Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining uçinçi sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 12-dekabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi 3-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi örinbosarlari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari va OAV vakillari iştirok etdilar. Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi Raisi, tuman hokimi Sobir Xöjametov oçdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “2-Boyovul” saylov okrugidan deputat Xonimjon Rajabovani saylaş töğrisidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Kun tartibidagi “Suv resurslarini samarali boşqariş, suvni yöqotiş miqdorini kamaytiriş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş töğrisida”gi masala yuzasidan Amudaryo tumani “Suv yetkazib beriş xizmati” davlat muassasasi boşliği Şukurullo Yusupov hisobot berdi.
Hisobotda Özbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 7-noyabr kuni qişloq xöjaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va yöqotişlarni kamaytiriş çora-tadbirlari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişida suğoriş tarmoqlarini betonlaştiriş böyiça belgilab berilgan topşiriqlarni ijro qiliş borasida tumanda amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi.
Xususan, tumanda jami 296,65 km uzunlikda xöjaliklararo kanallar, 1342 km içki xöjalik kanallari mavjud bölib, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, kanallarda suv yöqolişini kamaytiriş maqsadida 2024-2025-yil kuz-qiş davrida jami 190 km, şundan 40 km xöjaliklararo kanallarni betonlaş hamda fermer va klasterlarning 150 km içki kanallarini betonlaş rejalaştirilgan.
Şuningdek, 2025-yilda tumanda 48,1 km xöjaliklararo kanallarni tozalaş hamda 335,5 km içki kanallarni tozalaş közda tutilgan. 2025-yil hosili uçun jami 2010 gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş böyiça samarali işlar rejalaştirilgan bölib, şundan 550 gektar maydonda tomçilatib suğoriş, 200 gektar maydonda yomğirlatib suğoriş, 60 gektar maydonda diskretli suğoriş texnologiyalarini joriy qiliş, 960 ga maydonga egiluvçan quvurlar orqali, 240 ga maydonga egatga plyonka töşab suğoriş orqali suvni resurslarini tejaş közda tutilmoqda.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – “Fermer xöjaliklari ekin maydonlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş, ularning ekin yer maydonlarini maqbullaştirişda huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini taʼminlaş töğrisida”gi masala yuzasidan tuman Qişloq xöjaligi bölimi boşliği Qudrat Abduxalikov hisobot berdi.
Hisobotda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-apreldagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida suv tanqisligi şaroitida qişloq xöjaligi sohasini samarali rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş borasida tumanda amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atrofliça muhokama qilindi, deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda tegişli qarorlar qabul qilindi. Şuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining uçinçi sessiyasi öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶