Yoşlarning sevimli ustozi
Bugungi davr yoşlari har jabhada öz iqtidorlarini namoyiş qilmoqda. Adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport va taʼlim sohalarida katta yutuqlarni qölga kiritayotgan yoşlar xalqimizning işonçi va faxridir.
Bizning Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejimizda öquvçilarning puxta bilim olişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Sport zali, zamonaviy usulda jihozlangan kompyuter xonasi, fan tögaraklari, axborot-resurs markazi işlab turibdi. Şu bois, öquvçilarimiz orasidan fan olimpiadalari ğoliblari yetişib çiqmoqda. 2015 yilning 31-mart-4-aprel kunlari Nukus şahrida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilari orasida III bosqiç fan olimpiadasi bölib ötdi. Unda bizning Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejimizdan matematika, biologiya, rus tili, ingliz tili fanlaridan jami 8 nafar öquvçilarimiz qatnaşib, şulardan 7-12 "Agronomiya” guruhidan Şahzod Jumaboyev mate-matika fanidan 2-örinni, 8-13 "Paxtaga birlamçi işlov beriş” guruhidan Dilmurod Sobirov faxrli 3-örinni egalladilar. Kollejimiz öquvçilaridan 3 nafari matematika fanidan jahon olimpiadasi saralaş bosqiçida qatnaşib, şulardan 2-bosqiç öquvçisi Dilmurod Sobirov faxrli 1-örinni egallab qaytdi va nufuzli taşkilotlar tomonidan faxriy yorliq bilan mukofotlandi.
Kollejimiz öquvçilarining axborot-resurs markazidan unumli foydalanganliklari ham yaxşi samara bermoqda. Öquvçilarni fanlar olimpiadasiga tayyorlaşda kollejimizning oliy toifali matematika fani öqituvçisi Azimboy Safarboyevning hissasi katta. Tajribali ustoz Azimboy aka kollejda "Yoş matematiklar” tögaragiga rahbarlik qiladi. Ayni kunda "Yoş matematiklar” tögaragiga aʼzo öquvçilar soni 50 nafardan oşdi. Ustozning har yili "Yoş matematiklar” tögaragida tahsil olgan öquvçilaridan 92 foizi oliy öquv yurtlariga öqişga kirib, talaba böliş baxtiga muyassar bölişmoqda. Biz öz işiga fidoyi, yoşlarning sevimli ustozi Azimboy aka Safarboyevning bundan keyingi işlariga rivoj tilaymiz.
Dilfuza BOYJONOVA, Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji axborot-resurs
markazi xodimi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶