TADBIRKORLARGA KENG IMKONIYaTLAR
Yurtimizda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar natijasida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining iqtisodiyotdagi örni tobora yuksalib bormoqda. Soha rivojiga qaratilgan yuksak eʼtibor tufayli mamlakatimizda işbilarmonlar safi kengayib, ularning manfaatlari doimo davlat himoyasidadir.
Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisi»gi Farmoni uşbu yönalişdagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqişi şubhasiz.
2015-yilning 1 iyulidan Farmonga muvofiq mikrofirmalar, kiçik korxonalar va fermer xöjaliklari faoliyatiga oid barça tekşiruvlar rejali tartibda, tört yilda bir martadan, boşqa xöjalik yurituvçi subʼektlarida esa faqat Özbekiston Respublikasi Nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi respublika kengaşi qaroriga asosan uç yilda bir martadan köp bölmagan tartibda amalga oşiriladi. Şuningdek moliya-xöjalik faoliyati bilan boğliq bölmagan rejali tekşiruvlar 10 kundan oşmaydi.
Tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xöjalik faoliyatini rejali tekşirişlar faqat sönggi tekşiruvdan keyingi davrni qamrab oladi. Közğatilgan jinoyat işlari munosabati bilan xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyatini tekşiriş huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan xöjalik yurituvçi subʼekt jalb etgan advokat iştirokida (xöjalik yurituvçi subʼekt tomonidan uşbu huquqni rad etiş holatlari bundan mustasno) amalga oşiriladi. Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar, yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş) birinçi marta sodir etgan, jinoyat aniqlanganidan keyin 30 kun içida davlatga yetkazilgan zararni töliq qoplagan, penya va boşqa turdagi moliyaviy sanktsiyalarni tölagan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Mazkur Farmon tadbirkorlarimizning emin-erkin faoliyat yuritişlari uçun imkoniyatlarni yanada kengaytirişga xizmat qiladi.
Rasul ŞERLIYeV,
Özbekiston Respublikasi Boş Prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş Departamentining katta inspektori.
Kamol ŞIRINOV,
Departamentning
Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasining hujjatli tekşirişlar bölimi
taftişçisi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶