Tafakkur va kasbiy tajriba uyğunligi: tuman Tibbiyot birlaşmasi xodimlari örtasida şaxmat musobaqalari ötkazildi
Şaxmat – aql va strategik tafakkurni rivojlantiruvçi eng gözal sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu öyin nafaqat bolalar va yoşlar, balki kattalar, turli kasb egalari uçun ham foydalidir. Ayniqsa, şifokorlar uçun şaxmat eʼtibor, xotira va tahliliy fikrlaş qobiliyatlarini şakllantiruvçi muhim vosita sanaladi. Şu sababli, yaqinda Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi boş şifokori kubogi uçun tibbiyot xodimlari örtasida şaxmat böyiça musobaqalar taşkil etildi.
Tadbirda Jöqorği Kenges raisining şaxmat sporti böyiça maslahatçisi Muftulla Qutibayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi şaxmat federatsiyasi ijroçi direktori Ziyadulla Abipov, FIDE arbitri Rustam Davlatov va tibbiyot xodimlari iştirok etişdi. Musobaqani tuman sport maktabi şaxmat murabbiyi Zafar Qurbonov boşqarib bordi.
Tadbir davomida Rustam Davlatov va Muftulla Qutibayevlar sözga çiqib, mamlakatimizda şaxmat sportiga qaratilayotgan eʼtibor, sportçilar uçun yaratilayotgan zamonaviy şaroitlar hamda yurtimiz şaxmatçilarining xalqaro maydondagi yutuqlari haqida söz yuritdi. Ayniqsa, amudaryolik yoş şaxmatçi Şohjahon Mamatsoliyevning muvaffaqiyatlari alohida eʼtirof etildi. U joriy yil yanvar oyida maktab öquvçilari örtasida ötkazilgan Özbekiston çempionatida 15 yoş toifasida blits yönalişida ğoliblikni qölga kiritib, sport ustaligiga nomzod körsatkiçini bajargan edi. Bundan taşqari, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Jahongir Erimbetov 2024-yilda şaxmat böyiça tibbiyot xodimlari örtasida ötkazilgan musobaqada mamlakat miqyosida 2-örinni egallagan edi.
Bugungi kunda şaxmat sportini ommalaştiriş böyiça mahallalar va taʼlim muassasalarida, şuningdek, turli taşkilotlarda ham keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Şaxmat insonning aqliy va psixologik holatini mustahkamlovçi samarali maşğulot hisoblanadi. Ayniqsa, şifokorlar doimiy ravişda katta hajmdagi tibbiy maʼlumotlarni yodda saqlaşi, murakkab vaziyatlarni tahlil qilişi va aniq taşxis qöyişi talab etiladi. Şaxmat esa xotirani mustahkamlab, tahliliy fikrlaşni rivojlantiradi.
Şaxmat öyinida har bir yuriş oldindan puxta rejalaştirilişi zarur bölgani kabi, tibbiy muolaja va jarrohlik amaliyotlarida ham diqqat-eʼtibor va muvofiqlaştiriş muhim ahamiyatga ega. Şifokorlar muvaffaqiyatga erişiş uçun bemorlar va hamkasblar bilan samarali muloqot örnatişi, muammolarni sabr bilan hal qilişi lozim. Tibbiyot sohasidagi mutaxassislarning şaxmat bilan şuğullanişi ularning şaxsiy rivoji va kasbiy samaradorligiga ham ijobiy taʼsir körsatadi.
Şaxmat tibbiyot xodimlari uçun hordiq çiqariş vositasi, şu bilan birga, kasbiy mahorat va aqliy salohiyatni oşirişga xizmat qiluvçi samarali sport turi hamdir.
21-fevral kuni tuman Tibbiyot birlaşmasi boş şifokori Faxriddin Abdullayev iştirokida musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan xodimlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tadbirda soha masʼullari, bölim şifokorlari va boşqa işçi xodimlar qatnaşdi. Boş şifokor Faxriddin Abdullayev musobaqa yuqori saviyada ötkazilganligi uçun taşkilotçilar va barça iştirokçilarga minnatdorçilik bildirib, şaxmatning tibbiyot xodimlari faoliyatidagi ahamiyatini taʼkidladi.
Şundan söng, tuman Tibbiyot birlaşmasi sport tarğibotçisi Ibodulla Nurimbetov musobaqaning yakuniy natijalarini eʼlon qildi. Faxrli örinlarni egallagan iştirokçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi şaxmat federatsiyasi va tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan kubok, medal va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶