Özbekiston Ekologiya partiyasi taşkil topganiga 6-yil töldi
Bundan 6-yil muqaddam - 2019-yil 8-yanvar kuni mamlakatimiz siyosiy maydoniga Özbekiston Ekologik partiyasi yangi siyosiy kuç sifatida kirib kelgan edi.
Taşkil etilganiga endigina 6-yil bölgan partiyamiz ona tabiatni muhofaza qiliş, aholining ekologik madaniyatini oşiriş, kelajak avlodga yaxşi tabiiy şaroit qoldiriş yölida keng kölamli işlar amalga oşirdi, muhim siyosiy jarayonlarda faol iştirok etdi. Bir söz bilan aytganda, katta siyosiy maydonda öz örniga ega böldi.
Heç kimga sir emas, bugun dunyoda röy berayotgan ekologik hodisalar nihoyatda katta kölam va miqyos kasb etmoqda. Ana şunday şaroitda mamlakatimizdagi ekologik holatni yaxşilaş, yaşil hududlarni kengaytiriş, yaşil iqtisodiyotga ötişni jadallaştiriş orqali kelajak avlodga yaxşi tabiiy muhit qoldiriş maqsadida partiyamiz öz ğoya va taşabbuslarini ilgari surmoqda.
Bu borada bir qança yutuqlarga erişdik, desak, mubolağa bölmaydi. Partiyamizning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraktsiyasi taşabbusi bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilişga oid bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Hududlardagi deputatlik guruhlari hamda ekofaollarimiz tomonidan olib borilgan tarğibotlar natijasida aholining ona tabiatga bölgan munosabati özgarmoqda.
Hozirgi kunda tumanimizda partiyamiz aʼzolari soni 2600 nafardan oşdi. Bu esa fuqarolarimiz ekologik holatni töğri anglagan holda Özbekiston Ekologik partiyasining ğoya va maqsadlarini qöllab-quvvatlayotganini körsatadi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan 2025-yilning “Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilinişi ekologiyaning bugungi kunda qay darajada ahamiyatli ekanini körsatib turibdi.
Oldimizda ekologik barqarorlikka erişiş, yurtimizni yaşil makonga aylantirişdek ulkan maqsadlar turibdi. Ana şu yölda barçangizga kuç-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Saʼdulla Sadikov, partiyaning tuman Kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶