KONSTITUTsIYa - ASOSIY QONUNIMIZ
1993-yil 9-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 12-çaqiriq 12-sessiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy printsiplari, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlari, jamiyat va şaxs, maʼmuriy-hududiy tuziliş, davlat hokimiyatining taşkil etilişi, Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş tartibiga bağişlangan 6 bölim, 26 bob va 120 moddadan iborat. Ötgan yillar davomida Konstitutsiyaga beş marotaba özgartirişlar va qöşimçalar kiritilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasida eng demokratik tamoyillar va normalar aks ettirilgan. Jumladan, unda Qoraqalpoğiston Respublikasining barça fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, şaxsiy va ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengligi, inson hayotiga suiqasd qiliş eng oğir jinoyat ekanligi, har kim erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligi, heç kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinişi yoki qamoqda saqlanişi mumkin emasligi, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmasligi, sudda ayblanayotgan şaxsga özini himoya qiliş uçun barça şaroitlar taʼminlab berilişi, heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emasligi, har kim öz şaʼni va obrösiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga aralaşişdan himoyalaniş va turar joyi daxlsizligi huquqiga egaligi, har kim erkin fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligiga egaligi, hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanişi, har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga egaligi körsatilgan.
Şuningdek, Konstitutsiyada oila institutiga katta ahamiyat berilgan bölib, oila jamiyatning asosiy böğini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga egaligi, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanişi, ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburligi, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar öz ota-onalari haqida ğamxörlik qilişga majbur ekanligi körsatilgan.
Umumlaştirib aytganda, mazkur Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning osoyiştaligi, erkin hayot keçirişi va rivojlanişi garovidir.
J.KEUNIMJAYeV,
fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶