34-sonli maktabda deputatlikka nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvi bölib ötdi
Saylovlar demokratik davlatlarning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi va fuqarolik jamiyatining rivojlanişida muhim rol öynaydi. Ular orqali fuqarolar özlarining siyosiy irodasini ifoda etişadi va davlat hokimiyatining vakillik organlarini şakllantirişda iştirok etadilar.
2024-yilning 27-oktyabr kuni Özbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga saylovlar ötkaziladi. Saylovlar Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasi va Saylov kodeksiga muvofiq oçiq va oşkora tarzda ötkaziladi.
Ayni kunlarda mamlakatimizdagi barça siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar saylovoldi taşviqoti doirasida hududlarda aholi bilan uçraşuvlar ötkazmoqda. Amudaryo tumanidagi 34-sonli maktabda ham deputatlikka nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatligiga nomzodlar, ularning işonçli vakillari va saylovda iştirok etayotgan 5 ta siyosiy partiyalarning vakillari iştirok etdi.
Dastlab deputatlikka nomzodlarning işonçli vakillari sözga çiqib, nomzodlarning tarjimai holi va saylovoldi dasturlari bilan taniştirdi. Deputatlikka nomzodlar özlari mansub bölgan siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, saylovoldi dasturi haqida maʼlumotlar berdi.
Aytiş joizki, saylovlarda iştirok etiş har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi va bu demokratik jarayonlarning ajralmas qismidir. Joriy yilgi Parlament va mahalliy kengaşlar deputatligiga bölib ötadigan saylov mutlaqo yangiça Konstitutsiyaviy muhitda ötayotganligi bilan ahamiyatlidir. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga saylovlarning aralaş saylov tizimi asosida ötkazilişi jarayonlarning eng muhim bosqiçlaridan hisoblanadi.
Bundan taşqari, joriy yilgi saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida ötkaziladi. Uşbu hujjatda saylovlarni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va printsiplar asosida demokratik, oçiq-oşkora ötkazişga xizmat qiladigan öttizdan ortiq yangi norma va qoidalar joy olgan. Ilgari amalda bölgan köplab çeklovlar çiqarib taşlangan. Saylovlardagi har bir ovoz eʼtiborga olinadi va har bir fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini şakllantirişda bevosita iştirok etadi. Saylovlarda oçiqlik, oşkoralik va şaffoflik amalda keng taʼminlanadi. Bu – uçastka saylov komissiyalaridan to Markaziy saylov komissiyasigaça – barça darajadagi saylov komissiyalari öz işini yuksak masʼuliyat va eng yuksak demokratik printsiplar asosida amalga oşirişida öz ifodasini topadi.
Tadbirda mahalla faollari sözga çiqib, saylovçilarni özlari munosib deb bilgan partiyalar va nomzodlarga ovoz berişga hamda saylovda faol iştirok etişga çaqirdilar. Qayd qilinganidek, saylovlarda iştirok etiş har bir fuqaroning siyosiy faolligini namoyon qiliş va mamlakat kelajagiga taʼsir körsatiş imkoniyatini beradi. Şu bilan birga, saylovlar natijalari mamlakatning kelgusi yillardagi siyosiy yönalişini belgilab beradi va deputatlarga xalq manfaatlarini ifoda etişlari uçun masʼuliyat yuklaydi.
Konstitutsiyamizning 36-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat işlarini boşqarişda bevosita hamda öz vakillari orqali iştirok etiş huquqiga ega. Şunday ekan, har bir saylovçini davlat organlarini demokratik tarzda şakllantirişdek muhim siyosiy jarayonda iştirok etişga, saylovlarda özlari munosib deb bilgan siyosiy partiya va nomzodlarga ovoz berişga çaqirib qolamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶