14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:39
Fan va taʼlim 👁 331

16-sonli maktabda «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

16-sonli maktabda «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Konstitutsiya – har bir davlatning, xalqning xohish-irodasi, huquq va erkinliklarini oʻzida mujassam etgan muhim qomusiy hujjat – insonparvarlik, adolatparvarlikning oliy Qonunidir. Uning har bir bobi, moddasi insonning baxtli, tinch-totuv yashashini kafolatlaydi va har qanday holatda yuksak huquqiy tamoyillar tantanasi uchun xizmat qiladi.

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida, taʼlim-tarbiya muassasalari va turli jamoat tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, koʻp millatli xalqimiz tomonidan bu qutlugʻ sana munosib nishonlanmoqda.

Amudaryo tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida dekabr – tarix, huquq va tarbiya fanlari oyligi doirasida “Konstitutsiya – baxtimiz Qomusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30-yillik bayrami arafasida maktabning huquq va tarbiya fani oʻqituvchisi Adolat Davekova tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda 8-9-sinflar hamda 4-A sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xalqlarining konstitutsiyaviy haq-huquqarini taʼminlash maqsadida qabul qilingan muhim huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir moddasining xalqimiz hayotidagi amaliy ifodasini oʻzida mujassam etgan suratli lavhalar, mustaqillik davri tarixi, taraqqiyot bosqichlari xususidagi rasmlar, turli xil tarixiy jarayonlar va davlatimizning odilona siyosatini aks ettiruvchi shiorlar bilan bezatilgan maktab sahnasi tadbir ishtirokchilari qalbida Konstitutsiyamizning xalqchilligi, tariximizning teran ildizlariga hurmat va ehtirom tuygʻusini uygʻotdi.

Tarix, huquq va tarbiya fanlari oyligi doirasida tashkillashtirilgan tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar tarix, huquq va tarbiya fanlaridan olgan bilimlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Bir-birlariga savollar yoʻllash orqali Konstitutsiyamizning har bir moddasi haqida aniq va puxta javob berdilar. Shuningdek, oʻtgan tarixiy 30-yil davomida Konstitutsiyamizning mamlakatimiz xalqlari hayotida tutgan oʻrni, ona Vatanga cheksiz mehr-muhabbat tuygʻularini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlarini namoyish etishib, tinchlik, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibat va mustaqillikni madh etuvchi sheʼrlar aytdilar.

Tarix, huquq va tarbiya fanlari oyligi doirasida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30-yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda 4-A sinf rahbari Barno Yoʻldosheva, Ibodat Kenjayeva, Maʼrifat Rajabova hamda Zokirjon Ilhomovlar oʻzaro hamkorlikda ish yuritganlari uchun tadbir maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yuqori saviyada oʻtkazildi. Unda oʻquvchi-yoshlarning tarix, huquq va tarbiya fanlaridan olgan bilimlari sinovdan oʻtkazilib, yanada mustahkamlandi. Shu bilan birga ularning qalblarida Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamizni yanada chuqurroq oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq yanada ortdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019