12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:09
Adabiyot 👁 3,898

Keçikkan haqiqat

Keçikkan haqiqat

Neça oylardan beri betob yotgan qarindoşini körgani Nukusga, şifoxonaga ketgan Salima horib-çarçab uyiga kelsa, eri hovlidagi supada sulayib yotibdi. Aftidan ulfatlari bilan içgan bölsa kerak, supaga yozilgan dasturxonda qoşiq-tovoq, çoynak-piyola, aroq şişalari, non-tuz – barçasi pala-partiş qalaşib yotar, tovoqlardagi çala yeyilgan ovqat, likopçaga terilgan şira-şarbat ustida paşşalar ğujğon öynardi. Yoşi oltmişdan oşgan erining içib, sulayib yotişidan asabi taranglaşgan Salima kiyimlarini almaştiriş uçun uyiga kirdi. Uy içkarisiga qadam qöyişi bilan yuragi qinidan çiqguday, potirlab ketdi.

- Voy ölmasa-a-a-m! – Uning vahima aralaş ovozini özidan boşqa heç kim eşitmadi. Bir zum garangsib turgaç, kelini Jamilani, nevaralarini, öğli Raşidjonni çaqirdi. Jim-jitlik, na uydan, na hovlidan uning çorloviga javob tariqasida biron bir sado eşitilmadi. Hayron bölgan Salimauyning hamma xonalariga birma-bir kirib çiqdi. Ayvonning u tarafidagi öğli bilan kelini yaşaydigan ikki xona xuddi öğri urganday ivirsib yotar, xonalardagi buyumlar, mebellarning birontasi ham yöq edi. Faqat derazalar oldida, xonalarning u yer-bu yerida nevaralarining bir-ikkita öyinçoqlari, eski-tuski kiyimlari, yirtilgan qoğoz parçalari soçilib yetar, uy huvillab qolgandi.

- Raşidjon, Raşid öğlim köçib ketibdi! – deya yugurib hovliga çiqdi.

Hovlidagi sörida eri Jumaniyoz hamon pişillab uxlab yotar, şu darajada qattiq mast bölgan şekilli, yuz-közini paşşa talaganini ham sezmasdi.

- Hah, mening yelga sovurilgan umrim-a! – iç-içidan örtandi Salima. – Baxtiqora bölmasam senday piyonistaga taqdirim boğlanarmidi?

U umrida birinçi marta umr yöldoşiga tik söz aytgandi. Jumaniyozesa heç narsadan bexabar, mastalast uyquda.

- Turing, bolalar qayerda? – Qat-tiqqattiq siltadi u erini.

Siltovning zöridanmi yo içkilikning taʼsiri susaydimi, har holda Jumaniyoz inqillab-sin-qillab uyğondi, örnidan turib ötirdi.

- Bolalar qayerga ketişdi? Nega ularni qöyib yubordingiz? – Yiğlamoqdan beri bölib dedi Salima.

- A, bolalar? Ular y-yöqmi?

Aftidan eri heç narsadan bexabarga öxşardi. Salima tutaqib ketdi.

- Umr böyi içasiz, heç töymaysiz. Meni adoyi-tamom qildingiz-ku? Siz tengilar beş vaqt namoz öqib, tomorqasini gullatib ötiribdi. Siz bölsangiz, el-yurtdan olisda, atrofingizga qalanği-qasanğilarni yiğib olib, topganingizni sovurişdan nariga ötmaysiz.

- Öç-çir! – Jumaniyoz muşti bilan supani çunonam urdi-ki, zarbning qattiqligidan dasturxon yuzasidagi idişlar bir-biriga tegib, şaraqlab ketdi.

Erining vajohatini körib, qörqib ketgan Salima supa pastiga, yerga, oyoq ustiga ötirib qoldi.

- Eşitdingmi, öç-çir, ovozingni! – Hamon pöpisa bilan gapirardi eri. – Nim-ma, menga öğil-qiz tuğib berib qoyillatganmiding, kekirdagingni çözasan. Ketsa, ot-otamdan nari. Ketamiz, dedi, ketaver, dedim. Manğitga köçib ketişdi, ukang kelib olib ketdi. T-töğri qil-ladi. Nim-ma, öz bolasini men – begonaga termiltirrib qöysinmi?

Salimaning oyoq-qöli, butun vujudida qaltiroq turdi. Huşi boşidan uçib, talmovsirab, ötirgan joyida gavdasini tutib turolmay, yerga uzala tuşib yotib oldi. Uning bu holatini supada ötirib kuzatib turgan eri xoxolab kulib yubordi.

- Ha, joning açidimi? Joning açimasin, kampir, - dedi surbetlarça. – Undan köra, bor, Samadning dökonidan bir baklaşka pivo olib kel. Ikkalamiz içamiz.

- Nima? – Salima "endi men sizga öyinçoq, yugurdak bölaymi?”- demoqçi böldi-yu çala mast, piyonista eriga gap aytib, baraka topmasligini bilib, indamadi. Bor alamini içiga yutib, örnidan turişga intildi...

***

... Jumaniyoz ovulning eng sara yigitlaridan edi. Yulduzi-yulduziga töğri kelib Salima bilan turmuş qurişganlarida ularning nikohidan ikki tomon ota-onalar, qavm-u qarindoşlar quvonişgandi. Hatto havas qiluvçilardan hasad qiluvçilar köp bölgandi öşanda. Ahil oilaning bezagi ham, mevasi ham farzand ekan, aslida. Oradan ikki-uç yil ötib ham farzand körişmagaç, ota-onalari qistovi bilan yoşlar Toşkent şahridagi qaysidir nomi çiqqan şifokorga borib körinadigan bölişdi. Er-xotinnitekşiruvdan ötkazgan şifokor opa Jumaniyozdan:

- Bolaligingizda velosiped haydaganmisiz? – deb söradi.

- Ha, haydaganman, - buning nima aloqasi bor, deganday ajablandi u.

- Tuşunarli, - dedi şifokor opa, - har xil, katta, kiçik velosipedlardan yiqilib ham turgansiz-a?

Jumaniyoz kulib yubordi.

- Axir bu tabiiy hol-ku!

Şifokor boşqa savol bermadi. Salimani çaqirib, alohida xonada yotiği bilan tuşuntirdi:

- Siz boşqa turmuş qursangiz, haliyam keç emas, farzand körişingiz mumkin. Ammo eringizdan farzand körolmaysiz. U kişi bolaligida yoşiga nomunosib, kattalar velosipedini haydaş natijasida qattiq şikastlangan. Vaqtida davolanmagan. Oqibatda esa...

Şifokor opa ikkalasini bir joyga qöyib, ahvolni tuşuntirmoqçi bölganida Salima Jumaniyozning köngli sinişini aytib, rozi bölmadi. Bu sirni heç kimga, hatto ota-onasiga ham bildirmaslikka qaror qildi.

– Hammasi yaxşi bölarkan, - dedi eriga.

Eri ham şifokor opaning nega alohida gaplaşganiga qiziqmadi. Yaxşi umidlar bilan yana 5-6-yilni ötkazib yuborişdi. Tengdoş jöralarining öğil töy-laridan yuragi xijil bölib qaytadigan eri asta-asta içişni boşladi. Tengqurlaridan özini olib qoçadigan böldi. Şunday kunlarning birida, ona – baribir onada, Salimaning tinçligini öylagan ota-onasi qizi bilan kuyovini uyiga çaqirdi. Mehmondorçilik yakunida Salimaning onasi ehtiyotkorlik bilan gap boşladi.

- Tuqqaningdan körasanmi, boqqaningdanmi, Alloh inʼom etgan bari yaxşilik yölingda, bolam, - dedi Jumaniyozga yuzlanib. - Sobirboyning ayoli yukli, bir öğil, bir qizi bor, xudoga şukur. Homilasi eson-omon tuğilsa, Salimaning etagiga solişni öylab qöydik.

Oraga jimlik çökdi. Oz fursatdan söng Jumaniyoz önğaysizlanib, örnidan qözğala boşladi.

- Tağin özlaring bilasanlar, - dedi noqulay ahvolda qolgan onaizor.

Şu kuni er-xotin jimgina uyga qaytişdi. Jumaniyoz ham, Salima ham tun böyi uxlaşmadi. Tongga yaqin Jumaniyoz turib, çekdi. Söng yelkalari silkinib-silkinib yiğladi. Salima iç-içidan ezilib ketdi.

- Sali, - dedi eri astagina, - "Gulşan” sihatgohidagi döxtir opa senga nima degandi?

Salima dovdirab qoldi:

- H-hammasi yaxşi böladi, degandilar.

Jumaniyoz oğir xörsindi.

- Kel, Sobirboyning ayoli tuğsa, bolasini özimiz olamiz, - dedi ovozi qaltirab.

***

Uylariga çaqaloqolib kelişgan kun ular uçun eng baxtli kun böldi. Çaqaloq ulğaygan sari hayotlarida yangi-yangi quvonç sahifalari oçildi. Raşidjon birinçi kulib qaraganida, emaklay boşlaganida, pildirab yurib ketganida er-xotin qayta tuğilganday yaşarişdi. Jumaniyoz içişni batamom taşlab, vaqt topdim, degunça uyiga şoşadigan böldi.

Hammasi Raşidjonning sunnat töyidan boşlandi. Biri olib-biri qöyib "qutluğ bölsin” aytişayotgan jöralaridan biri:

- Hay, jöralar, qaranglar-ay, - dedi mikrofonda, - Jöramning öğli öziniki bölmasayam Jumakaga öxşab ketadimi?! – desa böladimi?

Davraboşi noqulay holatga tuşib, davraga munosib söz topolmay turib qoldi. Birov kuldi, birov farosatsiz "jöra”ga qarab boşini çayqadi. Bu holatdan öziça xulosa çiqarganlar Jumaniyozga açinib qaraşdi. Şu kuni Jumaniyoz bökib qolgunça içdi. Töyning ertasiga boş oğriğini bosiş uçun içdi. Ikki-uç hafta surunkasiga içgan Jumaniyoz içmasa, turolmaydigan bölib qoldi. Bir kuni negadir işdan uyga içmay qaytdi. Bundan Salima quvondi. Endi 1-sinfga borgan Raşidjon dadasiga erkalandi:

- Şahzod jöramning oyisi qiz uka olib kelibdi, biz ham çaqaloq olib kelaylik, - dedi Jumaniyozning böynidan quçib.

Er-xotin bir-biridan közlarini olib qoçib, yer çizib qolişdi. Ammo bolakayning tilagi ijobat böldimi yo bu kemtik köngillarga Allohning nazari tuşdimi, keçqurun uylariga Xitoy qişloğida yaşovçi uzoq qarindoşlaridan biri kirib keldi:

- Kelinni tuğruqxonaga olib kelgandik, ahvoli oğir, sariq kasalligiga çalingan ekan, bilmabmiz, - dedi ğamgin.

Hammalari tuğruqxona hovlisida tong ottirişdi öşa tun. Kelin tuğruqdan söng ikki kun behuş yotdi. Şifokorlarning jon kuydirişlari naf bermadi, vafot etdi. Çaqaloq onasiz qoldi. Şu kuniyoq Salima çaqaloqni öziga olib qoliş niyatini tugdi diliga.

- Berarmikan? – Jumaniyozning ham könglida ilinj bor edi. Katta yoşdagi qarindoşlar örtaga tuşib, çaqaloqni ularga olib berişdi.

- Ikkala qizçasi bor edi, - dedi kelinning onasi yiğlab, - uçinçisining peşonasiga ayriliq yozilgan ekan, men roziman.

Çaqaloqning otasi ham farzandining kelajagini öyladimi, rozi böldi.

Qizçani öz nomlariga rasmiylaştirib, farzandlikka olişdi, baxtli-saodatli, mehr-oqibatli bölsin, deb Mehribon ismini berişdi.

Mehribon maktabga çiqadigan yili Jumaniyozning bir tengqurining öğli institutga öqişga kirdi. Hammalari tabriklagani borişdi. Çiroyli ötiriş böldi. Tarqalişayotgan paytda yana bir farosatsiz jörasi:

- Hay, Jumaka-yey, sening ham xotining boşqalarning etagiga yopişmay, vaqtida özi tuğib berganida, öğling talaba bölardi-ya! – dedi boşini çayqab.

Uning bu gapi Jumaniyozga haqoratdek tuyuldi.

- Nima deding? – Tugilgan muştini havoda aylantirib jörasiga hezlandi u.

- E-ey, qöy-ye, uyalmaysanmi jöra, töğrisini aytdim-da yo özimdan biron gap qöşdimmi? – böş kelmadi jörasi.

Jumaniyozning battar qoni qizidi. Kuçli qöllari bilan jörasini böğa boşladi. Vaziyatning bunday tus olişini kutmagan döstlari ularni bir-biridan zörğa ajratib qöyişdi...

***

Bolalarining kelajagini öyladimi yo özining tinçliginimi, har holda mayda gap-sözga tobi yöq Jumaniyoz bir kuni dabdurustdan:

- Sali, tugunlaringni tuy, köçamiz, - dedi qatʼiy.

Salima "qayerga?” – deyişga ham ulgurmadi. Mototsiklini minib qaygadir ketgan eri oradan heç qança vaqt ötmay KamAz maşinasini olib keldi. Yiğlay-yiğlay er izmiga böysungan Salima ota yurtini tark etdi. Bir keçada Manğitdan Qönğirotga köçib ketişdi. Qönğirotda ikkalasiga ham iş topildi. Biri qurilişda, biri maktabdafarroş bölib işlay boşlaşdi. Jöralaridan qattiq köngli qolgan Jumaniyoz 6-7-yilgaça Manğitga qadamini bosmadi. Bu orada Raşidjon suxsurday yigit böldi, kollejni, bitirdi. Mehribon esa örta maktabning 7-sinfiga ötdi. Şunday kun-larning birida uylariga Salimaning ukasi Sobirboy mehmonga keldi. Raşidjonning kollejni tugatib, öz biznesini boşlayotgani uçun poççasi bilan birga quvonib, "yuviş”di. Qattiq mast bölgan Sobirboy Raşidjonni quçoqlab:

- Xuddi özim bölibsan, ota öğil! – dedi xoxolab kulgança. – Böy-basting, qoş-qovoğing, ovozinggaça dadangga, akang qa-rağayga tortibsan-ku, şovvoz. Aslida seni Salima opamga bermasam bölarkan, ammangni onam deb yuribsan, hov bola, bilasanmi şuni? Men esa öz öğlimni jiyanim, deb...

- Keting, toğa! – baqirib yubordi Raşidjon, – öz uyim, ota-onam, buni juda yaxşi bilaman!

Hamma turgan joyida qotib qoldi. Faqat Jumaniyozgina gav-dasi çayqalib-çayqalib ulardan uzoqlaşdi. Şu kundan boşlab u yana içişni boşladi. Salimaning turmuşiga oğu aralaşdi. Eri bor alamini undan oladigan böldi. Tadbirkorlikka qiziqib, bankda öz hisob raqamini oçib, kiçkinagina savdo dökoni taşkil qilgan Raşidjonning ham işdan qöli sovidi. Öqiyman, dedi-yu Nukus şahriga ravona böldi. Birinçi yili omadi çopmadi. Taniş-bilişlariga ergaşib Rossiyaga işlagani ketdi. Bir yilga yaqin işlab qaytgaç, pedagogika institutiga öqişga kirdi. Raşidjon talaba bölgan kundan boşlab Qönğirotga kelmay qöydi. Qişki va yozgi taʼtillarini Xitoy qişloğida, toğalarinikida ötkazadigan böldi. Mehribon kollejni tugatadigan yili Raşidjon Qönğirotga keldi. U yolğiz emasdi, yonida yoşgina qiz ham bor edi.

- Keliningiz, - dedi u. – Şu qizga uylanmoqçiman.

Salima qizni taniganday böldi.

- Qurdoşingiz Omon akaning qizi, - dedi Raşidjon. – Sobir dadam bilan Gulçehra onam sovçilikka ham borişdi.

Salima gapira olmadi. 22-yil bağrida avaylab östirgan, bolam, deb mehrini, umrini baxşida etgan, oq yuvib, oq taragan Raşidjoni ança özgargan, begonalaşganini his etdi. Köziga quyilib kelgan yoşni römoli uçi bilan bildirmay artib Raşidjonga qaradi. Öğil esa parvoyi palak. 10 kunligidan mehr-muhabbat oğuşida östirgan onasi bu dunyoda bor-yöqligini xayoliga ham keltirmas, aksinça yaqinda institutni tugatişini, Sobir dadasi Manğitdan iş topib berişini, falon kuni nomdor töyxonada nikoh töyi bölişini maqtanib gapirardi. Öğlining bunçalik özgarib qolişini öylab ham körmagan Salima tamoman karaxt holga kelib qolgan, agar şu damda eşikdan Jumaniyoz bilan qizi Mehribon kirib kelmaganida bu holatda yana qança vaqt ötirişi noayon edi. Uzoq vaqt bir-birini körmagan ota-bolaning salomaligi ham xuddi begonalarday böldi. Öğli tomon mehr bilan talpingan otaning quçoği böş qoldi. Raşidjon tirjaygança:

- Somaykum, Jumaka, qalay endi, topilib turibdimi? – deya özining tomoğiga çertib qöydi.

Yer yorilmadi-yu Salima kirib ketmadi.

- Töyga aytib keldim, sizlarni, - degani baridan oşib tuşdi.

Şu gapdan söng Jumaniyoz uyga kirib ketib, qaytib çiqmadi. Ming qilsa ham ona-da, Salima öğlining barça qiliğini könglining bir çekkasiga kömib, kelin bölmiş bilan Raşidjonni siyladi. Kelinga, deb yaxşi niyat bilan olib qöygan sarpolarini örtaga uyub taşladi. Bölğusi kelin ukasi Sobirboyning xotinining singlisining qizi ekan. Demak, Raşidjonga böla bölarkan. Salima baribir ular keltirgan xabardan norozi böldi.

- Özing yoqtirgan qiz bor edi-ku, - bazör könglini oçdi Salima. – Yaxşi qiz edi.

- Qöying-da, amma, u qizning oilasi kambağal, yana...

Salimaning boşi ğovlab, Raşidning gaplari quloğiga ham kirmay qoldi. "Meni amma, dedimi, amma, dedimi? Amma, amma... amma...”. "Uning quloğiga boşqa gap kirmas, Raşidning ovozi borgan sari guldirab vujudini toğday bosardi. Bora-bora zil-zambil toş ostida qolayotganday nafasi qisildi, köz oldi qoronğilaşib, heç narsa körinmay qoldi...” Salima şifoxonada öziga keldi. Közini oçganida tepasida qizi Mehribon yiğlab ötirardi. Bölib ötgan voqealarni köz oldiga keltirişga, eslaşga urindi. Yana öğlining "amma” degan ovozi quloqlari ostida jaranglab, ingrab yubordi.

- Akang... - dedi bazör qiziga yuzlanib.

- Akam, - Mehribon jimgina yerga boqdi, - akam hamma yiğib qöygan sarpolaringizni, sirğa-uzuklaringizni olib ketdi, - dedi.

Salimaning içida nimadir uzilganday böldi, yuragi qattiq oğridi.

- Dadam har kuni içayapti, nega şunday qiladi? Nega bizlarning qarindoşlarimiz yöq, onajon, akam özi kimning bolasi? Nega u sizga amma deb boşladi?

Mehribonning savollaridan battar siqilgan Salima yana huşidan ketdi. Bu safar xuşiga kelganida öng oyoği bilan öng qöli öziga böysunmadi.

- Köp siqilavermang, - dedi hamşira qiz unga ukol qilarkan, - odamzotga hayot bir marta beriladi, opajon. Hammasini eşitdik, Mehribon desa, mehribongina qizingiz bor ekan, mehrni öşandan köring. Nima, siz siqilganingiz bilan biron narsa özgarib qolarmidi?

Öz ahvolidan özi kuyib ketgan Salimaga dalda bölguvçilar köp edi. Qöşnilari, Qönğirot şahriga kelib orttirgan döst-yoronlari uni yolğizlatib qöyişmadi. Şifokorlarning muolajalari, qizaloğining, döst-yorlarining mehr-muhabbati uni hayotga qaytardi. Ammo...

Jumaniyoz içkilikka mukka-sidan ketdi. Har kuni içardi, içib kelib janjal kötarardi. Hadeb bepuşt xotin bilan yaşab, yigit umri ötib ketganini peş qilardi. Yoşi oltmişni qoralab qolgan Salimani döp-poslab uradigan böldi. Barça haqoratlarga boşini egib çidab kelgan Salima oxiri çidamadi. 25-yil avval Toşkentdagi "Gulşan” sihatgohidagi davo-lovçi şifokor opa bergan tibbiy xulosani sandiqdan olib, erining oldiga taşladi-yu qizini olib Manğitga jönadi. Qarovsizlikdan huvillab yotgan ota uyini supirib-sidirib, şu yerda yaşay boşladi. Avvaliga Jumaniyoz ortimdan izlab kelar, deb kutdi. Yöq, u kelmadi. Sa-lima ham Qönğirotga qaytib bormadi. Uylangaç, Sobirboy bilan yaşayotgan Raşidjon farzandli bölganini eşitib, dunyolarga siğmay qoldi Salima. Qizi bilan sovğa-salom, sarpo-suruqlar olib nevarasini kör-gani ukasinikiga bordi. Sobir-boyning ostonasidan hatlaşi bilan katta janjalning ustidan çiqdi.

- Sen bolani öşa haromzodaga bermasligim kerak edi. – Gul-çehraning şanğillagan ovozi olamni buzardi. - Asli dadang-ning zoti past, pastligingga bording, bola!

- Ne desangiz ham amma-onam Sizdan yaxşi edi, men ahmoqlik qildim...

Bu Raşidjonning ovozi edi. Sa-lima ostonada turib qoldi.

- Seni duo bilan öziga oğdirib olgan, maraz xotin! – jazavaga tuşib nimanidir muştlardi Gulçehra.

Endi Salima bu yerda ortiq turolmadi. Ortiga qaytdi. Uy-lariga kelgunça yiğidan köz-lari şişib ketgan Salima qi-zi Mehribonni bağriga bosib qattiq "uh” tortdi va qiziga hayotidagi bor haqiqatni tökib soldi...

- Akamni heç qaçon keçirmay-man, - yum-yum yiğladi Mehribon. – Otam bilan Sizning aybingiz bizlarni boqib, katta qilga-ningizmi? Qönğirotga, otamning oldiga ketamiz yo otamni bu yerga olib kelamiz.

Mehribon aytganini qildi. Ertasigayoq onasini olib Qön-ğirotga jönadi. Bu orada haqi-qiy ota-onasi bilan murosaga kelolmagan Raşidjon oilasi bilan Qönğirotga qaytib kel-di. Salimaning bağri töldi. Bir muddat uyi obod böldi. Ammo hamma narsaga loqayd, odamovi bölib qolgan Jumaniyoz pen-siyasini olib faqat içadigan böldi. Oilasini, Salimaday sa-doqatli umr yöldoşi borligini tamoman unutdi. Qaynotasining tinimsiz içib, aljirab öti-rişidan bezgan kelin ikki bo-lasini olib ota-onasinikiga ketsa, oylab qolib ketadigan odat çiqardi. Ikki örtada Raşidjon qiynalib ketdi. Ota-onasining issiq-sovuğiga qa-raydigan Mehribon turmuşga çiqib ketgaç, rözğorning barça oğir-yengil yumuşlari keksayib qolgan Salimaning zimmasiga tuşdi. Bolalarimni olib ke-laman, deb Manğitga ketgan Ra-şidjon har gal bir gap topib keladigan böldi:

- Keliningizga Qönğirotning havosi yoqmas ekan.

- Qaynotam ovuldan bizlar uçun yer olibdi, hovli-joy quringlar, deyapti.

Xullas, Manğitdan Qönğirotga kelin bilan nevaralari örniga har xil gap-sözlar qaytadigan böldi. Bugun esa...

Hayotiga ozgina bölsa-da qu-vonç bağişlab turgan ikkala nevarasining "ena-enajon”lab, hovlida pildirab yurişlari köz oldiga kelib Salima yiğlab yubordi. Eriga esa baribir edi. Bu erkakka oila ham, bola-çaqa ham, huzur-halovat ham içkilikda, içkilik içib, hayot taşvişlarini unutib yaşaşdan boşqa maqsadi yöq, tamoman özini unutgan odamga öxşardi.

***

Salima tugunini qöltiqlab yöl-ga çiqdi. Manğitga, ukasinikiga yetib kelganida quyoş allaqaçon botgan, atrofga şom qoronğuligi çöka boşlagan edi. Qörqa-pisa ostonadan hatlagan Salima bu gal ham kattagina janjalning ustidan çiqdi:

- Hov, bola, sen öşa alkaşning tarafini olayotirsanmi? – Bu Sobirboyning ovozi edi. – Ammangga ham öşaning isi urgan, bir savdoyi, telba. Öşa telbalarga men bolamni beribman-a! Qarab tursam, sen ham qip-qizil jinnisan. Axir seni men bilan mana bu onang, Gulçehra dunyoga keltirganmiz. Oylik maoşini yiğib Sali jin-niga berarmiş. Öv, opam bölsa, bölaversin, xudoning qarğişi tekkan unga...

Salimaning boşi ğovlab ketdi. Içkariga bosgan qadamini tort-di, iziga qaytdi. Hayotida bi-rinçi marta özini özi yomon körib ketdi. Manğit köçalarida uzoq kezindi. Qizi Mehribon kelin bölib tuşgan "Örta qalʼa” ovuliga bormoqçi böldi. Negadir oyoği tortmadi. Quloqlari ostida ukasi Sobirboyning "Opam bölsa, bölaversin, xudoning qarğişi tekkan unga...”, "Sali jinni”, - degan ovozi tinmay jaranglar, unga sari vujudini bosib kelayotgan xörlik toşi uni tinmay ezğilardi.

- Yo xudoyim! – böğzini kuydirib otilib çiqqan yiği aralaş il-tijo bilan yulduzlari porlab turgan falakka qöllarini çözdi u. – Men osiy bandangni keçir! Sen ravo körmagan marhamatni men bandalardan sörab, xato qildimmi, Xudoyim?!

Salima ovozining boriça höngrab yiğlab, notaniş yöl-lar bilan notaniş manzil to-mon ketib borardi. Uning bu holatiga faqat Yaratganning özigina guvoh edi. Uyqudagi el jabrdiyda, xörlangan bu ayol qismatining ayançli damlarini sezmas, Salima esa hamma nar-saga qöl siltab, zim-ziyo tun bağriga butun dard-u alamini tö-kib ketib borardi...

***

... Oradan ikki yil ötib, opa tahririyatga keldi:

- Hayotim izga tuşmadi, qizim, - dedi u mahzungina. – Öz tuğişganlarim özimga yov bölib, bolalarimni tortib oldi. Raşid-jon meni butunlay tark etdi. Şukur, Mehribon qizim yaxşi joyga tuşdi. Holimdan xabar olib turadi. Ota-onamdan qolgan eski uyni taʼmirlab, yaşab yuribman. Jumaniyoz akangiz aqldan ozgunça içadi, puli tugasa, meni izlab keladi. Nima bölganda ham undan boşqa heç kimim qolmadi. Axir xudo bermaganni bandasi berolmas ekan-da... uzoq jimlikdan söng Salima opa yana davom etdi:

- Kimga qanday, bilmadim-u, men özimga özim qildim. Haqiqatni vaqtida aytganimda hayotim boşqaçaroq bölarmidi?.. Har kimga rahm-şafqat Allohdan bölsin ekan. Jumaniyozning köngli, deb öz könglim sinib-sinib, ado böldi, hayotim zulmatga aylandi. Endi aqlim kirganida umrim ötib ketibdi, qizim.

Salima opa yoşiga nisbatan ança keksayib qolgandi. Uni birini uç, birini ön kunligidan asrab olgan bolalari, ayniqsa Raşidjondan körgan xörliklari ezib, adoyi tamom qilgandi. Yoşligini, gözalligini baxş etgan farzandidan tiriklay ajraliş opani 57 yoşida munkillagan kampirga aylantirib qöygandi. Opa ketdi. Ketayotib:

- Mening hayotim haqida yoz, qizim, - dedi mahzungina.

Mendan atigi 5 yoşgina katta opaning "qizim”lab gapirişi, munkillab, hassaga tayangança ketib borayotganidan yuragim uvuşdi. Toki odamlar opaga öxşab, hayot söqmoqlarida qoqilib, turmuş çorrahalarida iztirob çekmasinlar, dedim-u uşbu hayotiy voqeani Siz azizlar bilan baham kördim.

Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://fikr.uz)
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026