Soğlom turmuş tarzi – salomatlik garovi
Jamiyatimizda soğlom turmuş tarzi hukmron bölsa, kelajakni közlab olib borilayotgan izçil islohotlar yanada jadallaşib, hayotimizdan barqaror örin egallaydi. Çunki, şaxs nainki jismonan, balki aqlan soğlom, fikran yetuk bölsagina turmuşimizga yangiliklar joriy etilib, barça sohalarda taraqqiyot sari dadil qadamlar qöyilaveradi.
4-iyun kuni Amudaryo akademik litseyida "Soğlom turmuş tarzi – salomatlik garovi” mavzusida bölib ötgan seminar ham aynan şu, yaʼni jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, yoşlar örtasida tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, erta turmuş qurişning hamda qarindoşlar örtasidagi nikohning oldini oliş, oqar suv yöllari, vodoprovod tarmoqlari tozaligini saqlaş, yoşlarni har xil zararli odatlar (ayniqsa, giyohvandlik, alkogolizm va kaşandalik) dan asrab-avaylaş kabi masalalarga bağişlandi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan grant loyihasi asosida "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati muxbirlari tomonidan ötkazilgan uşbu seminarda tuman boş epidemiologi, tuman DSENM, Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi köp tarmoqli poliklinika xodimlari soğlom turmuş tarziga tösqinlik qiluvçi ayrim kasalliklar va ularning profilaktikasi böyiça öquvçi-yoşlarga keng tuşunçalar berişdi.
Seminarda öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollari bilan faol qatnaşdilar.
Savol-javoblar asosida ötgan uşbu seminar hayotimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶