Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 4-sessiyasi töğrisida axborot
2024-yil 27-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi – törtinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada deputatlar, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani Kengaş raisining örinbosari Madamin Kazakov oçdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga 4-Beruniy saylov okrugidan deputat Sayyora Jumamuratova saylandi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala – Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambağallikdan – farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanida eng oğir mahallarni tanlab oliş va ularda amalga oşiriladigan işlar” yuzasidan tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi.
Hisobotda Prezident qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanda eng oğir ahvoldagi 7 ta – Zahiriddin Muhammad Bobur, Amir Temur, Qangli, Bözyop, Kuyuk köpir, Oq oltin ovul fuqarolar yiğinlari hamda Uyşin mahalla fuqarolar yiğinlari tanlab olingani qayd etildi. Uşbu mahallalarda tomorqa yerlarini suğorişni yaxşilaş yoki ularga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilişini taʼminlaş, internet sifatini oşiriş, içki yöllarni taʼmirlaş va boşqa infratuzilmani yaxşilaş maqsadlarini amalga oşiriş uçun jami 20 mlrd 650 mln. söm mablağ ajratilişi rejalaştirilgani xususida söz yuritildi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimligi boş mutaxassisi Jaxongir Haydarov hisobot berib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillaçilik soxasida kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş hamda pilla yetiştiriş uçun ozuqa bazasini yanada kengaytirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanda amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda tumandagi zaxira yer maydonlari hisobidan 12,2 gektar konturlarni oçiq elektron tanlovga qöyiş taklifi kiritilib, bu böyiça Kengaşning tegişli qarori qabul qilindi.
Kun tartibidagi navbatdagi – “Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda aniqlaş hamda “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali bartaraf etiş töğrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova hisobot berdi.
Gözal Saburova öz hisobotida tumanda xotin-qizlarning hayot va turmuş şaroitidagi muammolarini aniqlaş, yakka tartibda işlaş orqali ularning hayot tarzini yaxşilaş hamda ijtimoiy faolligini oşiriş, şuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qiliş borasida amalga oşirilgan keng kölamli işlar xususida söz yuritdi.
Şuningdek, 2025-yil uçun Amudaryo tumani mahalliy byudjetining asosiy prognoz körsatkiçlari töğrisidagi masala ham mhokama qilinib, uşbu masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği Javlonbek Jumamurodov hamda tuman Soliq inspektsiyasi boşliği Jahongir Rahimovlar hisobot berdi.
Hisobotlarda 2025-yil uçun Amudaryo tumani mahalliy byudjetning xarajatlari 133 mlrd 942 mln 669 ming söm miqdorida prognoz qilinayotgani, uşbu xarajatlarni qoplaş uçun esa mahalliy byudjet daromadlari va yuqori byudjetlardan ajratiladigan mablağlar yönaltirilişi qayd qilindi.
Sessiya söngida Özbekiston Respublikasi Boş Prokuroturasining 2024-yil 25-noyabrdagi “Sektorlarga biriktirilgan hududlar taqsimotini qayta körib çiqiş” töğrisidagi xatiga asosan tumandagi sektorlardagi işlar samaradorligini yanada oşiriş masalasi muhokama qilindi hamda Amudaryo tumanidagi şaharça, ovul va mahallalar 4ta sektorga qayta taqsimlandi.
Sessiya majlisida kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi, atrofliça muhokama qilindi va tegişli qarorlar qabul qilindi. Şuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 4-sessiyasini öz işini yakunladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶