MADANIYaT VA AHOLI DAM OLIŞ MASKANI IQTIDORLILARNI TARBIYaLAŞGA XIZMAT QILADI
Istiqlol yillarida barça sohalarda olib borilgan islohotlarning ijobiy natijalari bugungi kunda turmuşimizda öz aksini topmoqda. Olib borilayotgan saʼy-harakatlarning pirovard natijasi insonlar baxt-saodati, obod va farovon turmuşi uçun xizmat qilayotgani mamlakatimizning har bir fuqarosiga faxr-iftixor tuyğularini baxş etadi va ana şunday buyuk va möʼtabar Vatanga munosib farzand bölişga çorlaydi.
Yaqinda tumanimizning "Uyşin” mahallasi aholisi hayotida yuz bergan quvonarli yangilik davlatimizning fuqarolarning keng qatlamlariga madaniy-ommaviy xizmatlar körsatişni yaxşilaş, isteʼdodli yoşlarni izlab topib, qobiliyatini rivojlantirişga kömaklaşiş, öz iqtidorlarini namoyon etişlariga şaroitlar yaratiş borasidagi yana bir ğamxörligi ifodasi böldi. 2014-yilda Madaniyat va aholi dam oliş markazi, deb qayta taşkil etilgan avvalgi qişloq madaniyat uyi maʼmuriy binosi bugungi kun talabiga javob bermay qolganligi bois, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam oliş markazlarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 178-sonli qaroriga muvofiq, 605 mln. sömlik mablağ evaziga kapital rekonstruktsiya qilindi hamda jihozlandi. Kapital taʼmirlaş işlarini "Amudaryo quriliş” MÇJ quruvçilari sifatli olib borganligi tufayli bino butunlay yangiça va fayzli qiyofa kasb etdi.
Şu yilning 17-noyabrida mazkur Madaniyat va aholi dam oliş maskanining oçilişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Tantanada Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vaziri M.Aytniyozov iştirok etdi va bino oldiga tortilgan ramziy tasmani kesdi. U hudud aholisini şu munosabat bilan qutlar ekan:
- Yangi işga tuşirilayotgan Madaniyat va aholi dam oliş markazi hudud aholisining, ayniqsa, yoşlarning madaniy-maʼrifiy ehtiyojlarini qondiriş, böş vaqtlarini samarali va mazmunli ötkazişlariga kömaklaşiş, ösib kelayotgan yoş avlod qalbida ajdodlarimizdan meros bölib kelayotgan milliy urf-odatlar, anʼanalarga hurmat tuyğularini tarbiyalaş, xalqimizning boy oğzaki ijodi nodir namunalarini keng tarğib etiş, qisqa qilib aytganda, yuksak maʼnaviyatli yoşlarni kamolga yetkaziş işlariga beminnat hissasini qöşadi, – deya yuksak işonç bildirdi.
Markazda ayni kunda raqs va qöşnay tögaraklari samarali faoliyat olib bormoqda. Yana yangi tögaraklar oçiş rejalaştirilgan. 150-örinli ulkan va haşamatli tomoşa zalida Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bağişlangan ulkan teatrlaştirilgan bayram tomoşasi ötkazişga qizğin tayyorgarlik körilayapti.
Tumanimizning eng çekka hududi hisoblangan "Uyşin”dagi uşbu maskan badiiy havaskorlik tögaragi aʼzosi, ikki yil muqaddam mamlakatimiz poytaxti Toşkent şahrida nişonlangan "Navröz” umumxalq bayrami sahnasida qöşiq aytiş baxtiga muşarraf bölgan 47-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Adhambek Rajabov uşbu tantanali marosimda "Vatan” qöşiğini ijro etişga hozirlik körayapti.
- Hududimizda isteʼdodli yoşlar judayam köp. Bizga yaratilgan buningdek şaroitlar ularni tarbiyalab, qiziqişlarini rağbatlantirib, xalqimizga madaniy xizmat körsatiş sifatini tubdan yaxşilaşga imkon beradi, - deydi maskan direktori Quvonçboy Raimov.
Oygul RAJABOVA.
Suratlarda Madaniyat va aholi dam oliş maskanining oçiliş marosimidan lavhalar tasvirlangan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶