SIL VA NAFAS AʼZOLARINING SURUNKALI NOSPETsIFIK KASALLIKLARI
Nafas aʼzolarining surunkali nospetsifik kasalliklari bölgan bemorlar sil bilan kasallaniş xavfi yuqori bölgan şaxslar guruhini taşkil qiladi. Öpkaning surunkali nospetsifik kasalliklari, köpinça umumiy immun reaktsiyalar susayişi zamirida keçadi va öpkada lokal (mahalliy) immunitetning turli-tuman buzilişlari bilan kuzatiladi. Şunga boğliq holda sil bilan kasallaniş xavfi haqiqatdan ham ortib bormoqda.
Öpkaning nospetsifik yalliğlanişli kasalliklari köpinça uzoq muddat keçuvçi sil bilan asoratlanadi, söngra esa uning tuzalişi öpkadagi sildan keyingi qoldiq özgarişlar bilan birga kuzatiladi.
Sil kasalligida öpka töqima va bronxlarida nospetsifik jarayonlarning paydo bölişi bronxlarning fibrozli deformatsiyasi va drenaj funktsiyasi buzilişiga boğliq. Nospetsifik yalliğlaniş tarqoq va ayniqsa fibrozkavakli hamda tsirrotik silning doimiy morfologik va klinik komponenti hisoblanadi. Bunday yalliğlaniş jarayonining kuçayib borişi kasallikning ölim bilan tugaş sabablaridan biri hisoblanadi. Yemiriliş yoki kavak böşliğini drenajlovçi bronxning turli darajadagi şikastlanişi bilan kuzatiladigan bronxit destruktiv öpka siliga olib keladi. Bronx yoriği şilliq qavat infiltratsiyasi yoki çandiqli stenoz hisobiga köpinça toraygan böladi. Silda kuzatiladigan odatdagi surunkali bronx - öpka nospetsifik yalliğlaniş kasalliklari - surunkali bronxit, bronxoektazlar, emfizema, surunkali pnevmoniya hisoblanadi. Faol sil bilan xastalangan bemorlarda nospetsifik yalliğlanişning qöşilişi, yötalning kuçayişi, hansiraş, tsianoz (kökariş) paydo bölişi bilan namoyon bölişi mumkin. Bunda balğam miqdori köpayadi, unda turliça patogen mikroflora böladi. Tana harorati oşadi, umumiy qon tahlilda leykotsitoz, eritrotsitlar çökiş tezligi oşişi kuzatiladi. Nospetsifik yalliğlaniş bilan asoratlangan faol sil bemorlarda spetsifik kimyoterapiyani kuçaytiriş lozim. Nospetsifik yalliğlaniş jarayonlarini çeklaş uçun taʼsir doirasi keng antibiotiklarni tavsiya etişda ularning silga qarşi preparatlar bilan özaro taʼsirini hisobga olişga töğri keladi.
Öpkasida sildan keyingi qoldiq özgarişlar mavjud bemorlar surunkali bronxitda va ayniqsa bronxoektazlar sohasida yalliğlaniş mavjud bölganda balğamli yötal qiyin nafas oliş yoki qiyin nafas çiqariş bilan keçadigan hansiraşdan şikoyat qilişadi. Odatda bu klinik belgilar ilgari silni ötkazmagan bemorlarga nisbatan kamroq namoyon böladi. Körinib turibdiki, bu hususiyat nospetsifik yalliğlanişning köp hollarda öpkaning yuqori bölaklarda joylaşişi va balğamning drenajlanişi hamda ajralişi uçun yaxşi şaroit bölişi bilan boğliq.
Baʼzan sildan keyingi özgarişlar sohasida yuzaga kelgan ötkir zotiljam yaqqol zaharlaniş belgilari va abstsesslanişning klinik manzarasi bilan keçadi. Bunday hollarda balğamda sil mikobakteriyasining bir marta topilişi har doim ham öpkada sil jarayoni qözğalganidan dalolat beravermaydi, balki bu nofaol sil öçoğidagi öpka töqimasining parçalanişi natijasi bölişi mumkin. Zotiljam va silning qaytalaşi yoki xurujning differentsial diagnozida şuni hisobga oliş kerakki, zotiljam nisbatan ötkir hansiraş va sezilarli miqdordagi nam xirillaşlar bilan keçadi. Bunda ajralayotgan balğam miqdori köpayadi, yiringli böladi va nospetsifik patogen mikrofloraga ega böladi, taʼsir doirasi keng antibiotiklar tezda öz taʼsirini körsatadi.
O.HALIMOV,
tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği.
G.ABDULLAYeVA,
ftiziatriya bölimi mudirasi.
(Foto - http://www.darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶