Yoşlar bandligini taʼminlaş va qöllab-quvvatlaş — asosiy vazifa
Payşanba kuni mamlakatimizda keng nişonlanadigan Yoşlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida yana bir muhim va mazmunli taşrif amalga oşirildi. Tuman hokimi Sobir Xöjametov Xitoy ovulida joylaşgan 85-sonli umumtaʼlim maktabida bölib, yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Bu taşrif nafaqat rasmiy nazorat, balki yoşlar hayoti, ularning orzu-intilişlari va kelajagi bilan bevosita qiziqiş ifodasi böldi.
Maktab hududida yaratilgan imkoniyatlar, xususan, sport zali, zamonaviy jihozlar, turli tögaraklar faoliyati alohida eʼtibor bilan közdan keçirildi. Bugungi kunda yoş avlodning nafaqat bilimli, balki jismonan soğlom bölib voyaga yetişi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Şu bois öquvçilarning sportga bölgan qiziqişi, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilindi.
Taşrif davomida masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi. Xususan, yoşlarni soğlom turmuş tarziga keng jalb etiş, iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş, ularning qiziqişlarini röyobga çiqariş uçun yanada kengroq imkoniyatlar yaratiş zarurligi taʼkidlandi. Bu esa kelajakda barkamol, faol va taşabbuskor avlodni tarbiyalaş yölida muhim qadam bölib xizmat qiladi.
Tuman hokimi taşrif doirasida hududdagi yoş tadbirkorlar faoliyati bilan ham tanişdi. Xususan, Asadbek Kenjayev tomonidan yölga qöyilgan avtomaktab faoliyati örganildi. U imtiyozli kreditdan oqilona foydalanib, nafaqat öz biznesini yölga qöygan, balki boşqa yoşlarga ham kasb örganiş, haydovçilik könikmalarini egallaş imkonini yaratgan. Bu taşabbus hududda yoşlar bandligini taʼminlaşda muhim omil bölib xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.
Yana bir ibratli misol sifatida Xitoy ovuli hududida istiqomat qiluvçi yoş tadbirkor Oğabek Sobirovning faoliyati eʼtirofga sazovor. U mahalla tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanib, issiqxona taşkil etgan, şu bilan birga çorvaçilik yönalişida qöy parvarişini ham yölga qöygan. Uşbu taşabbus orqali u nafaqat öz bandligini taʼminladi, balki daromad manbaini kengaytirib, atrofidagi yoşlarga ham örnak bölib kelmoqda. Bu kabi saʼy-harakatlar qişloq joylarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Taşrif davomida Xitoy OFY binosida yoşlar bilan oçiq muloqot ham taşkil etildi. Unda tuman rahbariyati, tegişli taşkilotlar masʼullari hamda Bözyop, Xitoy, Toryop va Kuyuk köpir hududlarida yaşovçi yoşlar iştirok etdi. Samimiy ruhda ötgan uçraşuvda yoşlar özlarini qiynayotgan muammolarni, taklif va taşabbuslarini erkin bayon etdilar.
Ayniqsa, bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, imtiyozli kreditlar oliş, kasb-hunar örganiş va böş vaqtni mazmunli taşkil etiş masalalari keng muhokama qilindi. Har bir murojaat eʼtibordan çetda qolmadi — mutasaddilar tomonidan aniq javoblar berilib, amaliy yordam körsatiş yuzasidan tegişli çoralar belgilandi.
Yakunda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini röyobga çiqariş, jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşiş borasidagi işlarni yanada kuçaytiriş zarurligi alohida taʼkidlandi.
Hududlarda taşkil etilayotgan bunday uçraşuvlar va taşriflar rahbarlarning yoşlar hayotiga befarq emasligining amaliy ifodasidir. Çunki bugungi eʼtibor — ertangi taraqqiyot poydevori. Yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar esa yurt kelajagini porloq etişga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶