgalikda fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining tavsiyalari asosida, ariza beruvçi – uy quruvçining Dasturdagi iştiroki tartibi töğrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlaş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. 2017-2021-yillarda qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi doirasida 2022-yil 1-yanvargaça:

pudrat taşkilotlari – "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ bilan tuzilgan şartnomalar böyiça foydalanişga tayyor holda topşiriş şartlarida massivlarda uylar, suv taʼminoti obʼektlari va avtomobil yöllari quriş böyiça işlar hajmlari uçun – soliqlarning barça turlarini va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar tölaşdan;

subpudrat taşkilotlari – massivlarda uylar, suv taʼminoti obʼektlari va avtomobil yöllari qurişga "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ bilan şartnomalar tuzgan boş pudrat taşkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar böyiça ular tomonidan bajariladigan işlar hajmlari uçun – yagona soliq tölovi tölaşdan;

quriliş materiallari va asbob-uskunalar işlab çiqaruvçi taşkilotlar, şuningdek ularni taşiydigan taşkilotlar – foydalanişga tayyor holda topşiriş şartlarida uylar quriş uçun "Qişloq quriliş invest" IK MÇJga va "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ bilan şartnomalar tuzgan boş pudrat taşkilotlariga quriliş materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qiliş va ularni taşiş (jumladan import materiallarni) hajmlari uçun qöşilgan qiymat soliği, yagona soliq tölovi va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar tölaşdan;

"Qişloq quriliş invest" IK MÇJ – soliqlarning barça turlarini va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar tölaşdan;

"Qişloq quriliş loyiha" MÇJ – "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ bilan tuzilgan şartnomalar böyiça uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obʼektlari quriş böyiça bajarilgan loyiha-qidiruv işlari hajmlari uçun – qöşilgan qiymat soliği tölaşdan;

"Özsanoateksport" AJ – 7-ilovaga muvofiq respublikada işlab çiqarilmaydigan, çetdan olib kelinadigan yoğoç-taxta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uçun bojxona tölovlaridan (bojxonada rasmiylaştiriş yiğimlari bundan mustasno), şuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat böyiça boşqa quriliş materiallari uçun, ular "Qişloq quriliş invest" IK MÇJga sotilganda – qöşilgan qiymat soliği tölaşdan;

"Toşkent qişloq quriliş servis" MÇJ va transport korxonalari – metall listlarni qayta işlaş va ularni "Qişloq quriliş invest" IK MÇJga yetkazib beriş böyiça işlar hajmlari uçun – qöşilgan qiymat soliği, yagona soliq tölovi va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar tölaşdan ozod etilsin.

Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi uşbu qarorda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan töğri foydalanilişi ustidan qatʼiy nazorat örnatsin.

13. Quyidagilarga istisno tariqasida:

2017-yil 1-martgaça bölgan muddatda – 2, 3 va 4-ilovalarda körsatilgan uylarning quriliş-montaj işlarini loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş bilan bir vaqtda amalga oşirişga;

2017-yil 1-yanvargaça foydalanişga topşiriş yuzasidan zarur çoralar körilgan holda 0,02 gektar maydondagi yer uçastkalariga joylaştiriladigan 26 ta ikki, uç qavatli köp kvartirali (2 va 3 xonali) uylarni va 130 ta bir qavatli 2, 3 xonali uylarni joriy yilda qurişni boşlaşga;

8-ilovaga muvofiq röyxat böyiça uylar quriş uçun boş pudrat taşkilotlariga markazlaştirilgan tartibda yetkazib beriladigan asosiy quriliş materiallari va asbob-uskunalarning "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ tomonidan tender savdolari ötkazilmasdan eng maqbul takliflar tanlovi orqali sotib olinişiga ruxsat berilsin.

14. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Özqurilişmateriallari" AK va "Özmetkombinat" AJ buyurtmaçi va loyihalaş taşkilotining asoslangan hisob-kitoblari böyiça uşbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obʼektlari uçun tartibga solinadigan narxlar böyiça tsement va metall prokati ajratilişini taʼminlasinlar.

15. Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ, "Qişloq quriliş loyiha" MÇJ, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oşiriş doirasida quriliş-montaj işlari bajarilişi sifati va loyiha yeçimlari, şuningdek şaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilişi ustidan davlat arxitektura-quriliş, texnik va mualliflik nazoratlari yuritilişini taʼminlasin.

16. Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston matbuot va axborot agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari, Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi, "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ va iştirok etuvçi tijorat banklari bilan birgalikda Qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturining maqsadlari va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilişini taşkil etsinlar.

17. "Qişloq quriliş bank" ATB, "Qişloq quriliş invest" IK MÇJ Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiquvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida taklif kiritsin.

18. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari R.S.Azimov va Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.


Özbekiston Respublikasi Prezidenti
vazifasini bajaruvçi                                                                 Ş.Mirziyoyev

Toşkent şahri,
2016-yil 21-oktyabr


* * *


Özbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021-yillarda
qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça
arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida"gi qaroriga
Ş A R H

Keyingi yillarda respublikada qişloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini yaxşilaş, namunaviy loyihalar böyiça yakka tartibda uy-joylar quriş hisobiga qişloq aholisining hayoti darajasi va sifatini oşiriş, qişloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini jadal rivojlantiriş böyiça kölamli işlar amalga oşirildi. Faqat 2009-2016-yillarda qişloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 million 573 ming kvadrat metr bölgan 69 557 ta şinam uy-joy qurildi. Qişloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yaşaş şaroiti yaxşilandi.

Şu bilan birga, örganiş yakunlari aholining real ehtiyojlarini va xarid qobiliyatini, şuningdek milliy mentalitetni va qişloq joylarda yaşaş şaroitlarini töliq hisobga oluvçi qurilişning yuqori samaradorligini taʼminlaydigan printsipial jihatdan yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş zarurligini körsatdi.

Qişloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga bölgan ösib borayotgan ehtiyoji imtiyozli kredit berişning yuqori darajadagi şartlarini joriy etişni, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanişni yanada kengaytirişni, şuningdek barpo etilayotgan uylarning tannarxini pasaytirişni talab qilmoqda.

Uşbu muhim vazifalar hisobga olingan holda qabul qilingan qaror qişloq aholisining keng qatlamlari uçun zamonaviy va şinam uylardan foydalaniş darajasini tubdan oşirişga, yer resurslaridan oqilona foydalanişni taʼminlaşga va qişloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilişini yanada rivojlantirişga yönaltirilgan.

Qaror töplangan tajribani örganişni hisobga olib qişloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilişiga yangiça yondaşuvni mustahkamlaydi. Qarorda beş yillik davrga möljallangan qişloq joylarda arzon uylar qurişning kölamli Dasturini amalga oşiriş nazarda tutilgan. Dasturga asos qilib olingan yangilangan namunaviy loyihalar qişloq aholisining yuqorida körsatib ötilgan talablari va ehtiyojlarini töliq hisobga oladi, çunki ularning fikrlari va istak-xohişlari hisobga olinib işlab çiqilgan.

Dasturda qişloq joylarda narx parametrlari va şinamliligiga köra yakka tartibdagi uy-joylar namunalarining uçta eng arzon turlarini qöşimça ravişda barpo etiş nazarda tutiladi.

Jumladan, birinçi turi böyiça uç yoki tört yölakli, xöjalik imoratlari va obod hovlilari bölgan ikki va uç qavatli köp kvartirali uylar barpo etişni nazarda tutadi. Misol uçun bunday uylarda umumiy maydoni 42,4 kvadrat metr va taxminiy qiymati 72,5 million söm, xöjalik imoratlari hisobga olingan holda 85,0 million söm bölgan ikki xonali kvartiralar quriş rejalaştirilmoqda.

Öz navbatida, uç xonali kvartiralarning maydoni 52,4 kvadrat metr va taxminiy qiymati 88,5 million söm, xöjalik imoratlari hisobga olingan holda 100,7 million söm böladi.

Bundan taşqari, körsatib ötilgan köp kvartirali uylarni qurişda kvartiralar egalarining ehtiyojlarini qondiriş maqsadida hovlida joylaştiriladigan imoratlar – bolalar maydonçalari, dam oliş uçun ayvonlar, duş va boşqalar barpo etiş nazarda tutiladi.

Ikkinçi turiga muvofiq aholi ziç joylaşgan tumanlarda 2 sotix maydondagi yer uçastkasida barpo etiladigan bir qavatli ikki va uç xonali arzon uylar quriş möljallanmoqda. Bunday ikki xonali uylarning umumiy maydoni 53,0 kvadrat metr va taxminiy qiymati 93,8 million söm, xöjalik imoratlari hisobga olingan holda 101,5 million söm böladi.

Uç xonali uylarning umumiy maydoni 63,5 kvadrat metr va taxminiy qiymati 111,0 million söm, xöjalik imoratlari hisobga olingan holda 118,7 million söm böladi. Uylarning hovlisida xöjalik imoratlari quriş nazarda tutiladi.

Uçinçi turi 4 sotix maydondagi yer uçastkasida barpo etiladigan umumiy maydoni 115,0 kvadrat metr bölgan yagona blokka birlaştirilgan ikki qavatli tört xonali uylar qurişni nazarda tutadi. Bunda körsatib ötilgan uylarning taxminiy qiymati 162,0 million sömni, xöjalik imoratlari hisobga olingan holda 181,8 million sömni taşkil etadi. Uylarning hovlisida xöjalik imoratlari quriş nazarda tutiladi.

Agar 2009-yilda qabul qilingan Qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça yakka tartibda uy-joylar quriş dasturi doirasida uy quruvçining dastlabki badali 25 foizni taşkil etgan bölsa, yangi Dastur böyiça uşbu badal birinçi va ikkinçi turdagi uylarni quruvçilar uçun atigi 15 foizni taşkil etadi. Bu arzon uylar Dasturiga qişloq aholisining keng qatlamlarini jalb etişga kömaklaşadi.

Bundan taşqari, ipoteka krediti uç yillik imtiyozli davr va birinçi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan 15-yil muddatga beriladi. Keyingi yillarda kreditning foiz stavkasi Markaziy bankning hozirgi vaqtda yillik 9 foizni taşkil etadigan qayta moliyalaştiriş stavkasidan ortiq bölmaydi.

Dasturni moliyalaştirişga faqat 2017-yilda 2 trillion 121,5 milliard söm yönaltiriladi, şu jumladan uy quruvçilarning mablağlari bilan birgalikda davlat byudjetidan 350,0 milliard söm ajratiladi, şuningdek tijorat banklarining 2 trillion sömdan ortiq miqdoridagi kredit resurslarini jalb etiş nazarda tutiladi.

Umuman olganda, Dasturda 2017-yilda 15 mingta yangi uy va kvartira, şu jumladan 4608 ta birinçi turdagi, 3739 ta ikkinçi turdagi, 3672 ta uçinçi turdagi uylarni hamda 0,06 gektar maydonga 3, 4 va 5 xonali 2981 ta bir qavatli uy quriş nazarda tutiladi.

Şu bilan birga yangi qurilayotgan uy-joy massivlarida faqat davlat resurslari hisobiga 415,3 kilometr suv taʼminoti tarmoqlari, 291,5 kilometr elektr taʼminoti tarmoqlari, 316,9 kilometr gaz taʼminoti tarmoqlari va 260,3 kilometr avtomobil yöllari, şu jumladan massivlar içida kiriş yöllari va yöllar, şuningdek 134 ta ijtimoiy infratuzilma obʼektini barpo etiş möljallanmoqda.

Quriliş-montaj işlari sifatiga qöyiladigan talablarning oşirilişi Dasturning yana bir muhim xususiyati hisoblanadi. Bunda asosiy quriliş materiallari va buyumlarga quriliş-pudrat taşkilotlarining xarajatlarini optimallaştiriş hisobiga barpo etiladigan namunaviy uy-joylar qiymati pasayişi taʼminlanadi.

Bundan taşqari, uylarning arzonligiga Dastur iştirokçilari uçun soliq, bojxona imtiyozlari va boşqa imtiyozlar berilişi tufayli ham erişiladi. Masalan, pudrat taşkilotlari arzon uylar quriş doirasida bajariladigan işlar hajmi uçun soliqlarning barça turlarini va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarni tölaşdan ozod etiladi.

Uşbu Dasturning samarali amalga oşirilişi davlat tuzilmalarining alohida nazorati ostida böladi, unda nazarda tutilgan körsatkiçlar bajarilişining tizimli monitoringi olib boriladi.

Yangilangan loyihalar böyiça barpo etiladigan uylar özining narx parametrlari, sifat tavsiflari va şinamliligi böyiça Markaziy Osiyoda öxşaşi yöqligini eʼtirof etiş zarur.

Qarorning amalga oşirilişi qişloqni obodonlaştirişning va qişloq aholisi hayot darajasini tubdan oşirişning asosiy omillaridan biri sifatida qişloq joylarda yakka tartibda uy-joy quriş kölamlarini yanada kengaytiriş böyiça uzviylik va izçillik yölini taʼminlaşga kömaklaşadi.
(Manba: ÖzA.
Foto: uz24.uz)
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026