12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:53
Sport 👁 5,044

PARLAMENT KOMISSIYaSINING NAVBATDAGI YIĞILIŞI

PARLAMENT KOMISSIYaSINING NAVBATDAGI YIĞILIŞI

2015-yil 30-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda Parlament komissiyasi aʼzolari – Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, senatorlari, davlat organlari, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining vakillari iştirok etdi.

Taʼkidlanganidek, NNT va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining demokratik özgarişlarda, mamlakatimizni modernizatsiya qilişda va jamiyatimizni liberallaştirişda faol iştirokini qöllab-quvvatlaş  böyiça izçil va tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu maqsadlarga 2015-yilda Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 10,0 mlrd. söm mablağ ajratildi. Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan davlat grantlari ajratiş va davlat ijtimoiy buyurtmalari beriş böyiça 7 ta tanlov ötkazildi. Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tanlovlarida 1200 gayaqin NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlari özlarining 1383ta ijtimoiy ahamiyatli loyihalari bilan qatnaşdi. Tanlov iştirokçilari va taqdim etilgan loyihalar soni 2014-yilga nisbatan 2 marotaba ösdi.

Davlat kömagi turlari böyiça taqsimlangan mablağlar hajmida ham sifat jihatidan özgarişlar kuzatilmoqda, yaʼni 2009-yilga nisbatan davlat granti mablağlari hajmi 12,5 marotaba va ijtimoiy buyurtma 2,7 marotaba ösgan.

Ular 2015-yilda ajratilgan va tanlov asosida yönaltirilgan davlat kömagi umumiy hajmining 67 foizini taşkil qiladi. Bunda bir davlat granti uçun ajratiladigan summa 2009 yildagi 5-7 million sömdan 25 million sömgaça yoki örtaça deyarli 4,2 marotaba ösgan. Umuman olganda, joriy yilning 10 oyida Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining 238ta loyihasi va dasturi davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalar körinişida davlat tomonidan 9,2 mlrd. söm miqdorida qöllab-quvvatlandi.

1. Davlat subsidiyasi oluvçilar egalari tomonidan qariyb 50ta qonunni yanada takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlandi, 1800 ta axborot-tahlil materiallari tayyorlanib, ularning 1000 dan ortiği bosma OAVda eʼlon qilindi. Özbekiston Respublikasi Mustaqilligiga bağişlab "Eng uluğ, eng aziz” respublika tanlovi, jurnalistlarning ijodiy faolligini rağbatlantirişga qaratilgan "Yilning eng faol jurnalisti” respublika tanlovi va qator seminar va treninglar, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bağişlab «Ozod yurt tulkinlari», «Jurnalistlar bahori-2015» media-festivallari, «Mening yurtim - mening faxrim» aktsiyalari ötkazildi. 1000dan ortiq media mahsuotlari tele-radio efirga berilib, ularda mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni amalga oşirilişi va fuqarolik jamiyati şakllanişi jarayonlari öz aksini topdi.

2. "Ijtimoiy şeriklik töğrisida”gi Qonunning 21-moddasiga va davlat organlarining buyurtmalariga muvofiq  tanlov asosida 20dan ortiq davlat buyurtmalari taqdim etildi. "Keksalarni eʼzozlaş yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oşirişda NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining faol iştirokini taʼminlaş davlat ijtimoiy buyurtmalarining eng muhim yönalişiga aylandi. Natijada «Nuroniy» Özbekiston fariylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş fondi, «Mehr-şavqat va salomatlik», «Ekosan» kabi jamoat fondlari tomonidan 7000 ta keksalarga,
1000 dan ortiq uruş va mehnat faxriylariga ijtimoiy xizmatlar körsatildi, nogironlarga eşitiş apparatlari, aravaçalar, harakatlaniş vositalari va boşqa vositalar taqdim etildi.

Tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yoşlar, taʼlim muassasalari öquvçilarining uruş va mehnat faxriylari bilan 1000dan ortiq uçraşuvlari ötkazildi, tarixiy-madaniy joylar, muzeylar, körgazmalarga borga holda 100dan ziyod turli madaniy köngil oçar tadbirlar taşkil etildi. Xöjayli (Qoraqalpoğiston Respublikasi), Qöqon (Farğona viloyati), Zomin (Jizzax viloyati) tumanlarida "Muruvvat” uylarida qayta tiklanuvçi elektr manbaalari joriy etildi va şu tariqa 800 dan ortiq keksalar va nogironlarning turmuş darajasi va sifatini oşirişga kömaklaşildi.

Jismonan soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaşga kömaklaşiş Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va Parlament komissiyasi tomonidan qöllab-quvvatlangan ijtimoiy buyurtmalarning muhim yönalişlaridan biriga aylandi. Uşbu yönalişda ijtimoiy buyurtmalar amalga oşirilişi natijasida 1000 gayaqin yoşlarning şarq sport bellaşuvlarida iştirok etişi, 10 nafar sportçi xalqaro musobaqalarda qatnaşişi qöllab-quvvatlandi. 200 nafardan ortii nogiron bolalarning ijtimoiy moslaşuvi uçun 40 nomdagi 130ta zamonaviy asbob-uskunalar va sport anjomlari sotib olindi. Ijtimoiy muhtoj qatlamlaridan bolalarga ijtimoiy-pedagogik, huquqiy va axborot-taʼlim yordami körsatiş uçun qöşimça şaroitlar yaratildi.

600dan ziyod talantli, iqtidorli yoşlar ilmiy faoliyatga jalb qilindi, yoşlarning ilmiy-texnik, ijodiy va intellektual salohiyatini, ijtimoiy faolligini rivojlantirişga, faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişga qaratilgan qator turkum tadbirlar taşkil etildi, 150dan ziyod ijtimoiy ahamiyatli axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan boğliq loyihalar işlab çiqilib joriy qilindi.

Şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini, millatlararo va madaniyatlararo birdamlikni mustahkamlaş sohasida loyihalar amalga oşirildi. Ijtimoiy buyurtmalarni amalga oşiriş doirasida Özbekistonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniya voqealar haqida özbek, rus va ingliz tillarida 3000 dan ortiq axborot-tahlil materiallari Internetga joylaştirildi.

Faol fuqarolik pozitsiyasini va yuksak kasbiy mahoratini namoyon qilgan jurnalistlarning mehnatini ijtimoiy eʼtirof etilişi va munosib baholanişiga kömaklaşiş böyiça işlar davom ettirildi. Butunjahon matbuot erkinligi kuniga bağişlab Jurnalistika sohasida "Oltin qalam” X Milliy mukofoti xalqaro tanlovi ötkazildi. Özbekistonda tinç totuv yaşab, mehnat qilayotgan 130 ta millat va xalqlarining hayotini, jamiyatimizdagi fuqarolar totuvligi va tinçlikni yorituvçi "Özbekiston – umumiy uyimiz” kitobi-albomini tayyorlaş böyiça işlar faollik bilan amalga oşirilmoqda.

3. 2015-yildaötkazilgan 4 ta grant tanlovi natijalari böyiça Fond tomonidan NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining umumiy summasi 3 mlrd. 950 mln. söm bölgan 217ta ijtimoiy ahamiyatli loyihalari qöllab-quvvatlandi. Davlat grant loyihalarini amalga oşiriş doirasida keksalarni ijtimoiy manzilli himoya qilişga, faxriylar va katta yoşdagilarga ijtimoiy tibbiy xizmat körsatiş darajasi va sifatini oşirişga alohida kömak körsatildi.

Keksa yoşdagilar soğliğini mustahkamlaş, ularning oiladagi, jamiyatdagi örni va obrösini oşiriş hamda yoşlarni tarbiyalaş qöllab-quvvatlandi. Bu keksalar hayoti va faoliyati, xordiq çiqarişini taşkil qiliş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş, muloqot markazlari, qiziqişlar böyiça klublar tuziş, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga şaroitlar yaratiş imkonini berdi.

Misol uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahri «Kurilisşi» №12 fukqarolar özini-özi boşqariş organida keksalarning dam olişi va sport bilan şuğullanişi, şuningdek xordiq çiqarişlari uçun maydonça bunyod etildi. «Salomatlik plyus ekologiya» NNT (Farğona viloyati) 1095dan ortiq, şu jumladan 73 nafar keksa yoşdagilar istiqomat qiladigan Dangara tumani "Quduq” qişloği aholisini içimlik suvi bilan taʼminladi. Quduq tiklanib taʼmirdan çiqarildi va tozalandi. Aholi örtasida yuqumli kasalliklarning oldini oliş va soğlom turmuş tarzi yuritiş böyiça öquv seminarlari ötkazildi.

4. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining
23 yilligi bayramini nişonlaş arafasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasi tomonidan fuqarolik institutlarining aholi huquqiy bilimlarini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirişdagi rolini kuçaytirişga qaratilgan davlat granti tanlovlarining natijalari körib çiqildi. 207 ta loyihadan Parlament komissiyasi NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining umumiy summasi 800,0 mln.söm bölgan 34 ta loyihani maʼqulladi va qöllab-quvvatladi. Şuningdek, Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Özbekiston xalqlari tarixiy-madaniy merosini, respublikaning Istiqlol yillaridagi ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi yutuqlarini tarğib qilişga qaratilgan 6-qöşimça grant tanlovi natijalari körib çiqildi. NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining 115ta loyihasidan jami 28ta loyiha ğolib deb topildi va ularning qöllab quvvatlanişiga
700,0 mln.sömga yaqin mablağ ajratiş töğrisida qaror qabul qilindi.

Yiğilişda jamiyatda ijtimoiy şerikliklar tamoyillarini yanada kuçaytiriş, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining demokratik islohotlarni amalga oşiriş, modernizatsiya va fuqarolik jamiyatini şakllantiriş jarayonidagi örni va ahamiyatini yuksaltiriş masalalari ham muhokama qilindi.

NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlari uyuşmalari va birlaşmalari rahbarlarining NNT hududiy forumlari, Özbekiston NNT IV milliy forumi, şuningdek VII Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivalini ötkaziş böyiça axborotlari eşitildi. Şu maʼnoda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq taʼlimi vazirligi va Toşkent şahar hokimligi, şuningdek qator davlat organlari, milliy NNT va xalqaro taşkilotlar bilan ijtimoiy şeriklikda ötkazilayotgan "Alohida ehtiyojlari bölgan bolalarning ijtimoiy himoyasi va jamiyatga uyğunlaşuvi” xalqaro forumini taşkil qiliş va moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş masalalari ham körib çiqildi.

NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining qöllab quvvatlangan loyihalari va dasturlarini amalga oşirilişi samaradorligi va natijalarini aniqlaş monitoringini ötkaziş böyiça işlar milliy mexanizm tomonidan yölga qöyilgan. Joriy yilning özida davlat kömagidan foydalanuvçilar xarajatlari smetasi va qariyb 300ta loyiha va dasturlarning amalga oşirilişi böyiça hisobotlari monitoringi keng miqyosda tahlil qilindi,  NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining 200 dan ortiq xarajatlar smetasi va hisobotlari notöğri tuzilişining oldi olindi. Yiğilişda davlat grantlarini amalga oşirişda joylarda monitoring ötkaziş va ijtimoiy şeriklikni kuçaytiriş böyiça turli maslahat va huquqiy  yordam körsatiş, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar Kengaşlari huzuridagi Ijtimoiy şeriklik böyiça jamoat komissiyalarining faolligini oşiriş böyiça qaror qabul qilindi.

Yiğiliş işi doirasida muhokama qilingan masalalar yuzasidan boşqa qarorlar ham qabul qilindi.

 

Jamoat fondi ijroiya devoni
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026