HAYoT SINOVLARI
(Bölgan voqea)
Hayot Rahmon oğani juda köp sinadi. 12 yoşida baxtsiz tasodif tufayli ota-onasidan judo böldi. Öşanda egizak singillari Fotima-Zuhralar sakkiz, ukasi Omon esa tört yoşda edi. Oilaning oğir yuki ham, ukalarining tarbiyasi ham yoşgina Rahmonjonning yelkasiga tuşdi. Har doim bir kelib-ketadigan qarindoşlari faqat maslahat qilişdan nariga ötmas, "sen endi oila boşliğisan, ukalaringga boş bölişing kerak”, - deya taʼkidlaşaverişardi. Yon qöşnilari, otasining yaqin dösti Ibrohim oğa esa Rahmonjonga otasiday mehr körsatar, mol-holga, hatto tomorqasiga ham qaraşar, ayoli Guljon opa non yopib berar, har kuni albatta bolalarga bir tovoq ovqat olib çiqardi.
Rahmonjon va uning ukalari ana şu ikki insonning mehri oğuşida ulğayişdi. Avval özi Universitetning biologiya fakultetida sirtdan öqidi, maktabga işga kirdi. Birin-ketin singillari Fotima-Zuhralar ham oliygohlarga öqişga kirişdi. Singillari öqişni tugatgan yili ukasi Omon talaba böldi. Öşa yili Rahmonjon öz hamkasbiga uylandi. Baxtiga umr yöldoşi Salima aqlli, öta mulohazali va mehribon ayol ekan. Ham öqituvçilik, ham çevarlik qilib, oilaning kam-köstini töğrilaşda Rahmonjonga qöl-qanot böldi.
Inson umri juda tez ötarkan. Singillarini uzatib, ukasi Omonjonni uyli-joyli qilguniça yoşi qirqdan ötganini sezmay qoldi. Endi özining farzandlari – uç qiz, bir öğlini öqitiş, uyli-joyli qiliş taşvişlari bilan yugurib-yelib yurganida umr yöldoşidan ajralib qoldi. Qizlarining kattasi endi kollejning birinçi bosqiçida edi öşanda. Ikki qizi va öğli maktabda öqirdi. Salimaning maʼrakalari ötmay turib uni singillari örtaga olişdi:
- Aka, uylaning, jiyanlarimga ona, özingizga hayotda suyançiq kerak, - deyişdi.
Bu gapni eşitgan qizlari uvvos solib yiğlaşdi. Şu kundan boşlab otasidan begonasirab qolişdi.
- Qizlarim, - dedi Ibrohim oğa, - Otangiz endi 40 yoşga kirdi. Sizlarni öqitib, uyli-joyli qilişi uçun unga umr yöldoş albatta kerak. Oila aravisini tortiş bir kişiga oğirlik qiladi, bunday aqlsiz bölmanglar.
Ibrohim oğa bilan Guljon opa boş bölib Rahmonjonni uylantirib qöyişdi. Zulayhoning bu xonadonga kirib kelişi oila havosini göyo özgartirib yubordi. Bir-ikki oy tumtayişib yurgan Rahmonjonning farzandlari biron sabab bilan Zulayho uyda bölmasa, uni soğinadigan bölişdi. Qizlarning kattasi Nazira institutga şartnoma asosida öqişga kirganida Rahmonjon:
- Kelasi yil qaytadan hujjat topşirarsan, yaxşi repititorga tayyorlansang, albatta davlat granti asosida öqişga kirasan, - dedi tölov-şartnomaning zalvorini öylab.
- Yöq, - dedi Zulayho – bu ham bir imkoniyat otasi, qizimiz öqişga borsin. Mol-hol bor, tovuq boqamiz.
Ayoli şunday deb turganida Rahmonjon nimayam qilardi. Rozi böldi. Nazira to öqişini tugatgunça Zulayho tinib-tinçimadi. Buni qarangki, keyingi qizlari ham, öğli ham ulğayib, barçasi oliy maʼlumotli bölişdi. Qizlarini uzatib, öğlini uylantirdi. Rahmonjon endi nafaqaga çiqib, huzur-halovatda yaşayman, deganida ikkala oyoği falajlanib, töşakka mixlanib qoldi. Katta xonadonning zalvorli yuki endi ayoli Zulayhoning yelkasiga tuşdi.
- Oldimizda soğ-omon, bolalarga maslahatgöy bölib ötirganingizning özi katta davlat, otasi, - deb qöyardi ayoli mehr bilan.
Ammo kelini özgarib qoldi. "ena-ena” lab Zulayhoning atrofida parvona böladigan kelin Rahmon oğa betob bölib qolgaç, özgardi-qöydi. Qaynonasining jöyali gapiga ham ters javob beradigan böldi. Bir kuni yon qöşnisi, Rahmon oğaga otasiday qadrli bölib qolgan Ibrohim ota vafot etdi. Öğli: "qöni-qöşninikiga çiqqaningizda qiynalmaysiz”, - deb olib bergan nogironlar aravaçasiga hali biron marta ham ötirmagan Rahmon oğa ayoliga:
- Mening otamday edilar, Ibrohim oğaning janozasiga çiqmasam bölmaydi, - deb öşa aravaçani keltirişni söradi.
Ayolining kömagida aravaçaga ötirib, taʼziyaga çiqayotsa, uning kimgadir norozilik bilan:
- Nafasingni şamol uçirsin-a, unday dema, - deganini bexos eşitdi-yu, köça darvozasiga yetmay, aravaçani töxtatdi.
- Sizga nima, etingiz erib, qoningiz qorişmasa, bunday birovga yuk bölib ötirgandan köra...
Rahmonjon kelinining gaplarini aniq-tiniq eşitdi. Boşidan birov muzday suv quyganday seskanib ketdi. "Nima deyapti u? Birovga yuk bölgandan köra ölgani yaxşi, deb qaynotasini aytayotirmi? Şunday dedi şekilli. Ayoliga ham aççiq-tizziq gapirdi-ya”.
Rahmon oğaning qöllari qaltirab, asabiy holatda darvozaxonada, aravaça ğildiragini uşlagança ötirar, içkaridan esa kelinining ayoli bilan aytişayotgani unga yaqqol eşitilib turardi. Şu ötirişda qança vaqt ötdi, bilmaydi. Faqat köça tomondan kirib kelgan öğli Sohibjonning:
- Ota, taʼziyaga çiqmoqçimisiz? – degan gapidan öziga keldi.
- Ha, - dedi siniq ovozda.
Şu dam kutilmaganda içkaridan otilib çiqqan kelinning:
- Otam ölsa, bu uyda seni bir kun ham qoldirmayman! – degan jazavali ovozidan Sohibjon serraygança qotib qoldi. Bu gapni Ibrohim otaning vafotini eşitib, şoşilinç darvozadan kirib kelayotgan Rahmon oğaning katta qizi Nazira ham eşitdi. Kelinining ortidan munğayibgina, xuddi aybdorlarday boşini egib uydan çiqqan Zulayho dolondagi supaga ötirib qoldi. Aravaçada ötirgan otasining oldida uyat va nomusdan titrab turgan öğil butun ğazab va nafratini bir sözga jamlab baqirdi:
- Çiq!
Oğzidan çiqqan gapi xuddi miltiqning öqiday bir emas, bir neça odamning yuragini yaralaganini sezgan kelin tipir-çilab qoldi. Uyda heç kim yöq-ku deb qaynonasining ögayligini yuziga solib, qaynotasini ortidan yuzsizlarça haqoratlayotgan kelin boşini egib içkariga yönaldi.
- Çiqib ket uydan! – Ovozining boriça baqirdi Sohibjon. – Oilamni mensimaydigan, ota-onamni odam örnida körmaydigan xotinning menga keragi yöq!
- Qöy, öğlim, - dedi Rahmon oğa, - hali yoş, keyin tuşunadi. Meni Ibrohim otangnikiga olib borgin.
Sohibjon özini bosişga qançalik urinmasin, xonadoniga kelganiga endigina beş oy bölgan kelin – xotinining oğzidan çiqqan gap otilgan öqday jismini yaralab bölgan, butun vujudi ğazabdan zirqirardi.
Oradan bir xaftalar ötib-ötmay Rahmon oğanikiga janoza xabari keldi. Kelinning soppa-soğ, hukumat idorasida işlab yurgan otasi vafot etibdi. Hammalari taʼziyaga borişdi. Mayyit yerga qöyilgan kuni kelin ökrab yiğlagança Rahmon oğaning oyoqlari ostiga özini taşladi. Qaynonasini quçoqlab, qayta-qayta keçirim söradi. Qizining işlaridan hayron bölib ötirgan onasiga Ibrohim otaning janozasi kuni özi qilgan xatosi haqida sözladi.
- Hayot bir sinov, - dedi onasi. – Xatoni tan olib, xulosa çiqariş esa mardlik. Sening qilgan işing xato emas, gunoh, bolam. Gunohingni endi yaxşiliklaring bilan yuvasan. Soğ öladimi, kasalmi, bu xudoning işi. Ajrimini bandasi emas, Alloh çiqaradi.
Rahmon oğa bilan Zulayho qudağayining bu tanbehidan söng yengil tortişdi.
Hozir Rahmon oğa butun mahallaning bobosiga aylangan. Zulayho momo bilan nevara-çevaralarining ardoğida. Yaqinda Sohibjon nevarali böldi. Otasining 80 yoşga tölgan kunida nevarasi tuğildi. Ismini Ibrohimjon qöyişdi.
- Ibrohim otaday bağri keng, mehr-oqibatli bölsin, - deyişdi.
Sohibjonning ayoli esa hamon özini gunohkorday his etib, yoşligidagi xudbinligi uçun afsuslanib yuradi.
- Meni hayot tobladi, - deydi u, - qaynonamdan umrni mehr-muhabbat bilan bezab yaşaşni örgandim. "Tilingda tarozi bölsin”, - degan hikmatning haqiqatlarida feʼlimni ziynatladim.
Inson tuğilganidan tuproqqa ketguniça toblanaveradi, deganlari şu bölsa kerak-da.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶