14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:05
Maqolalar 👁 2,793

YoShLAR HAM MASʼUL

YoShLAR HAM MASʼUL

Biz "qalb amri bilan” degan iborani koʻp ishlatamiz. Haqiqatan ham har qanday ishga, oʻqishga ishtiyoq eng avvalo insonning qalbida uygʻonadi. Qalb - yurak buyurgan ishga qoʻl urilsa, bu ish muvaffaqiyatli yechim topadi.

Har tong oʻzim tahsil oladigan Qipchoq agrobiznes kollejiga oʻqishga otlanarkanman, qalbimni quvonch tuygʻusi toʻldiradi. Umumiy oʻrta taʼlimdan soʻng kasb-hunar kollejida tahsil olib, hunar oʻrganishni oʻz xohish-istagim bilan tanlab, yanglishmaganimni his etib, quvonib ketaman.

Kollejda oʻqish nihoyatda zavqli va qiziqarli. Men bu yerda nafaqat oʻzim tanlagan kasb yoʻnalishi boʻyicha, balki internet tarmogʻiga ulangan elektron kutubxonada shugʻullanib, kasb malakamni oshirish, dunyoqarashimni kengaytirish imkoniga ega boʻldim. Bundan tashqari, kollejimizda sportning xohlagan turi bilan shugʻullanishimiz uchun zarur sharoitlar yaratib berilgan. Hatto oʻzimiz tanlagan kasbimizga yondosh bironta hunarni egallashimiz uchun ham imkon bor. Ayniqsa, biz qizlar uchun tikuvchi-dizaynerlik toʻgaragidagi mashgʻulotlar juda qiziqarli.

Shu kunlarda men qadrdon kollejimni tugatish arafasidaman. Kollejda olgan bilimimni yanada mustahkamlash, kasbiy malaka oshirish uchun tuman DSIda amaliyot bosqichini oʻtayapman. Shu bilan birga kollejimizdagi fizika-matematika va informatika fanlari boʻyicha toʻgaraklarga qatnashmoqdaman. Maqsadim fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha oliy oʻquv yurtiga kirib oʻqish,oʻz iqtidorimni shu yoʻnalish boʻyicha namoyon etishdir. Buning uchun mamlakatimizda juda katta imkoniyatlar yaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda muhtaram Prezidentimiz 2013-yilga "Obod turmush yili” deb nom berar ekan, mazkur nom bilan bogʻliq ravishda qabul qilinadigan Davlat Dasturidagi oltita ustuvor yoʻnalish haqida alohida toʻxtalib, tom maʼnoda xalqimiz hayotida toʻkin-sochinlik, sogʻlik, fayz-baraka, millatlararo ahillik, tinchlik-xotirjamlik, eng muhimi, ijtimoiy faollik hukmron boʻlishi uchun har bir kishi, ayniqsa, yoshlar ham masʼulligini taʼkidlagan edilar.

Prezidentimiz aytganiday: "Shu aziz Vatan – barchamizniki!” Demak, ona Vatanimizning obodligi, tinchligi, yuksak taraqqiyoti uchun shu muqaddas zaminda yashab, ildiz otgan har bir inson masʼul. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetib, eʼzozlash, hayot tarzimizda yuksak sifat darajasiga erishish uchun fidoyilik koʻrsatib mehnat qilish esa har birimiz uchun sharafdir.

Biz yoshlar har kuni oʻqish, amaliy-nazariy mashgʻulotlardan boʻsh vaqtlarimizda dala mehnatkashlari, pillakorlar huzuriga hasharga chiqib, xonadonlarimizdagi tomorqa yerlarida mehnat qilib, oʻz mehnatimiz samarasidan el-u yurtga manfaat yetayotganidan xursandmiz.

Nodira BOLTABOYeVA,

Amudaryo agrobiznes kolleji bitiruvchisi.

(Foto - http://evrofarm.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019