Kuz ilhomlari
KÖNGLIMGA
Agar har kim faqat özi uçun yaşasa: yesa, içsa, kiysa, ölik-tirikka qatnaşmasa, töy-maʼrakani bilmasa, oğa-inining yetar-yetmasidan xabari bölmasa, qurtdan ne farqi bor, bösağasi tillo bölsa ham?!
Artdingmi singlingning közidan yoşni,
Çetga olib ötdingmi yöldagi toşni.
Baʼzida payqamay oyni, quyoşni,
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Bir madad istabon kelganda singling,
Dardini aytolmay turganda ining.
Nega kör, kar bölding?! Nega bölding jim?!
Umring ötganini bilmay qolarsan?!
Juftingga şirin söz körmabsan-ku ep,
Axir şu böldi-ku hayotingga zeb!
Kim böldi kafiling: "fursating köp!” - deb.
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Jismingda suv, havo, tuproq bilan öt,
Har kuni bir reja qilasan xomçöt.
Hazrati Nuh kabi ming yil yaşab öt -
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Kimlarga pand berding, kimdan yeding pand,
Qaçon oğu sörding, qaçon sörding qand.
Köngling bölganida endi Haqqa band,
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Tursunboy Abdullayev.
Mustaqil Vatanim
Vatanim, bepoyon kengliklaring köp,
Kengliklaring içra hayot mujassam.
Purviqor toğlaring, qaynar buloğing,
Közimga tötiyo zarra tuproğing.
Senga kelgan sayyoh davroning körib,
Öz yurtin unutib, hayron qoladi.
Bunyodkor elingning davronin körib,
Imkon ufqlaringdan közi toladi.
Özbegim, dovruğing olamga ketdi,
Tinçlik kabutarin parvozi misol.
Qutluğ töy xabari dillarga yetdi,
Dillar ehtiromin qabul qilib ol!
Gulsara BOBOJONOVA,
73-sonli maktab öqituvçisi.
SARĞAYa BOŞLAGAN YaPROQLAR
Sarğaya boşlagan yaproqlar,
Ezmoq istaydimi yurakni?!
Keltirar bu hollar mudroqlar,
Heç narsa emasdek kerakli.
Umrim-yey, xulosa topganday,
Hadikda qaraysan orqaga.
Behollik boqqa ham boqqanday,
Qarirsan, deganday ertaga.
Ğaflatli uzlatni uloqtir,
Ey, mening ertakli hislarim!
Jarangdor ohanglar siyoqli
Körinsin ovozim izlari!
Mahzunlik – kuzdagi tökilgan
Xazonga öxşagan hazinli.
Supurib, haydayin köngildan,
Kun kerak quvnoq va hazilli...
Sarğaya boşlagan yaproqlar,
Yellarda öynanglar damo-dam,
Yayranglar, şoxlarni quçoqlab,
Hayotdan zavqlaning jamul-jam.
Jumaboy Hidoyatov.
MUSTAQIL BÖSTONIM – ÖZBEKISTONIM
Biz baxtli yoşlarmiz, unutmang aslo,
Biznikidir kelajak, bizniki dunyo.
Sen-la faxrlansak arziydi bugun,
Mustaqil böstonim – Özbekistonim.
Yoşlarga atalgan kuç, imkoniyatlar:
Uçişni xohlasang qanot berarlar.
Özingning qölingda qandayin uçmoq,
Baland parvoz qilmoq yoki qulamoq.
Ey farzand, közing oç, atrofga qara,
Dadil böl, qulama, yengilma aslo!
Çunki sen farzandi buyuk diyorning,
Mustaqil, hur Vatan – Özbekistonning
Dilşoda RAHMONQULOVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
RAHMAT
(Birinçi ustozim Gulnora Rahimovaga)
Ilk bora kelganda qutluğ maskanga,
Bizni quvonç ila kutib oldingiz.
Dillarda uyğotib mehr Vatanga,
Aziz insonimiz bölib qoldingiz.
Hayotda töğri yöl körsatib bizga:
– Yaxşilik yölidan yuring, – dedingiz:
Odamlar taşakkur aytadi sizga,
– Ezgulikdan qasr quring! - dedingiz.
Hayot saboği-yu sizning ögitlar,
Qalblarga muhrlab böldik biz katta.
Minnatdormiz sizdan qiz-u yigitlar,
Bölamiz olim-u şoir, albatta.
Ustozim! Bizlarning birinçi ustoz,
Ğam-taşviş körmangiz aslo, dunyoda.
Mehnatlaringizga qança taʼrif oz,
Rahmat aytar, öquvçingiz Iroda!
Iroda YeRDOŞEVA,
38-sonli maktab öquvçisi.
Buvijonim
Böğirsoqlar pişirib,
Yaxşilarga ulaşgan.
Köçalarni supirib,
Tozalikni örgatgan.
Hayit kuni barçani,
Xursand qilgan buvijon.
Patir non va kulçani,
Özi yopgan buvijon.
Hayit keldi Vatanga,
Örningiz bilinyapti.
Ayriliqdan har damda,
Yuragim ezilyapti.
Zilola ŞOMURODOVA,
40-sonli maktab öquvçisi.
KUZDA
Keng dalada paxtalar,
Şamollarda tebranar.
Barça uçun iş qizğin,
Sidqi dildan terarlar.
Fermer aka soğ bölsin,
Paxta xirmon toğ bölsin.
Tuproği zar özbekning,
Hosili möl-köl bölsin.
Oq momiğim bunçalar,
Barakali ösimlik.
Tonna-tonna paxtalar,
Qalbga berar jöşqinlik.
Erta tongdan odamlar,
Dalalarga çiqadi.
Barçasi birdam bölib,
Xirmonni töldiradi.
Dildora RAJABOVA.
Ustoz
Har kun bizni kutib olar,
Soğ bölsin, deb tilak tilar.
Ilm-u hunarlar örgatib,
Jöşqin hayotga yöllar.
Mehrda misli ummon,
U bir quyoş nurafşon.
Boş egib taʼzimdadir,
Ustoz oldida jahon.
Sevinç Otajonova,
40-sonli maktab öquvçisi.
VATAN DESAM
Vatan, desam köz oldimga,
Otam bilan onam kelar.
Oilaning köz-quvonçi,
Ukam bilan opam kelar.
Vatan, desam köz oldimga,
Baland-baland toğlar kelar.
Insonlarga rizq berguvçi,
Mevasi köp boğlar kelar.
Vatan, desam köz oldimga,
Obod Vatan körki kelar.
Atrofi gullarga töla,
Keng, yoruğ köçalar kelar.
Vatan, desam köz oldimga,
Çaraqlagan quyoş kelar.
Obi-hayot manbai bu,
Tiniq-tiniq suvlar kelar.
Vatan, desam köz oldimga,
Erkin bölgan xalqim kelar.
Bu xalqimning yetakçisi,
Dono Islom bobom kelar.
Islom bobo, ming tasanno,
Ruhlaringiz bölsin şod.
Nomingizni dilda saqlab,
Unutmaymiz umrbod!
Aziza Örozboyeva,
32-sonli maktab öquvçisi.
Ustozga taʼzim
Assalomu alaykum,
Ey aziz ustoz.
Jismingizga ismingiz,
Özingiz ham mos.
Çehrangizday sözingiz,
Gözaldir doim.
Hattoki tanbehingiz
Bölar muloyim.
Boşim yerga tekkunça,
Qilay men taʼzim.
Doim deyman soğ böling,
Aziz ustozim!
Elyor XUDOYBERGANOV,
59-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶