“Soğlomlaştiriş oyligi” tadbiri doirasida aholiga tibbiy xizmatlar yanada yaqinlaşmoqda
Soğlom millat — taraqqiyot kafolati, degan haqiqat bugun har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, aholining salomatligini asraş, profilaktika işlarini kuçaytiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va malakali davolaş xizmatini joylarda taşkil etiş — bugungi islohotlarning ustuvor yönalişidir. Çunki soğlom xalq — barqaror taraqqiyotning poydevoridir.
Şu maqsadda, Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan mamlakatimiz böylab “Soğlomlaştiriş oyligi” ötkazilayotgani sohadagi islohotlarning yana bir amaliy tasdiğidir. Uşbu tadbir doirasida tibbiy xizmatni har bir xonadonga yaqinlaştiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va ularni öz vaqtida davolaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda jahonda keçayotgan global özgarişlar va yangi xavf-xatarlar fonida har bir davlat öz salohiyatini soğlom inson kapitali orqali mustahkamlamoqda. Şu bois, Özbekistonda soğliqni saqlaş tizimini zamon talablari asosida takomillaştiriş, tibbiy xizmat sifatini jahon standartlariga moslaştirişga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu borada joylarda ötkazilayotgan profilaktik tadbirlarning örni alohida.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi hamkorligida tumanda “Soğlomlaştiriş oyligi” samarali taşkil etildi. Ayniqsa, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini tibbiy köriklar bilan qamrab olişga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir doirasida terapevt, pediatr, nevropatolog, kardiolog, oftalmolog, urolog, akuşer-ginekolog va onkolog kabi sohaning malakali mutaxassislari iştirokida keng qamrovli tibbiy köriklar ötkazildi. Şuningdek, UTT, rentgen, EKG va qon tahlillari kabi laboratoriya tekşiruvlari amalga oşirildi. Yaqinda taşkil etilgan tadbirda 268 nafar fuqaro tibbiy körikdan ötkazilib, şundan 265 nafari ambulator, 3 nafari esa statsionar davolanişga yönaltirildi.
Alohida taʼkidlaş joizki, köriklar davomida aniqlangan kasalliklar orasida yurak-qon tomir, qandli diabet va nevrologik xastaliklar ustunlik qildi. Bu aholi orasida uşbu kasalliklar profilaktikasiga yanada katta eʼtibor qaratiş zarurligini körsatmoqda. Ayniqsa, yoşlar va mehnatga layoqatli aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy faollikni oşiriş kabi çora-tadbirlar kun tartibiga çiqmoqda.
Köriklar natijasida aniqlangan xastaliklar “D” hisobga olinib, zarur muolajalar belgilandi va bemorlar muntazam nazoratga olindi. Bu esa fuqarolarning soğliğini erta bosqiçda tiklaş imkonini yaratdi.
Tadbir doirasida aholi örtasida soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş, jismoniy faollik va zararli odatlarning salomatlikka salbiy taʼsiri haqida keng qamrovli tarğibot-taşviqot işlari olib borildi. Bu yuzasidan buklet va esdalik materiallari tarqatildi. Natijada köpçilikda öz salomatligiga masʼuliyatli yondaşuv şakllana boşladi. Ayniqsa, ayollar va keksalar örtasida ötkazilgan skrining köriklari orqali erta aniqlangan kasalliklarni davolaş imkoniyati yaratildi.
Taʼkidlaş joizki, “Soğlomlaştiriş oyligi” kabi tadbirlar nafaqat aholi salomatligini mustahkamlaş, balki jamiyatda tibbiy madaniyatni oşiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va samarali davolaşga xizmat qilmoqda. Bunday taşabbuslarning doimiy asosda taşkil etilişi har bir fuqaroning hayot sifatini oşirişga, mamlakat taraqqiyoti va inson kapitalining yuksalişiga zamin yaratadi. Çunki soğlom va barkamol insonlargina yurt ravnaqiga munosib hissa qöşa oladi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶