16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:46
Siyosat 👁 2,845

YaNGI TAHRIRDAGI QONUN

YaNGI TAHRIRDAGI QONUN

mahallaning vakolatlarini yanada kengaytirdi


"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi haqidagi hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyati yurtdoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilmoqda.

Qonunning yangi tahririda mahallani aniq yoʻnaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, uning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirish bilan bogʻliq gʻoyalari ilgari surilgan, shu talablar asosida qonun yangi tahrirda ishlab chiqilib, joriy yilning 23-aprelidan kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi mazkur qonun 5 ta bob va 33 ta moddadan iborat boʻlib, avvalgisidan hajmi, mazmuni va tarkibi jihatidan ham farq qiladi. Yaʼni, yangi 4 ta modda bilan toʻldirildi va koʻplab qoidalariga sezilarli tuzatishlar kiritildi. Jumladan, mahallaning aniq yoʻnaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, hududda tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga koʻmaklashish, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq vakolatlari yanada kengaytirildi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi rolini yanada oshiradi. Xususan, fuqarolar yigʻini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash chorasini koʻradi, Bandlikka koʻmaklashish hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy yordamga muhtoj kam taʼminlangan oilalar, yolgʻiz qariyalar, pensioner va nogironlarni aniqlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar, NNT va boshqa tashkilotlar yordamida kam taʼminlangan oilalarga yordamlar koʻrsatadi.

"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan muhim oʻzgarishlardan biri - fuqarolar yigʻinlari hududida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida maslahat markazlarini tashkil etish vakolati berilganligidir. Qonunga tadbirkorlarga kredit olishda koʻmaklashish maqsadida fuqarolar yigʻinlari hududida joylashgan tadbirkorlik faoliyati subʼektlariga kreditlar olishda belgilangan tartibda kafil boʻlish mumkinligi toʻgʻrisidagi norma ham kiritildi. Xozirgi vaqtda fuqarolar yigʻinlarida tashkil etilgan jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyalar hududlarni kompleks rivojlantirish, qonun xujjatlari hamda fuqarolar yigʻinlari qarorlari ijrosini nazorat qilish, har chorakda tuman hokimliklari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tayyorgarlik koʻrish, hududlarni obodonlashtirish, toʻy-hasham va boshqa marosimlarni oʻtkazish asnosida jamoatchilik nazoratini izchil amalga oshirmoqda. Yangi tahrirdagi qonun bilan mahallaning bu boradagi vakolatlari yanada kengaytirildi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hududdagi tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish vakolatlari berildi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari va uning kafolatlari ham belgilandi.

Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, NNT va boshqa tashkilotlar yordamida amalga oshirilishi mumkinligi, bu borada davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashishi va qonun xujjatlariga muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan vaqtida chora-tadbirlar koʻrishi shartligi toʻgʻrisidagi normalar ham kiritildi.

Qonundagi muhim yangiliklardan yana biri - davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi norma kiritilishidir. Bu norma ularning mulk huquqi kafolatlarini taʼminlashda qoʻl keladi.

Yangi tahrirdagi qonunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga imtiyozlar va preferentsiyalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Umuman, ushbu qonun mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini yanada oshirish, ularning jamoatchilik nazorati sohasidagi vazifalarini, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi vakolatlari doirasini yanada kengaytirishda mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.


R.ROʻZMETOV, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati,

"Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026