TADBIRKORLAR UÇUN YaNGI IMKONIYaTLAR
Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 15-mayda qabul qilingan "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni esa bu boradagi islohotlarning yangi va muhim bosqiçini belgilab berişi şubhasiz.
Uşbu Farmon bilan tadbirkorlarni işonçli himoya qiliş, öz faoliyatlarini rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişning törtta asosiy yönalişi böyiça amalga oşiriladigan aniq çora-tadbirlar belgilandi.
Birinçi yönalişga köra tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralaşiş va tösqinlik qiliş, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uçun davlat, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari mansabdor şaxslarining javobgarligi oşiriladi.
Ikkinçi yönalişda – xususiy mulkni himoya qiliş kafolatini kuçaytiriş, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan maʼmuriy va jinoyat qonunçiligini liberallaştiriş jarayonini davom ettiriş beligilandi.
Uçinçi yönalişda belgilangan vazifalarga köra barça turdagi röyxatdan ötkaziş, ruxsat beriş va litsenziyalaş, şuningdek, taşqi iqtisodiy faoliyatni amalga oşiriş bilan boğliq tartib tamoyillar yanada soddalaştiriladi.
Bu yönalişda tuman, şahar hokimliklari huzuridagi tadbikorlik subʼektlarini röyxatdan ötkaziş inspektsiyalari negizida tadbirkorlarga "bir darça” tamoyili asosida davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlarini taşkil etiş va 2016-yilning 1-yanvaridan uşbu markazlarning faoliyat boşlaşini taʼminlaş belgilandi. Har bir tadbirkor özi uçun kerakli davlat xizmatlarini şu markazlar orqali oladi.
Törtinçi yönalişda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroit va imkoniyatlar yaratiş, ularning moddiy kredit resurslaridan foydalanişini kengaytiriş, biznes muhitini yaxşilaşga doir tadbirlar öz ifodasini topgan.
Uşbu yönaliş böyiça joriy yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyatidan kelib çiqqan holda bir nafardan uç nafargaça xodim yollaş huquqi berildi. Bunda har bir yollangan işçiga pensiya jamğarmasiga eng kam oylik iş haqining 50 foizi miqdorida suğurta badali va belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq tölaşi belgiladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar uşbu Farmonga asosan kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini işga qabul qilsa, bitiruvçilarning kollejni tugatganidan boşlab ön ikki oy mobaynida yollanma işçilar uçun beliglangan soliqdan ozod etilişi belgilab qöyilmoqda.
Bunday imkoniyatlar bizning tumanimizda faoliyat yuritayotgan 700 dan ziyod yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun yangi iş örinlarini yaratişga, yoşlarni tadbirkorlik faoliyayatiga jalb etişga şaroit yaratadi.
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶