BOLANGIZ TÖĞRI OVQATLANAYaPTIMI?
Yaqinda tumanimizdagi 76-sonli maktabda yiğiliş ötkazilib, unda tuman maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari va boşlanğiç sinf öqituvçilari qatnaşdilar.
Öquvçilarning töğri ovqatlaniş qoidalari va kun tartibiga rioya qilişi hamda 1-2-sinflar öquvçilari uçun möljallangan "Töğri ovqatlaniş darslari” iş daftari qöllanmasidan töğri foydalaniş masalalariga bağişlangan uşbu majlis qizğin bahs-munozaralarga boy böldi.
Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligi, maktabgaça taʼlim muassasalari rahbarlarining malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş Respublika öquv metodika markazi metodisti, qöllanma muallifi A.Mirzaahmedov öquvçilarning ovqatlaniş tartibiga rioya etişlari borasida qiziqarli maʼruza qildi va "Töğri ovqatlaniş darslari” qöllanmasining har bir mavzusini slayd orqali tuşuntirib berdi.
"Nestle O’ZBEKISTON” MÇJ korxonasi homiyligida Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligi nazorati ostida tayyorlanib, naşr etilgan uşbu qöllanma tumanimiz maktablarining 2-sinf öquvçilariga bepul tarqatildi.
Sayyora ABDURAHMONOVA,
40-sonli maktab
öqituvçisi.
(Foto - http://xabardor.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶