ÖQITUVÇI MEHNATKAŞ BÖLSA...
Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi "Çet tillarini örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq endilikda örta umumtaʼlim maktablarining 1-sinfidan boşlab bolalarga çet tillarini örgatiş böyiça zarur çora-tadbirlar körilmoqda. Çunki til biliş – dunyo bilan tanişiş, jahon xalqlari tarixi, urf-odat va anʼanalarini qiyosan örganiş uçun eng töğri yöldir.
Çet tillarini örganişning eng oson va maqbul yöli – audio va video tasmalar, mazmuni tarbiyaviy ahamiyatga ega qisqa metrajli kinofilmlardan foydalaniş katta ahamiyatga ega. Bunday usul bolaning nutq madaniyatini östirişda tilning fonetik, morfologik, grammatik va leksik jihatlarini keng va teng ravişda olib boriş imkonini beradi. Bundan taşqari, turli rasmli kitobçalardan foydalaniş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki tilni örganişdagi heç bir jarayon kitob beradigan bilimçalik kuçli emas. Sababi, kitob hamişa yonimizda, xohlagan paytda uni oçib, öqib-örganiş mumkin.
Muhimi, öqituvçi mehnatkaş bölsa, undagi bu xususiyat bolaga ham ötadi va til örganişda bola mehnat qilişdan zerikmaydi. Bu – muvaffaqiyat sari yetaklovçi yöldir.
Yulduz YuSUPOVA,
NDPI talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶