Qomusimiz – baxtimiz
Tong otadi sokin, munavvar,
Totuvlikdan rang olar zamin.
Yangrab turar sohir allalar,
Topolmaysiz hayotning kamin.
Eʼtiqodda emin-erkin el,
Ahil yaşar – bitta Oila.
Qomusimiz oçib bergan yöl -
Yaşamoq-çun oltin qoida.
Bir yuz öttiz millat vakili
Qaroğida yoruğ istiqbol.
Orzularga töluğ har dilni
Quçmiş, qarang, uluğ Istiqlol!
Boş Qomusning har bir bobida,
Qadr topgan millatlar şaʼni.
Yer-u osmon, qir-u toğida,
Kafolatli hayot gulşani!
Ilm olar farzandlar xurram,
Keksalari eʼzozda mangu.
Obod yurtda har kuni bayram,
Har köngilda orzu bor – yangi!
Bir varaqlang Qomus sahfasin,
Har satrida inson qadri bor.
Ufurgança hayot nafasin,
Balqib turar Qonun ustuvor!
Tinç, osuda, hur, ozod Vatan
El baxtiga kafil har palla.
Vatan içra taraqqiy etgan,
Jannatmakon ön ming Mahalla!
Ijtimoiy adolat hokim,
Huquq va burç, masʼuliyat ham.
Şu fazilat yaşarkan tokim,
Qudratlidir maʼnaviyat ham!
Daxlsizdir huquq erkimiz,
Himoyada har bitta inson.
Yelkalardan olib yukimiz,
Qomusimiz abadiy posbon.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶