Profilaktik emlaş – inson salomatligining kafolati
Yuqumli kasalliklar faqat yakka inson emas, balki butun jamiyat salomatligi uçun jiddiy tahdid soladi. Ayniqsa, bolalarda bu kabi kasalliklar oğir keçib, nogironlik yoki ölim holatlarigaça sabab bölişi mumkin. Zamonaviy tibbiyotda yuqumli kasalliklarning oldini olişning eng samarali yöli – bu profilaktik emlaş hisoblanadi. Emlaş tufayli inson organizmida muayyan kasallikka qarşi immunitet şakllanib, uşbu xastalikning oldi olinadi.
“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonunning 33-moddasiga köra, Profilaktik emlaşlarning milliy taqvimiga muvofiq, şuningdek epidemik körsatkiçlar taqazosiga köra profilaktik emlaşlar ötkaziladi. Amudaryo tumanida ham har yili 13 turdagi boşqariladigan yuqumli kasalliklarga qarşi profilaktik emlaş işlari olib borilmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimizda immunoprofilaktika işlarining samarali taşkil etilgani, vaktsinatsiyaning keng qöllanilayotgani natijasida köplab yuqumli kasalliklar keskin kamaydi. Bu esa aholi salomatligini muhofaza qilişda muhim yutuqlardan biri hisoblanadi.
Dunyoda sönggi yillarda qizamiq kasalligining tarqalişi qayta kuzatilmoqda. Jumladan, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2025-yil mart oyidagi maʼlumotiga köra, Yevropa davlatlarida sönggi 25-yil içida 2024-yilda eng köp – 127 ming 350 ta holat qayd etilgan. Bu 2023-yilga nisbatan 2-marta köp. Afsuski, uşbu kasallik 38 ming nafar bemorning hayotiga zomin bölgan. Bunday holatlardan kelib çiqib aytiş mumkinki, emlaş körsatkiçlari yetarli darajada bölmasa, qizamiqning oldini oliş deyarli imkonsiz.
Amudaryo tumanida ham yuqumli kasalliklarning oldini oliş borasida samarali işlar amalga oşirilmoqda. Tuman Tibbiyot birlaşmasi tasarrufidagi tuğruq bölimi, köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy şifokorlik punktlari va boşqa tibbiyot muassasalari qoşida jami 17 ta emlaş punktlari faoliyat yuritmoqda. Uşbu punktlarda 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarşi profilaktik emlaş işlari olib borilmoqda.
2024-yil davomida tumanda 4 ming 341 nafar çaqaloq tuğilgan bölib, ulardan 4 ming 314 nafari virusli gepatit V, 4 ming 300 nafari esa tuberkulyozga qarşi vaktsina bilan emlangan. Bu körsatkiçlar orqali kasalliklarning tarqalişining oldi olinmoqda.
Qizamiq kasalligining oldini oliş maqsadida ham amaliy çoralar körilmoqda. Jumladan, 2024-yilda tumanda tibbiy sababsiz emlanmagan, yoki faqat bir marta emlangan va 6 oylikdan 30 yoşgaça bölgan fuqarolardan 14 ming 741 nafari, 2025-yilning birinçi çoragida esa 2 ming 403 nafari emlangan. Bu işlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Uşbu saʼy-harakatlar natijasida 2025-yilda tumanda qizamiq kasalligi qayd etilmadi.
Yuqumli kasalliklarni davolaşdan köra uning oldini oliş ança samarali va xavfsizdir. Şu bois davlatimiz tomonidan bolalarni kasalliklarga qarşi emlaşga katta eʼtibor qaratilmoqda. Vaktsinalar katta mablağlar evaziga olib kelinayotgan ekan, ota-onalar ham öz farzandlarining emlanişini öz vaqtida taʼminlaşlari lozim. Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz salomatligiga befarq bölmang, vaqtida emlating va kelajak avlodning soğlom bölişiga hissa qöşing!
Janaxmet Sabirov, Amudaryo tumani SEO va JSB epidemiolog-immunologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶