Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari bilimlarini oşirişga bağişlangan öquv-seminari ötkazildi
Yangi Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar bugun özining ijobiy natijalarini bermoqda. Buni deyarli barça sohalar misolida köriş mumkin. Bilamizki, xalq bilan muloqot qiliş, xalqning içiga kirib borgan holda insonlarni qiynab kelayotgan muammolarga yeçim topiş, aholini rozi qiliş keçiktirib bölmas, muhim masaladir. Bunda davlat va xalq örtasida işonçli köprik bölib kelayotgan deputatlarning örni alohida.
Xabaringiz bor, mamlakatimizda 2024-yil 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, şahar va tuman kengaşlariga deputatlar saylovi bölib ötdi. Saylovda har bir fuqaro özining yorqin kelajagi yölida, orzu-umidlari röyobi uçun ovoz berdi. Albatta, yangi saylangan xalq vakilida deputatlik faoliyati, uning huquq va majburiyatlari, vazifalar nimalardan iborat ekanligi böyiça bir qança savollar tuğilişi yoki takliflar bölişi mumkin. Bunda deputatlarning bilimini oşirişga qaratilgan öquv seminarlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 2025-yil 13-yanvar kungi xatiga asosan, Amudaryo tumani hokimligi binosining majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari bilimlarini oşirişga bağişlangan öquv seminari bölib ötdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömitasi raisi, deputat Şarapat Otemisov, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 5ta siyosiy partiyalarning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşlari masʼullari, şuningdek, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari, tuman siyosiy partiyalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Seminarni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi kotibiyati mudiri Mansur Örazboyev oçdi va olib bordi.
Öquv-seminari davomida deputatlarga odob-axloq qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, huquqni qöllaş amaliyoti, şuningdek, deputat sörovi, senatorlar va deputatlarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorligi, xalq murojaatlarini inobatga oliş, aholi muammolariga yeçim topiş kabi köplab masalalar yuzasidan tuşunçalar berildi.
Şuningdek, deputatlar özlarining iş rejalarini, media rejalarini tuzişi, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borişi, qabul qilinayotgan Davlat dasturlarining öz okrugidagi ijrosini nazorat qilişi hamda 2026-yilgi Respublika va mahalliy byudjetlarga takliflar kiritişi böyiça bir qator topşiriqlar berildi. Deputatlar seminar davomida masʼullarga özlarini qiziqtirgan masalalar böyiça savollar bilan murojaat qilib, tegişliça javoblar oldilar.
Albatta, ötkazilayotgan bu kabi öquv seminarlari deputatlarning öz faoliyatlarida qöl kelib, ularning bilimi va salohiyatini yanada oşirişi bilan ahamiyatlidir.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶