Har kuni bir yangilik
Bugungi globallaşuv davri deya atalayotgan zamonda hayotimizni axborotsiz tasavvur etib bölmaydi. Çunki bugun jamiyatimizdagi har bir fuqaro axborotga ehtiyoj sezadi, u orqali tafakkurida maʼlum bir özgarişlarni his etadi. Bu borada ommaviy axborot vositalarining örni juda katta.
Tumanimiz aholisiga tezkor, xolis va işonçli axborot yetkazişda 3 ta ommaviy axborot vositalari – «Taraqqiyot közgusi» gazetasi, Amudaryo televideniyesi va www.amunews.uz veb-sayti faoliyat körsatmoqda. Ularning voqea va hodisalarni yoritişdagi tezkorligini oşiriş va aholiga yetkazilayotgan axborot hajmini köpaytiriş maqsadida «Taraqqiyot közgusi» gazetasi tahririyati jamoasi tomonidan yangi loyiha işlab çiqildi. «Har kuni - bir yangilik» tamoyiliga köra, endilikda tahririyat ijodiy jamoasining har bir xodimi har kuni bittadan tegişli sohalarda sodir bölayotgan voqea va xodisalarni, yangilik va özgarişlarni özida mujassam qilgan informatsiya töplab boradi. Yangiliklar va informatsiyalar www.amunews.uz veb-saytida eʼlon qilinadi, şuningdek, «amunews» xabarlari» rukni ostida «Taraqqiyot közgusi» gazetasida sahifalarida çop qilinadi va Amudaryo televideniyesining «Zamin» informatsion dasturi orqali efirga beriladi.
Gazeta tahririyatidan yana bir yangilik: endilikda gazetaning elektron körinişini asl holiça Internet orqali öqişingiz mumkin. Gazetaning eng oxirgi soni bosmadan çiqişidan avval asl körinişida PDF formatida www.amunews.uz veb-saytining «Taraqqiyot közgusi» gazetasi» sahifasiga joylaştirib boriladi.
Demak, endilikda gazetamiz muştariylari dunyo böylab nafaqat uning elektron şaklini öqişi, balki dizayni va sahifalanişiga ham baho berişlari mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶