Imkoniyatlardan hursandmiz
Men ön beş yildan buyon yakka tadbirkor sifatida hunarmandçilik bilan şuğullanib kelaman. Mening bunday faoliyat bilan şuğullanişim albatta oilamiz aʼzolarining farovon hayot keçirişlariga xizmat qilmoqda.
Özim esa hunarmand sifatida el-yurtimga xizmat qilayotganimdan baxtiyorman.
Hozirgi paytda mamlakatimizda tadbirkorlik harakati qöllab-quvvatlanmoqda.
Ilgarilari tadbirkorlar va tadbirkorlik subʼektlari faoliyati köpçilik tekşiruv organlari tomonidan xohlagan paytlarida tekşirilardi. Hozir esa bunday tekşirişlarga, tadbirkorlar faoliyatiga xalaqit berişga çek qöyildi.
Hurmatli Yurtboşimiz Islom Karimov tomonidan 2015-yilning 15-mayida qabul qilingan "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yöllaridagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida tabdirkorlik subʼektlarida tekşirişlar ötkazişning tartibi va davriyligi aniq belgilab berildi.
Muhtaram Prezidentimiz Farmoniga asosan joriy yilning 1-iyulidan boşlab nazorat qiluvçi organlar tomonidan mikrofirma, kiçik korxona va fermer xöjaliklari faoliyatidagi barça rejali tekşirişlar köpi bilan 4-yilda bir marta, boşqa tadbirkorlik subʼektlarida esa köpi bilan 3-yilda 1-marta amalaga oşiriladigan böldi.
Tadbirkorlik subʼektlarda ötkaziladigan moliya xöjalik faoliyati bilan boğliq bölmagan, yaʼni buxgalteriya va boşqa hujjatlarni örganişni talab etmaydigan rejali tekşirişlar muddati 10 kalendar kunidan oşmasligi belgilandi.
Uşbu Farmonda tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xöjalik faoliyatini rejali tekşirişlarda faqatgina oxirgi rejali tekşiruvdan keyingi davr qamrab olinişi ham aniq belgilab qöyildi.
Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan körsatilayotgan bunday ğamxörliklar albatta bizni Vatan, el-yurt ravnaqi yölida har qaçongidan ham köproq, fidokorona mehnat qilişga davʼat etmoqda.
Sobir POLVONOV, hunarmand.
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶