Sportning voleybol turi böyiça ayollar örtasida musobaqa ötkazildi
Bahor nafasi bilan kirib keladigan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni yurtimizda katta şodiyonalar bilan nişonlanadi. Bu kun ayollarga bölgan hurmat va eʼtibor yana bir bor namoyon bölib, ularning jamiyatdagi beqiyos örni eʼtirof etiladi. Özbekistonda xotin-qizlar turli sohalarda faoliyat yuritib, nafaqat ilm-fan, balki sportda ham öz salohiyatini namoyon etmoqda. Ayniqsa, taʼlim sohasida işlayotgan ayol pedagoglar jismoniy faollik va salomatlikka eʼtibor qaratiş barobarida, sportda ham faol iştirok etmoqdalar.
Bayram arafasida Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabida taʼlim sohasi vakillari örtasida sportning voleybol turi böyiça musobaqa ötkazildi. Mazkur musobaqa pedagoglar örtasida jamoaviy hamjihatlikni kuçaytiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va ularning sportga bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida taşkil qilindi.
Musobaqada tumanning yetakçi umumtaʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan ayol pedagoglardan iborat jamoalar iştirok etdi. Bellaşuvlar ança keskin va murosasiz ruhda ötdi. Har bir jamoa ğalabaga bölgan iştiyoqini namoyon etib, özining kuçli texnikasi, aniq zarba va çiroyli kombinatsiyalari bilan sport ixlosmandlarini xuşnud etdi.
Musobaqaning dastlabki bosqiçida jamoalar özaro bahs olib borib, kuçlilar saralab olindi. Final bosqiçiga yetib kelgan jamoalarning öyini esa yanada murosasiz keçdi. Iştirokçilar maydonda kuçli hujumlar taşkil etiş va himoyada işonçli öynaş orqali raqiblariga qarşi kuraş olib bordilar.
Ayniqsa, 28-sonli va 7-sonli umumtaʼlim maktablari jamoalari örtasidagi final bahsi tomoşabopligi va şiddati bilan ajralib turdi. Ikkala jamoa ham ğalaba uçun oxirigaça kuraş olib bordi, ammo 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi özining kuçli taktik öyini va jamoaviy hamjihatligi bilan ğoliblikni qölga kiritdi.
Qizğin keçgan bahslar natijasida 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi 1-örinni egalladi. 2-örin 7-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasiga nasib etdi. 3-öringa esa 12-sonli va 11-sonli umumtaʼlim maktablari jamoalari munosib körildi.
Bellaşuvlar yakunida ğolib va sovrindor jamoalar Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlaş marosimida taʼlim sohasidagi ayollarning sportga bölgan qiziqişi va faolligi yuqori baholandi. Taşkilotçilar bu kabi musobaqalarning ahamiyatini qayd etib, kelgusida bunday tadbirlar doimiy ravişda ötkazilişini maʼlum qildi.
Voleybol sport turi jamoaviylik va özaro tuşunişni talab qiladigan öyindir. Bu sport insonda jismoniy çiniqişni taʼminlab, tezkorlik, iroda va strategiya yuritiş qobiliyatini rivojlantiradi. Mazkur musobaqa ham pedagoglar örtasidagi döstona muhitni yanada mustahkamlaş, ularni soğlom turmuş tarziga kengroq jalb etişga xizmat qildi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶