Xalq jamoalarining hisobot kontserti bölib ötdi
Sanʼat — bu inson qalbi va xalq ruhiyatining teran ifodasidir. U nafaqat badiiy zavq bağişlaydi, balki jamiyat maʼnaviyatini yuksaltiriş, avlodlar örtasida ruhiy-maʼnaviy boğliqlikni taʼminlaşda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Xususan, xalq sanʼati özining soddaligi, samimiyligi va çuqur maʼno-mazmuniga ega bölgan ifodalari orqali millatning tarixi, urf-odatlari, anʼanalari va hayot tarzini özida jamlagan. Kuy va qöşiq, raqs, sahna körinişlari, oğzaki ijod namunalari orqali bu bebaho meros asrlar davomida avloddan avlodga ötib kelmoqda.
Bugungi kunda ham xalq sanʼati hayotimizda muhim örin tutadi. Uning har tomonlama rivojlanişi, yoş isteʼdodlar orqali yanada boyişi va keng jamoatçilikka tarğib etilişi milliy özligimizni asrab kelmoqda. Ayniqsa, hududlarda faoliyat yuritayotgan xalq jamoalari bu borada munosib hissa qöşib, madaniy merosimizni avloddan avlodga yetkazişda muhim rol öynamoqda.
24-iyun kuni Amudaryo tumani Madaniyat bölimi hovlisida xalq jamoalarining dastlabki 6 oylik faoliyatiga bağişlangan hisobot kontserti bölib ötdi. Tadbir “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi hamda “Jayhun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalarining ijodiy çiqişlari bilan iştirokçilarga xuş kayfiyat ulaşdi.
Xalq jamoalari tomonidan taqdim etilgan rang-barang kuy va qöşiqlar, nafis raqslar, xalq ijodi namunalari va sahna tomoşalari iştirokçilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Tadbirda özbek va qoraqalpoq xalq kuylari, Xorazm xalq musiqalari hamda Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudayşukurov va boşqa ustoz sanʼatkorlar ijodiga mansub kuy-qöşiqlar ijro etildi.
Şu bilan birga, kontsertda milliy va zamonaviy estrada kuy-qöşiqlari ham ijro qilindi. Bu, ayniqsa, yoşlar tomonidan katta qiziqiş bilan qarşi olindi.
Tadbir davomida xalqimizning madaniy merosini asrab-avaylaş, yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş, ijodiy faoliyatini muntazam yönaltiriş va keng ommaga tanitiş, şuningdek, yoş avlodni sanʼatga qiziqtiriş, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişdagi samarali faoliyati uçun xalq jamoalari tuman hokimligi tomonidan “Taşakkurnoma” bilan taqdirlandi. Bu kabi eʼtirof ijodkorlar uçun katta kuç, yangi ilhom va masʼuliyat manbai bölib xizmat qiladi.
Kontsert dasturidan joy olgan xalq qöşiqlari, milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna körinişlari barçaga birdek manzur böldi. Ayniqsa, yoş avlodning sanʼatga bölgan qiziqişini oşiriş, ularni xalq ijodiga hurmat ruhida tarbiyalaş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş borasida xalq jamoalarining örni alohida eʼtirof etildi.
Tadbir yakunida tuman Madaniyat bölimi mudiri Murod Ibragimov sözga çiqib, xalq sanʼati va xalq jamoalarining milliy madaniyatimizdagi örniga töxtaldi. Xalq ijodi millat maʼnaviyatining tayançi ekani, bunday jamoalarning madaniy hayotimizdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi. Şuningdek, barça iştirokçilarga, faol sanʼatkor va tadbir taşkilotçilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Xalq sanʼati — bu xalqning ötmişini, buguni va kelajagini boğlovçi maʼnaviy köprikdir. U orqali millat öz öziga, öz tarixi va qadriyatlariga yangiça nigoh bilan qaraydi. Uşbu kontsert dasturi nafaqat hisobot, balki xalq sanʼatiga bölgan muhabbat va ehtirom namunasi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaşga qaratilgan muhim maʼnaviy tadbir böldi.
Şubhasiz, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoş avlodni sanʼat orqali Vatanga muhabbat, milliy ğurur va fidoyilik ruhida tarbiyalaşda, xalqimizning yuksak madaniyati va anʼanalarini yanada keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶