TABIIY GAZ – MILLIY BOYLIGIMIZ
Eng aziz, eng ulugʻ hisoblangan Mustaqillik bayramidan keyin neft va gaz sanoati xodimlari oʻzlarining anʼanaviy kasb bayramlarini munosib mehnat yutuqlari bilan kutib olmoqdalar.
Dunyo xaritasi oldida turib qarasangiz, hamma mamlakatlarda ham tabiiy gaz zaxiralari yoʻqligini koʻrib, jonajon Oʻzbekistonda yashayotganingizdan beixtiyor qalbingiz faxr va gʻururga toʻladi. Tumanimizda 25 ming xonadon gazlashtirilgan boʻlib, shundan hozirgi kunda 11 mingdan ortiqrogʻi tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Tabiiy gaz yetib bormagan yoki gaz tarmogʻiga ulanmagan 17 ming xonadon suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda.
Tuman aholisini tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun 5 ta avtomatik gaz taqsimlash stantsiyasi (AGRS) ishlab turibdi, shuningdek tabiiy gazni uzluksiz va bir maromda uzatish uchun 479 ta gaz taqsimlash punktlari boʻlib, shundan 54 donasi yuqori va 425 tasi oʻrta bosim va past bosimda ishlashga moʻljallangan.
Ayni kunda mehnat jamoamizda 2015-2016-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Yaʼni yer osti quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekshirish, gaz quvurlarini boʻyash boʻyicha reja-topshiriqlar ortigʻi bilan bajarildi. Dudburonlar sozligini tekshirish, gaz taqsimlash punktlarini boʻyoq qilish ishlari davom etmoqda, uzunligi 2,4 km. boʻlgan gaz quvurlarini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan boʻlib, loyiha hujjatlari tayyorlanib, ijrochilar bilan shartnoma tuzildi.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda, Mangʻit shahrida suyultirilgan gaz ballonlarini toʻldirish shoxobchasi, Xolimbeg, Kuyuk koʻpir va Qipchoq ovullarida servis markazlari aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. 2015 yilning boshidan shu kungacha jami 687,2 ming kilogramm suyultirilgan gaz filial tomonidan tuman aholisiga yetkazib berildi. "Amudaryo tumangaz” filialiga "Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasidan 12 789 ta maishiy suyultirilgan gaz ballonlari olib kelinib, aholiga tarqatildi.
Xalqimizni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda bundan keyin ham butun kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz. Milliy boyligimiz boʻlgan tabiiy gazdan tejab-tergab, unumli foydalanish, xalqimizga beminnat xizmat koʻrsatishni yanada yuqori saviyaga koʻtarish uchun hamjihatlik bilan mehnat qilaveramiz.
Fursatdan foydalanib, neft va gaz sanoati xodimlarini anʼanaviy kasb bayramlari bilan tabriklayman.
Shuhrat TAJIBOYeV,
"Shimolgaztaʼminot” UK "Amudaryo tumangaz” filiali boshligʻi, xalq deputatlari
tuman Kengashi deputati.
(Foto - http://www.lukoil-overseas.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶