16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:07
Iqtisodiyot 👁 723

ENERGORESURSLAR TEJAMKORLIGI BOʻYIChA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

ENERGORESURSLAR TEJAMKORLIGI BOʻYIChA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan isteʼmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash, bu boradagi muammolar boʻyicha aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va ijobiy hal etish, taʼminotchi korxonalar bilan isteʼmolchilar oʻrtasidagi shartnomalarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan tahliliy monitoring yuritish, shuningdek, energoresurslar tejamkorligi sohasidagi amaliy ishlar samaradorligi boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv taʼminoti sohalaridagi debitor qarzdorliklarning kamayishiga erishilmoqda.

Tuman Prokuraturasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq joriy yilning 16-17-iyun kunlari Doʻstlik, Arna boʻyi va Navoiy nomli mahallalar fuqarolar yigʻinlarida energotejamkor uskunalar targʻibotiga bagʻishlangan yarmarka tashkil etildi. Yarmarkada taʼminotchi korxonalar masʼullari, isteʼmolchilar hamda taʼminotchi tadbirkorlar ishtirok etdilar. Yarmarka jarayonida mutaxassislar tomonidan energotejamkor uskunalarning afzalligi, bu uskunalarni xonadonlarga ham oʻrnatish, “yashil energiya” manbalarini hayotga keng joriy qilish, ulardan foydalanish qoidalari, ekologik samaradorligi toʻgʻrisida keng tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shu kuni Amudaryo tuman Prokuraturasi, Departament, IIB, Energoinspektsiya va kommunal tashkilotlar muhandislari hamkorligida nazorat tadbirlari ham amalga oshirilib, aniqlangan xato-kamchiliklar tanqidiy va tahliliy muhokama etildi. Nazorat tadbirlari jarayonida aniqlangan elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari, shuningdek, debitor qarzdorliklar boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, shtab yigʻilishida muhokama qilindi va mavjud muammolarni bartaraf etishga doir choralar koʻrildi.

Nazorat guruhi aʼzolari rejaviy-tadbirga muvofiq 18-19-iyun kunlari Amudaryo tuman Elektr taʼminoti korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Oʻrganishlar davomida kuz-qish mavsumi davomida favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tuman hududidagi elektr energiyasi uzatish tarmoqlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borilib, kam quvvatli podstantsiyalari yuqori kuchlanishli transformatorlarga almashtirilgani, natijada tumanning bir qancha hududlarida isteʼmolchilargi uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha mavjud kamchiliklar bartaraf etilgani maʼlum boʻldi.

Xususan, joriy yilda korxona muhandislari tomonidan 58 dona transformator punktlarida, 170,2 km uzunlikdagi havo elektr tarmogʻida mukammal taʼmirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 27 dona transformator punktlarida va 86,2 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida mukammal tamirlash ishlari hamda 259,3 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida esa joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning isteʼmolchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan Qaror va koʻrsatmalariga muvofiq Amudaryo tumanida tanlab olingan eng ogʻir 7 ta – Bobur nomli, Amir Temur nomli, Qangli, Boʻz yop, Kuyuk koʻpir, Oq oltin ovullari va Uyshin mahallalarida 42 km havo elektr tarmogʻini tortish va 1455 dona temir-beton ustunlari, 13 dona transformator punktlarini oʻrnatish rejalashtirilgan. Ayni paytga kelib, Bobur nomli ovulda 1 dona transformator punkti, 1,9 km uzunlikdagi zamonaviy SIP kabelli 37 dona temir-beton tayanch ustunlari, Amir Temur nomli ovulda 2,9 km uzunlikda zamonaviy SIP kabeli tortilib, 270 dona temir-beton tayanch ustunlari, Boʻz yop ovulida esa 1 dona transformator punkti, 36 dona temir-beton tayanch ustunlari oʻrnatildi. Shuningdek, Uyshin mahallasi va Qangli ovulining har biriga 1 donadan transformator punktlari yangidan qoʻshimcha oʻrnatildi.

Ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan yuqori kuchlanishli Qilichboy podstantsiyasidagi kuch transformatori quvvati kattaroq boʻlgan kuch transformatoriga almashtirilib, isteʼmolchilarga yilning toʻrt faslida ham uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish taʼminlandi va bu boradagi muammolar toʻliq bartaraf etildi.

Nazorat tadbirlari davomida Qipchoq ovulidagi un ishlab chiqarish zavodiga oʻrnatilgan quyosh panellari va uning korxona iqtisodiyotidagi afzalliklari ham batafsil oʻrganildi. Korxonaga quyosh paneli oʻrnatilgach, ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlarining tannarxi sezilarli darajada pasaygan, iqtisodiy samaradorlik va ishchilarning moddiy manfaatdorligi oshgan. Shuningdek, quyosh paneli oʻrnatish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishayotgan hududdagi “Amat Toʻrayev” fermer xoʻjaligi faoliyati ham alohida eʼtirof etildi.

Uch kun davom etgan nazorat tadbirlari davomida “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” gaz taʼminoti filiali “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi faoliyati ham nazorat guruhi tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Unga koʻra, ayni paytda “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 40 ming 797 nafar isteʼmolchilarga, shundan 15 ming 63ta xonadonga va ta 284 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz, 25 ming 450 ta aholi xonadonlariga esa suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

Bugungi kunda foydalanishda salkam 500 km gaz tarmoqlari boʻlib, shundan 35,1 km qismi yuqori bosimli, 152,9 km oʻrta bosimli va 311,6 km qismi past bosimli gaz tarmoqlaridir. Gaz quvurlarining 27,9 km qismi yer ostida va 471,7 km qismi yer ustida joylashgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida yer osti va yer usti gaz quvurlari toʻliq ravishda chilangarlar tomonidan koʻzdan kechirilib, gaz sizib chiqish holatlari aniqlangach, mavjud salbiy holatlar payvandlash yoʻli bilan bartaraf qilingan. Foydalanishdagi jami 175 ta gaz taqsimlash punktlari va gaz tarqatish tarmoqlari belgilangan bosimlarga chidamlilik boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkazilgan.

Tumandagi Arna boʻyi, Boʻston, Oybek nomli mahallalar va Toshyop ovuli hududidagi tabiiy gaz tarmoqlarini tartibga keltirish hamda boʻyash ishlari sifatli olib borilgan. Shuningdek, bir qator mahallalar hududlaridagi tabiiy gaz quvurlari hamda gaz taqsimlash punktlarini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Nazarxon ovuli va Beshtom mahallasiga 2 tadan, Beruniy nomli mahallaga bitta oʻrta bosimli gaz taqsimlash punktlari yangidan oʻrnatilib, isteʼmolchilarga qulaylik yaratildi.

Tuman boʻyicha 2025-yilning oʻtgan davrida 1993 ta xonadonga energiya tejamkor gorelkalar oʻrnatilgan. Koʻp qavatli uylarga ikki konturli isitish qozonlarini oʻrnatish, xonadonlardagi elektron gaz hisoblash uskunalarining quvvat batareyalarini oʻz vaqtida almashtirish orqali gaz sarfi miqdorini toʻliq hisoblash ishlari alohida nazoratga olingan.

Aholi isteʼmolchilaridan 96 holatda debitor qarzdorlik mavjudligi aniqlanib, sudga daʼvo arizasi kiritish orqali ushbu mablagʻni undirish, tabiiy gazdan foydalanish boʻyicha 46 ta holatda qoida buzish holatlari aniqlanib, yetkazilgan zararni toʻliq undirib olish choralari koʻrildi.

2025-yilning birinchi yarmida aholiga rejadagi 1 ming 815 tonna oʻrniga 1 ming 783 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgani aniqlanib, bu boʻyicha tegishli choralar koʻrilgan.

Nazorat guruhi aʼzolari Tosh yop ovuli hududida amalga oshirilayotgan tabiiy gaz tarmoqlarini estetik jihatdan tartibga keltirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, “Parkent tajribasi” asosida Arna boʻyi mahallasida tabiiy gaz tarmoqlarini yer ustiga koʻchirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, Toʻlqin ovuli, Bosuv va Doʻstlik mahallalari hududlarida tabiiy gaz tarmoqlarini 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga oʻtkazish jarayonini jadallashtirish, suyultirilgan gaz ballonlarini toʻldirish va isteʼmolchilarga yetkazib berish, dispetcherlik xizmati faoliyati bilan bogʻliq muammo va kamchiliklar ham oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar belgilandi.

Ayni paytda Amudaryo tuman Prokuraturasi tomonidan energoresurslarni tejash, ulardan oqilona foydalanishni targʻib qilish borasidagi amaliy tadbirlar davom etmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026