Prezident Farmoni bilan Özbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantiriş kontseptsiyasi tasdiqlandi
2025-yil 23-iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantiriş kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi PF-98-sonli Farmoni qabul qilindi. Uşbu Farmon mamlakatimizda xalq hokimiyatçiligini tölaqonli röyobga çiqariş, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini yanada oşirişga qaratilgan muhim hujjatdir. Yangilangan Konstitutsiyamizda belgilangan “Kuçli Kengaş, hisobdor va taşabbuskor hokim” tamoyilini amaliyotga tatbiq etişda bu Farmon dasturilamal bölib xizmat qiladi.
Farmonning asosiy maqsadi — mahalliy darajada xalq hokimiyatçiligini tölaqonli röyobga çiqariş, fuqarolarning mahalliy boşqaruvda keng iştirok etişini mustahkamlaş, ijro hokimiyati organlarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oşirişdan iborat. Şuningdek, hududiy boşqaruvni aholi manfaatlariga xizmat qiliş tamoyili asosida nomarkazlaştiriş va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining xalqaro hamkorligini mustahkamlaş ham Farmonning ustuvor yönalişlaridan biridir.
Farmonning asosiy maqsadlari va yangiliklariga eʼtibor qaratadigan bölsak, unda mahalliy Kengaşlarning vakolatlarini kengaytiriş va ularning faoliyatini takomillaştiriş böyiça qator muhim çora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovining eng kam stavkalarini belgilaş, dafn etiş joylarini saqlaş qoidalari va xizmat körsatiş tariflarini tasdiqlaş, ijtimoiy muhofazaga muhtoj şaxslarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş, yöllarning ayrim qismlarida harakatlaniş tezligini oşirişga yoki kamaytirişga (tegişli yöl belgilari örnatib) ruxsat beriş kabi vakolatlar mahalliy Kengaşlarga ötkazilmoqda. Bu esa mahalliy Kengaşlarning hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga bevosita taʼsir körsatiş imkoniyatini yanada oşiradi.
Şu bilan birga, Farmonda byudjet loyihasini işlab çiqişda mahalliy Kengaş deputatlarining bevosita taşabbusi asosida xarajatlarning muayyan qismini şakllantiriş amaliyoti yölga qöyilişi alohida eʼtiborga loyiq. Bu deputatlarning öz saylovçilari manfaatlarini himoya qiliş va hudud ehtiyojlarini qondirişdagi rolini kuçaytiradi. Oliy Majlis palatalari huzuridagi yoşlar parlamentlari tajribasidan kelib çiqib, mahalliy Kengaşlar qoşida Yoşlar guruhlari va nodavlat notijorat taşkilotlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va ilmiy doiralar vakillaridan iborat Maslahat guruhlarining taşkil etilişi jamoatçilikning qaror qabul qiliş jarayonlaridagi iştirokini kengaytiradi. Mahalliy Kengaşlar kotibiyatlari faoliyatini taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarida mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlaridan mustaqil moliyaviy hisob-kitob tizimi joriy etilişi ularning samarali faoliyat yuritişi uçun muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, Xalq deputatlari mahalliy Kengaşi raisi örinbosari institutining taşkil etilişi ham mahalliy Kengaşlar faoliyatini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.
Farmonda viloyat, Toşkent şahri, tuman (şahar) hokimi örinbosarligiga nomzodlarni tegişli mahalliy Kengaşlar doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qiliş va Kengaş sessiyalarida ular tomonidan öz yönalişlari böyiça hududni rivojlantiriş dasturlarini taqdim etiş tartibining joriy etilişi ijro hokimiyatining Kengaşlar oldidagi hisobdorligini oşiradi. Mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eşitiş böyiça “Kengaş soati” institutining joriy qilinişi ham deputatlarning nazorat funktsiyalarini kuçaytiradi. Eng muhimi, mahalliy Kengaş qarorlarini qabul qiliş jarayonlarining oçiqligini taʼminlaş maqsadida fuqarolarning sessiya işini bevosita kuzatiş imkoniyatining yaratilişi xalqning hokimiyatga bölgan işonçini oşiradi va şaffoflikni taʼminlaydi.
Farmonning yana bir muhim jihati – mahalliy Kengaşlar faoliyatini töliq raqamlaştiriş va “E-Kengash” elektron platformasini takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlardir. Raqamli texnologiyalar vazirligiga “E-Kengash” elektron platformasini “qulaylik — soddalik — xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillaştirib boriş vazifasi yuklatilgan. Bu platformada hujjatlarni xavfsiz elektron arxivda (blokçeyn) saqlaş, katta hajmli maʼlumotlar bilan işlaşda tezkorlik va qulaylik yaratiş, axborot xavfsizligini taʼminlaş va kiberhujumlarning oldini oliş böyiça işlar amalga oşiriladi. Şuningdek, Kengaş raisini biometrik identifikatsiyalaş (Face ID) texnologiyalarini joriy etiş, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida qaror loyihalarini tayyorlaş va huquqiy ekspertizadan ötkaziş imkoniyatlari yaratiladi.
Bundan taşqari, mahalliy Kengaşlar sessiyalarini onlayn translyatsiya qiliş, ularning faoliyatining samaradorlik körsatkiçlarini işlab çiqiş va “E-Kengash” platformasida elektron reyting yuritiş, qarorlar ijrosini nazorat qiliş jarayonlarini raqamlaştiriş, elektron stenogramma yuritiş va avtomatik bayonnomalarni şakllantiriş kabi yangiliklar joriy etiladi. Bularning barçasi mahalliy Kengaşlar faoliyatining şaffofligini, samaradorligini va xalqqa yaqinligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Uşbu Farmonning amalga oşirilişi natijasida mahalliy Kengaşlar hamda mahalliy Kengaşlar deputatlarining nazorat faoliyati samaradorligi sezilarli darajada oşadi. Hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan kötarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etiş böyiça imkoniyatlar kengayadi. Qaror qabul qiliş jarayonlarida oçiqlik va şaffoflik töliq taʼminlanadi, mahalliy Kengaşlarning norma ijodkorligi faoliyati sifati oşadi. Nodavlat notijorat taşkilotlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillarining mahalliy Kengaş işida faol iştiroki taʼminlanadi. Deputatlar va kotibiyat xodimlarining malakasini tizimli ravişda oşirib boriş tizimi yölga qöyiladi. Raqamlaştiriş orqali byurokratiyaning oldi olinadi va saylovçilar bilan munosabatlarda qulaylikka erişiladi. Eng muhimi, mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatining kafolatlari kuçaytiriladi, bu esa ularning öz vazifalarini yanada samarali bajarişiga zamin yaratadi.
Farmonda belgilangan vazifalarning ijrosi hududlarimiz rivojiga, xalqimiz farovonligining yanada oşişiga xizmat qilişiga işonaman. Biz – deputatlar, uşbu islohotlarni töliq qöllab-quvvatlaymiz va ularni amalga oşirişga öz hissamizni qöşamiz.
Ğ.Yeşniyozov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶