TADBIRKORLIK FAOLIYaTIMIZNI YaNADA RIVOJLANTIRAMIZ
Mening tadbirkor sifatida "Manğit-sifat-servis” oilaviy korxonamni taşkil qilganimga hali köp vaqt bölgani yöq. Şunday bölişiga qaramasdan korxonamizda aholiga körsatadigan xizmatimiz turlari törttaga yetdi.
Ayni kunda oilaviy korxonamiz hisobida 3 nafar kişi iş bilan band bölib, ulardan bir nafari tokarlik stanogini boşqaradi va çilangarlik vazifasini bajaradi, yana bir kişi un xorazni işlatiş bilan band bölsa, yana bir kişi eski paxtalarni tozalaş stanogini boşqaradi.
Tadbirkorlik qoidalariga amal qilgan holda boriga qanoat qilib faoliyat yuritayotganligimiz sababli işimizda yuksak unum bölayotir. Bu esa turmuşimiz farovonligining yuksalişiga omil bölmoqda.
Muhtaram Prizentimiz I.Karimov tomonidan joriy yilning 15-mayida qabul qilingan "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bizning tadbirkorlik faoliyatimizni yanada rivojlantirişga ruhlantirdi. Çunki uşbu Farmon va bu muhim hujjat asosida qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan barça çora-tadbirlardan yagona maqsad – kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik harakatini rivojlantiriş orqali iqtisodiyotimizning barqarorligini taʼminlaş, mulkdorlar sinfini rağbatlantiriş, natijada esa aholi turmuş darajasi va sifatini oşirişdan iborat.
Men tadbirkor sifatida Prezidentimiz Farmoni asosida qabul qilingan qonunda xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorning huquqiy himoyasini yanada kuçaytiriş, şuningdek, davlat, huquqni muhofaza qiliş, nazorat qiluvçi organlarning tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga noqonuniy aralaşganlik uçun kuçli javobgarlik belgilanganini yuqori baholayman.
Biz tadbirkorlar endilikda erkin faoliyat yuritib, xalqimizga körsatayotgan xizmatimiz sifatini yanada yaxşilaşga, el-yurt farovonligi yölida astoydil mehnat qilişga harakat qilamiz.
"Manğit-sifat-servis” oilaviy korxonasi rahbari.
(Reklama huquqi asosida).
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶