SAMARALI SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK NAZORATNI TAʼMINLAŞ YÖLIDA
Istiqlol yillarida aholi salomatligini muhofaza etiş, jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirişga muhim yönalişlardan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Buning uçun zarur qonuniy, taşkiliy-huquqiy asoslar yaratilmoqda. Mazkur şart-şaroitlar soğlikni saqlaş tizimidagi islohotlar samaradorligini taʼminlamoqda. Yurtimizda aholining örtaça umr körişi 67 yoşdan 73,5 yoşga, ayollar örtasida esa 75,8 yoşga yetgani bu boradagi amaliy işlarning natijasidir.
Joriy yilning 27-avgustidan kuçga kirgan "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni ham jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş böyiça qilinayotgan işlarning mantiqiy davomidir. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş maqsadida qabul qilingan uşbu qonun 6 bob, 42 moddadan iborat. Qonunda taʼriflanişiça, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi – aholi soğligining holati bölib, bunda insonga yaşaş muhiti omillarining zararli taʼsiri mavjud bölmaydi va uning hayot faoliyati uçun qulay şart-şaroitlar taʼminlanadi.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlariga sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarşi tadbirlarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş, davlat tomonidan sanitariya-epidemiologiya normalarining joriy etilişi, aholining sanitariya madaniyati darajasini oşiriş, davlat sanitariya nazoratini va bu borada xalqaro hamkorlikni amalga oşiriş kabi masalalar kiradi.
Qonunga köra, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari davlat organlari hamda boşqa organlar, yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan rioya etilişi şart bölgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlar bölib, ular Özbekiston Respublikasi Boş davlat sanitariya vraçi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.
Davlat sanitariya nazorati Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar hamda şaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Içki işlar vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, "Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiya-tining tegişli tarkibiy bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi.
Qonunda davlat sanitariya nazoratini amalga oşiruvçi mansabdor şaxslar va ularning vakolatlari, huquqlari hamda majburiyatlari ham belgilab berilgan.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaşda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari ham iştirok etişi mumkin. Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni amalga oşirişda iştirok etadi, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarşi tadbirlarni amalga oşirişda kömaklaşadi, tegişli hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi tadbirlarning amalga oşirilişi, hovli va uy atrofi hududlaridagi qurilişlar hamda hovli va uy atrofi hududlarini saqlaş qoidalariga rioya etilişi yuzasidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi. Şuningdek, ovul va mahallalar oqsoqollari obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarida tegişli hududda yaşovçilarning ixtiyoriy asosda iştirok etişini taşkil etadi. Nodavlat notijorat taşkilotlari esa bu işda iştirok etuvçi davlat organlari va boşqa organlarga kömaklaşişi hamda zarur yordam körsatişi mumkin.
Qonunning 3-bobida yuridik va jismoniy şaxslarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasida davlat boşqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, şuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oşiruvçi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda insonning yaşaş muhiti holati töğrisida axborot oliş, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarşi tadbirlarni işlab çiqişda iştirok etiş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini yaxşilaş böyiça takliflar kiritiş, fuqarolar, yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişi oqibatida, şuningdek sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarşi tadbirlarni amalga oşiriş paytida özlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning örni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda töliq hajmda qoplanişini talab qiliş hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oşiruvçi organlarning qarorlari, ular mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan böysunuv tartibida yuqori turuvçi organlarga yoki mansabdor şaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda şikoyat qiliş huquqiga ega.
Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bu boradagi majburiyatlari sirasiga esa aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisidagi qonun hujjatlari, şuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oşiruvçi mansabdor şaxslarning qarorlari va körsatmalari talablarini bajariş, yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bölgan taqdirda ularni bartaraf etiş maqsadida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarşi tadbirlarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş, işlab çiqariş, taşiş, saqlaş hamda aholiga realizatsiya qiliş paytida mahsulotning, şuningdek bajarilayotgan işlar va körsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini taʼminlaş, mahsulotni işlab çiqariş, taşiş, saqlaş va aholiga realizatsiya qiliş, işlarni bajariş hamda xizmatlarni körsatiş paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etiş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligiga tahdid soluvçi avariya vaziyatlari, texnologik jarayonlarning buzilişlari töğrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat sanitariya nazoratini amalga oşiruvçi organlarga işonçli axborot taqdim etiş kabi majburiyatlar kiradi.
Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi sohasidagi quyidagi huquqlarga ega:
qulay yaşaş muhiti;
davlat boşqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, şuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oşiruvçi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yaşaş muhiti holati töğrisida axborot oliş;
yuridik şaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, şuningdek bajarilayotgan işlar va körsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati töğrisida axborot oliş;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini yaxşilaş böyiça takliflar kiritiş;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişlari oqibatida öz soğliğiga yetkazilgan zararning örni qoplanişini talab qiliş.
Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etişi hamda boşqa fuqarolarning soğlikni saqlaş va qulay yaşaş muhitiga bölgan huquqlari buzilişiga sabab böluvçi harakatlarga yöl qöymasligi şart.
Qonunning 4-bobida aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaşga doir talablar, 5-bobida esa sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarşi tadbirlarni taşkil etiş hamda ötkaziş tartibi körsatib ötilgan.
Xulosa örnida aytganda, mazkur qonunning qabul qilinişi mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni taʼminlaş bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş kompleks tizimini mustahkamlaşga, şuningdek ijro etuvçi organlar va nazorat qiluvçi xizmatlar tomonidan samarali nazoratni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Töramurod BOBONIYoZOV,
tuman DSENM Boş şifokori, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati, Kengaşning agrar, suv xöjaligi masalalari va
ekologiya böyiça doimiy komissiyasi raisi.
(Foto - http://navoimed.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶