Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovçi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning şon-şarafi, tarixiy xotirasi va intilişlarini özida mujassam etib, tinç va osoyişta, ozod va erkin hayotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimizning ifodasidir. Davlat ramzlari qabul qilingan kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nişonlanadi.
18-noyabr – Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida bayram tadbiri bölib ötdi. Tadbirda tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodirbek Kamolov sözga çiqib, bayroğimiz mustaqillik, ozodlik, tinçlik va barqarorlik timsoli ekanligini taʼkidladi hamda barçani bayram bilan samimiy tabrikladi.
Nodirbek Kamolov öz sözida bayroğimiz xalqimizning asriy orzu-istaklari, ğayrati va şijoatini, xalqimizga xos mehmondöstlikni mujassam etişini, milliy bayroğimizning davlat idora va muassasalari, öquv yurtlari, Özbekiston aʼzo bölgan xalqaro taşkilotlar, çet ellardagi elçixona va doimiy vakolatxonalarimiz peştoqida hilpirab turişi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnaşayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning şaʼni, xalqimizning ğururini yorqin aks ettirişi barçamizga iftixor baxş etadi, deya taʼkidladi.
Darhaqiqat, xalqaro sport bellaşuvlarida ğalaba qozongan sportçilarimiz şarafiga yurtimiz bayroği baland kötarilgan lahzada har birimiz çeksiz hayajonga tuşamiz, heç kimdan kam emasligimizni his qilamiz.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi. Tumanimizning isteʼdodli xonandalari Vatan, tinçlik, mustaqillik, istiqlolni madh etuvçi kuy-qöşiqlar ijro etdilar hamda tadbirga yuqori bayramona ruh baxş etdilar.
Qayd etiş joizki, Davlat bayroği Özbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Davlat bayroği Özbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasining timsoli böladi.
Bayroğimiz özida butun Özbekiston sarhadida qadimda mavjud bölgan davlatlar bilan tarixan boğliqlikni hamda yurtimiz hududida yaşovçi millat va elatlarning anʼanalarini mujassamlaştirgan.
Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barça millatlar turli xil xavf-xatarlardan xoli, emin-erkin holda ahil-inoq yaşab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obi hayot ramzidir. Bu rang – davlatimiz fuqarolarining özaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bağrikenglik tamoyillari asosida tinç-totuv yaşayotganining timsoli. Yaşil rang esa tabiatning yangilanişi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligi ramzidir. Bu rang köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil çiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yölida özaro hamjihatlik bilan hormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat timsolidir.
Davlat ramzlari hamişa muqaddas va uluğ sanaladi. Çunki u xalqning ötmişi, buguni va kelajagini özida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
Davlat bayroği qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan bayram tadbiri yuqori bayramona ruhda hamda taassurotlarga boy tarzda ötdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶