Amudaryo tumanida ğalla örim-yiğimi boşlandi
Amudaryo tumanida 2025-yilgi ğalla örim-yiğimi mavsumi boşlangani munosabati bilan “Taxiatoş don” aktsiyadorlik jamiyatiga qaraşli ğalla qabul qiliş maskanida qişloq xöjaligi sohasi vakillari iştirokida maxsus seminar taşkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklari rahbarlari, agronomlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.
Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, bu yilgi ğalla mavsumi uçun yaratilgan şart-şaroitlar, hosildorlik darajasi va rejalaştirilgan natijalar xususida batafsil töxtalib ötdi. U öz nutqida qişloq xöjaligi tarmoğida samaradorlikni oşiriş, ğalla yetiştiruvçilarga amaliy yordam körsatiş va hosilni qisqa muddatlarda, sifatli yiğib oliş muhimligini taʼkidladi.
Aytiş joizki, ğalla xalqimiz dasturxonining tökinligi, yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosi hisoblanadi. Şu bois, har bir dehqon buğdoy maydoniga uruğ qadagan lahzadan boşlab, u hosil bölib, omborga topşirilgunça barça agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli bajarişga intiladi.
Hosildorlik, eng avvalo, yer tanlaş va uni töğri tayyorlaşdan boşlanadi. Tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi, namlik darajasi va unumdorligi aniqlanib, unga mos ğalla navlarini ekiş muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, yerga organik va mineral öğitlar meʼyorida berilişi, yerni şudgorlaş va lazer usulida tekislaş agrotexnik jihatdan asosiy bosqiçlardandir.
Joriy yilgi mavsumda tumanimizda 270 ta fermer xöjaliklari tomonidan 4800 gektar ekin maydoniga ğalla ekilgan. Fermer xöjaliklari tomonidan yetiştiriladigan ğalla hosilining 11 ming 130 tonnasi kontraktatsiya şartnomasiga asosan qabul maskanlariga topşirilişi közda tutilgan. “Taxiatoş don” AJ ğalla qabul qiliş maskanida birinçi kunda jami 27 tonna don qabul qilingan bölib, “Temurbek-Bilolbek” fermer xöjaligi dastlabki ğalla topşirgan xöjalik sifatida qayd etildi. Mazkur fermer xöjaligi 6 tonna ğalla hosili topşirib, peşqadamlar qatoridan joy oldi.
Seminarda söz olgan soha mutaxassislari ğalla yetiştirişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş eng muhim omillardan ekanligini alohida taʼkidladilar. Amudaryolik ğallakorlar sifatli va sertifikatlangan uruğ tanlaş, uruğni ekişdan oldin zararkunandalarga qarşi işlov beriş, optimal muddatda ekiş, öğitlaş tizimini töğri rejalaştiriş, begona ötlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarşi kuraşiş, suğoriş va namlikni tejovçi texnologiyalarni qöllaş borasida mavsum davomida samarali faoliyat olib borganliklari bois bugun dalalarda möl hosil töplangani eʼtirof etildi.
Bugungi kunda tumanimizdagi köplab ilğor fermer xöjaliklari har gektardan 60-70 tsentner, baʼzilari esa undan ham yuqori körsatkiçlarda hosildorlikka erişmoqdalar. Bunga fermerlarning mehnatsevarligi, zamonaviy texnikalardan foydalaniş, tajribali agronomlar tavsiyalariga amal qiliş va yaratilayotgan keng kölamli imkoniyatlardan samarali foydalaniş asos bölmoqda.
Seminar davomida ğalla qabul qilişning texnologik jarayonlari, laboratoriya sinovlari va saqlaş şartlari böyiça amaliy körgazmalar taşkil etildi. Mutaxassislar hosilni yetkazib beriş va qabul qilişda fermerlarga qulaylik yaratiş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar bilan iştirokçilarni taniştirdi.
Tadbir yakunida iştirokçilar mavsum davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan özaro fikr almaşdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶