GOʻZAL VA BETAKRORIMSAN, MUQADDAS VATANIM, JONIM SENGA FIDO, OʻZBEKISTONIM! (Muvashshah)
Goʻzal va betakror – muqaddas Vatan,
Oʻzbekistonimga fido boʻlsin jon.
Zalvorli sanangga qasida bitsam,
Ajoyib ilhomlar jo boʻldi koʻkdan.
Latif satrlardan chizsam qiyofa,
Viqor, chiroyingdan dil boʻldi ravshan.
Asrlarga tatir bunyodkorlikdan,
Bugun kam boʻlmagan London, Parijdan.
Yetti iqlim aro dovrugʻ taratgan,
Toshkent, chiroyingdan dunyo hangu-mang.
Anjumanlar shahri – goʻzalsan chindan,
Kurrai zaminning darvozasisan.
Roʻyi zamin aro sayqalsan bilsang,
Olovday koʻzlarga yaqinsan, Vatan.
Ranglaringni olding qay kamalakdan?
Istiqlol nuridan.
Mustaqillikdan.
Samarqand,
Andijon,
Namanganing ham.
Marhamat,
Urganch-u,
Qarshi,
Asakang –
Dunyoga tanildi,
Dunyo oldi tan!
"Afrosiyob” endi qaytar Qarshidan,
Samarqand-u Toshkent boʻldi bir qadam.
"Vo ajab”, der yurtga kelgan har odam,
Arnasoy, Baxmalga yoʻli tushgan dam.
Tarixiy osori-atiqalarda
Ajdodlar dahosi boʻlar namoyon.
Nyecha saroy, qasr-u minoralardan,
Inshoot, majmua, sardobalardan
Matonat, jasorat irfon urar bong.
Jaloliddin Manguberdi,
Ogahiy,
Nodira, Fitrat-u ham Samarqandiy.
Ibn Sino, Ulugʻbek va Beruniy,
Mirzo Bobur, Mir Alisher Navoiy.
Sohibqiron Amir Temur Koʻragon,
Yetuk ilm-u irfoningdandir nishon.
Nyecha yil mustabid boʻlding, ey Turon,
Goh u shoh, goh bu shoh ayladi vayron.
Alhazar, boʻgʻilding, bagʻring boʻldi qon,
Figʻon ichra qolding, ota Turkiston.
Istiqlol quyoshi balqigani on,
Diyor istiqboli boʻldi charogʻon.
Ozod diyorimga keldi hur zamon,
Oʻzbekiston yana quchdi sharaf-shon.
Ziyo maskaniga aylangan makon,
Bugun yigirma besh yoshga toʻlasan.
Yelkangga ortilgan mustabidlikdan,
Kishan, zanjirlardan ozodsan, hursan.
Ilohim, abadiy boʻlsin shu jabhang,
Syening ushbu mustaqillik qiyofang.
Toki oʻzlik topgan xalqing bor ekan,
Orqaga qaytish yoʻq, oshmoq bor dovon.
Noma bitib Hayratiy der ey, Vatan,
Iqbolingga koʻz tegmasin hech on,
Mangu yasha, gulla, yashna quchib shon!
Tojiboy DOʻSANOV, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶