Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar Kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi
Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar muvofiqlaştiruvçi Kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman prokurori Bahrom Maşaripov, tuman Içki işlar bölimi boşliği Muxammetali Xöjamuratov hamda tumandagi taşkilot va muassasalar rahbarlari iştirok etişdi.
Taʼkidlaş joizki, yiğilişda joriy yilning birinçi yarmida jinoyatçilikka qarşi kuraş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kuzatilayotgan muammolar va yöl qöyilayotgan kamçiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Tuman Prokurori – Muvofiqlaştiruvçi Kengaşi raisi Bahrom Maşaripov öz maʼruzasida hisobot davrida 100 ga yaqin nazorat tadbirlari ötkazilib, 789 ta qonunbuziliş holati aniqlangani, ular böyiça 133 ta prokuror nazorati hujjatlari qöllanilganini maʼlum qildi.
Şuningdek, 400 ga yaqin murojaatning 78 foizi prokuratura organlarida körib çiqilgani, 200 dan ziyod sayyor qabullar taşkil etilgani va aholini xabardor qiliş maqsadida 200 dan ortiq huquqiy-tarğibot tadbirlari ötkazilgani qayd etildi.
Prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonunbuziliş holatlarining kelib çiqişiga, asosan idora va taşkilotlar rahbarlari, masʼul şaxslarining öz xizmat vazifalarini lozim darajada bilmasligi, kasbiga sadoqat ruhi şakllanmagani, işlar töğri taşkil etilmagani, sohadagi tizimli xato va kamçiliklarni, mavjud muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş borasida şaxsiy taşabbus yöqligi sabab qilib körsatildi.
Bundan taşqari, xizmat vazifasiga yuzaki va masʼuliyatsizlik bilan qarab, qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan xodimlarga nisbatan qatʼiy çoralar körilişi lozimligi taʼkidlandi.
Şundan söng, yöl qöyilgan kamçiliklar böyiça masʼullarning tuşuntirişlari va hisobotlari tinglandi.
Yiğiliş söngida Kengaş Qarori bilan, hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlaşda huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda hokimlik, idora va taşkilotlarning hamkorligini yanada kuçaytiriş böyiça çora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Şuningdek, yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosi va bu borada yöl qöyilgan xato va kamçiliklar atrofliça muhokama etildi.
“Mahalla yettiliklari”ga mazkur Qaror talablaridan kelib çiqqan holda amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar yuzasidan aniq körsatma va topşiriqlar berildi.
Amudaryo tuman Prokuraturasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶