Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Jöqorği Kenges deputatlari Amudaryo tumanida bölişdi
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar samarasi joylarda, ayniqsa, oddiy odamlar hayotida öz aksini topişi lozim. Şu bois ham davlat organlari va xalq vakillari faoliyatida joylarga borib, saylovçilar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning dardini eşitiş, amalga oşirilayotgan islohotlarning real natijalarini örganiş alohida ahamiyat kasb etadi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova hamda Jöqorği Kenges deputati Aysanem Begimovalarning Amudaryo tumaniga amalga oşirgan xizmat safari ham şu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Taşrif davomida deputatlar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş holati va fuqarolarning kayfiyati örganildi, şuningdek, joylardagi davlat taşkilotlari bilan hamkorlikda muhim masalalar muhokama qilindi.
Safarning dastlabki manzili tuman hokimligi bölib, bu yerda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa mutasaddi taşkilotlar iştirokida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlar, ularni hal etiş mexanizmlari, amalga oşirilayotgan islohotlarning tuman miqyosidagi ijrosi yuzasidan atrofliça muhokamalar olib borildi. Fuqarolarning davlat organlariga bölgan işonçini oşiriş uçun murojaatlarga munosabatni özgartiriş va ularning yeçimiga eʼtibor qaratiş kerakligi taʼkidlandi.
Yiğilişdan söng deputatlar Boy ovul mahallasiga taşrif buyurişdi. Bu yerda “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan yaqindan tanişilib, ularning faoliyatini örganildi.
Mahallada fuqarolar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Suhbat davomida mahalliy aholi özlarini qiynayotgan masalalarni bayon qilib, xalq vakillariga muammoli masalalarda murojaat qildilar. Saylovçilar xalq vakillari faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirib, ularning yuzma-yuz suhbat uyuştirganidan minnatdorlik izhor etdilar. Bunday oçiq muloqotlar joylarda odamlarning haqiqiy muammolariga yeçim topişda muhim vosita bölib xizmat qilayotgani yana bir bor öz tasdiğini topdi.
Deputatlar xizmat safari davomida Çordora mahallasida joylaşgan “Tamara tekstil” tikuvçilik tsexi faoliyati bilan ham tanişdilar. Maktab formalarini işlab çiqaradigan uşbu kiçik korxonada 43 nafar mahalliy xotin-qizlar doimiy iş bilan taʼminlangan.
Tsex rahbariyati bilan bölib ötgan suhbatda iş joylari sonini yanada oşiriş, yangi tikuv maşinalari bilan taʼminlaş, mahsulot turlarini kengaytiriş kabi rejalar muhokama qilindi. Deputatlar uşbu loyiha boşqa mahallalarda ham namuna bölişi mumkinligini qayd etdilar.
Safarning keyingi manzili “Amudaryo tomorqa klasteri”ga qaraşli zamonaviy issiqxona böldi. Rufat Qurbonboyev rahbarligidagi mazkur issiqxonada hozirgi kunda turli sabzavot va mevalar yetiştirilayotgan bölib, 10 dan ortiq mahalliy aholi iş bilan taʼminlangan. Yaqin kelajakda sut mahsulotlarini ham işlab çiqariş rejalaştirilayotgani maʼlum qilindi.
Bu kabi loyihalar qişloq xöjaligini rivojlantiriş, eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş va aholining iqtisodiy barqarorligini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Deputatlar davlatimiz tomonidan bunday taşabbuslar qöllab-quvvatlanişini, loyihalarni kredit va subsidiyalar orqali yanada kengaytiriş lozimligini taʼkidladilar.
Xalq vakillarining Amudaryo tumaniga xizmat safari, şubhasiz, joylardagi amaliy islohotlar, fuqarolarning haqiqiy ehtiyojlari va davlat siyosatining samaradorligi qay darajada tatbiq etilayotganini çuqur örganiş imkonini berdi. Safar davomida deputatlar iştirokida saylovçilar bilan töğridan-töğri muloqot ötkazildi, tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanişildi va masʼul idoralarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bunday safarlar faqat rasmiy taşriflar emas, balki davlat va xalq örtasidagi işonçli munosabatlarni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Unda joylardagi muammolarni manzilli hal etiş, fuqarolarning oğirini yengil qiliş va mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarning hayotdagi aksini köriş asosiy maqsad hisoblanadi.
Şu bois xalq vakillarining bunday taşriflari orqali joylardagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar yanada jadallaşib, xalq vakillari faoliyati orqali aholining davlatga bölgan işonçi mustahkamlanadi. Bu esa, şubhasiz, yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim asoslaridan biridir.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶