NIKOHDAN OLDINGI TIBBIY KÖRIK – SOĞLOM OILANI ŞAKLLANTIRIŞ ASOSI
Mustaqil taraqqiyot va rivojlaniş yölidan borayotgan Özbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati quriş jarayonida jamiyatning yaxlitligini kafolatlovçi Oila institutini mustahkamlaş uçun istiqbolli siyosat olib borilmoqda.
Davlatimizda oilaga jamiyatning asosi, muhim böğini sifatida qaraladi, oila faqat şaxsiy masala emas, ijtimoiy muhim masaladir. Çunki komil inson har tomonlama farovon, bekamu-köst, soğlom oilada tarbiya topadi, ulğayadi. Soğlom avlodni voyaga yetkaziş, soğlom oilaviy muhitni şakllantiriş davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biridir.
Nikohning huquqiy asosini FHDYo organlarida qonuniy röyxatdan ötkazilgan nikoh taşkil etadi. Qonuniy nikoh maʼlum şartlarga rioya qilinib tuziladi va nikohlanuvçi şaxslar örtasida huquq va majburiyatlarni keltirib çiqaradi.
Oila qonunçiligida öziga xos yangilik - nikohdan oldingi tibbiy körikdan ötişning nikoh tuziş uçun ahamiyati, tibbiy körik holatining nikoh tuziş jarayoniga taʼsiri bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Oila kodeksining 13-moddasida nikoh tuziş tartibi va şartlari belgilab qöyilgan.
Oila kodeksiga yangi norma sifatida tibbiy körikdan ötiş töğrisida 17-modda kiritildi.
Mazkur moddaga asosan nikohlanuvçi şaxslar tegişli soğlikni saqlaş tizimi muassasalarida tibbiy körikdan ötadilar.
Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom qabul qilingan.
Nizomga köra, nikohlanuvçi şaxslar belgilangan tartibda öz salomatliklarini tekşirtirib körişlari şart.
Nizom talablariga muvofiq, nikohlanuvçi şaxslar quyidagi kasallik turlari: psixik, narkologik, tanosil, sil kasalligi va OIV/OITS böyiça tibbiy körikdan ötadilar.
Soğlom oilani şakllantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş, irsiyat bilan boğliq va tuğma kasalliklarga çalingan bolalar tuğilişining oldini oliş nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkazişning maqsadi hisoblanadi.
Tibbiy körikdan ötkazişga asos bölib FXDYo organlari tomonidan berilgan yöllanma hisoblanadi. Tekşiriluvçilarga alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, bu kartada pasport maʼlumotlari hamda tekşiriş natijalari töliq aks ettiriladi.
Agar tekşiriluvçilarda biror kasallik aniqlansa, bu kasallik maʼlumotnomaga yozib qöyiladi va bu kasallikni aniqlagan şifokor tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari töğrisida tuşuntiriş beradi.
Nikohlanuvçi şaxslar nikoh qayd etilgunga qadar ikkinçi tomonni tibbiy tekşiriş natijalaridan xabardor qilişi şart. Tekşiriş natijasida darhol davolaş kursidan ötişni talab etuvçi kasalliklar aniqlangan taqdirda, bu şaxslar belgilangan tartibda tegişli davolaş muassasalariga yönaltiriladi.
Tekşiriliş muddati – 2 hafta.
Tibbiy körikdan ötişning ijobiy tomoni şundaki, yuqoridagi kasalliklar inson va nasl uçun xavflidir, tibbiy körikdan ötiş bilan kelajak naslning soğlom dunyoga kelişiga zamin yaratiladi.
2016 yilning ötgan tört oyi mobaynida tumanimizda 926 nafar yoşlar nikoh oldi tibbiy körigidan ötkazildi. Ularning 5 nafarida ruhiy, 16 nafarida somatik kasalliklar aniqlandi va davolanişga yönaltirildi.
Kuzatişlar va amaliyot şuni körsatmoqdaki, nikohdan oldingi tibbiy körikdan ongli ravişda ötiş, salomatlikni asraşning aynan özimizga, oilamizga boğliq jihatlarini biliş, oilada soğlom yaşaş tarzi könikmalarini şakllantiriş, naslni poklovçi, davlatimizni kuçli qiluvçi omil sifatida baholanmoqda.
Hakimboy SABIROV,
tuman tibbiyot birlaşmasining nikohdan oldingi tibbiy körikka masʼul xodimi.
(Foto - http://uchquduq-gazeta.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶