XONADON FAYZI MEHNAT BILAN
Pillaçilik – yetti xazinaning biri. Ipak qurti boqilgan xonadonda esa hamişa fayz-baraka böladi. Bu möʼjizakor jonivorning nainki pilladan olinadigan ipagi, balki pillaçilik sanoatida qayta işlovdan keyingi çiqindisigaça noyob sanaladi.
Men salkam 35-yildan beri har yilgi ipak qurti boqiş mavsumida 1,5-2 quti ipak qurtini parvarişlab, har quti qurt uruğidan 70-75 kilogrammdan hosil olaman. Ipak qurti boqiş juda nozik va izçil mehnat talab qiladigan iş. Mavsum davomida butun oila – öğil-qizlarim, nevaralarim – barçamiz hamjihatlikda işlaganimiz uçun unçalik muammo bölmaydi. Ayni kunda nafaqat ipak qurti boqiş, balki, mavsumning öziga xos işlari – tomorqa, paxta dalalaridagi yumuşlar eng qizğin pallaga kirgan. Buning ustiga aprel oyining seryoğin kelişi dehqonçilikda jiddiy muammolarni keltirib çiqardi. Azal-azaldan dehqonlarimiz tabiat injiqliklariga qarşi kuraşib, muammolarni fidoyi mehnatlari bilan yengib kelişgan. Uşbu ğanimat damlarning har bir lahzasidan unumli foydalanib, dehqonçilikdagi keçiktirib bölmas muammolarni yuksak aql-zakovat bilan yengib ötiş esa millatimizga xos fazilat.
Bizning oilada işga yaroqli har bir inson mehnatga hamdam. Men kelinlar va qizlarim bilan ipak qurti parvarişiga qaraymiz. Sifatli barg yetkazib beriş bilan esa öğillarim şuğullanişadi. Keltirilgan tut barglarini saranjomlab taxlaş ham ançagina mehnat talab qiladigan jarayon. Boz ustiga bu yil tut barglarini şira bosgan. Uni yuvib, yuvilgan barglarni qurtxonalarga kiritişdan oldin qayta-qayta suv purkab, keyin ipak qurtiga berayapmiz. Yana bir-ikki kundan söng ipak qurtlariga dasta qöyamiz, pilla öraş davri boşlanadi.
Ipak qurti boqiş, ğözaning qatqaloğini yumşatiş taşvişlari deb tomorqa xöjaligimizni unutib qöyganimiz yöq. Çunki oilamizning iqtisodini kötaradigan yana bir manba – tomorqa yerlarimiz. Meva-çeva, sabzavot va poliz ekinlarining ilk, ertapişar navlari allaqaçon dasturxonimizga tuşdi.
Mehnat qilgan elda aziz, - deyişadi. Oçiği, mehnat qilgan odam avvalo töq va farovon, obod yaşaydi. Xudoga şukur, kamtarin mehnatimiz orqasidan elda obrö topib, boy-badavlat hayot keçirayapmiz. Yangi imoratlar qurib, eng zamonaviy uy jihozlari sotib olayapmiz. Bundan ortiq tökinlik bölmasa kerak. Mehnatni inson avvalo özi, oilasi, farzandlari baxti, osoyiştaligi va farovonligini taʼminlaş uçun qiladi. Oilalar obod, farovon, farzandlar ilmli bölsa, ovul-elimiz, yurtimiz ham obod, xonadonlarimiz fayzli böladi.
Donagul BERDIBOYeVA,
pillakor,
Kuyuk köpir ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶