Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining navbatdagi sayyor qabuli Amudaryo tumanida bölib ötdi
Sayyor qabul – fuqarolar bilan muloqot qiliş, ularning hayotiy ehtiyojlarini örganiş, muammolariga ijobiy yeçim topişda muhim örin tutadi. Mamlakatimizda rahbarlarning xalqni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib örganiş, xalq bilan yaqin aloqa örnatiş maqsadida hududlarga çiqqan holda sayyor qabullar taşkil etiş tizimi yölga qöyilgan bölib, ana şunday qabul jarayoni Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulida ham taşkil etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov iştirokida bölib ötgan sayyor qabulda tuman hokimi Sobir Xöjametov, respublika hamda tumandagi barça sohalar böyiça masʼullar hamda hududda yaşovçi aholi vakillari iştirok etdi.
Taʼkidlaş joizki, hududlarda ötkazilayotgan sayyor qabullar va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etiş, oğirini yengil qilişdamuhim vosita bölib, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlamoqda. Turli darajadagi davlat hokimiyati va boşqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini örganiş, ularga imkon qadar kömak beriş, mavjud muammolarga öz joyida yeçim topiş imkonini bermoqda.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolardan turli masalalar yuzasidan köplab murojaatlar kelib tuşdi. Xususan, fuqarolardan biri Ayoqçi mahallasida joylaşgan katta yölga 1,5 km piyodalar yölakçasi qurib berişda hamda Posbon köçasidan Salomat köçasigaça oraliqda 180 metr uzunlikda piyodalar yölakçasi qilişda yordam söragan bölsa, yana biri Qiliçboy ovulidagi 4- Ibrayim Yusupov köçasini asfalt qilib berişda amaliy yordam sörab murojaat qiladi. Şuningdek, Qiliçboy ovulida yaşovçi Zamira Eşimmetovaning ovuldagi 5-Avesto köçasiga elektr energiyasi yetkazib berişni yaxşilaş böyiça sörab qilgan murojaati jarayonning özida ijobiy yeçimi topdi.
Qolaversa, fuqarolar mahallasidagi boğçaga boradigan yöllarni taʼmirlaş, mahallaga 250-örinli boğça qurib beriş, eski köprikni taʼmirlab beriş, tadbirkorlik qiliş uçun yer maydoni ajratib beriş, hovlisining içidagi transformatorni boşqa joyga köçirib beriş, 70-sonli maktab oldidagi yöl yoqasiga piyodalar yölakçasi quriş kabi qator masalalar bilan murojaat qildilar.
Qabul jarayonidagi aksariyat murojaatlar joyida özining ijobiy yeçimini topdi. Yeçimi maʼlum vaqt talab qiladigan murojaatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining şaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ularni ijobiy hal etiş böyiça tegişli soha rahbarlariga topşiriqlar berildi.
Yurtimizda “Inson qadri uçun” tamoyili asosida ötkazilayotgan bunday sayyor qabullar fuqarolar hayotida uçrayotgan va ularni qiynayotgan muammolarga yeçim topişda hamda xalqimizning bugungi kunidan rozi bölib yaşaşi yölida yana bir amaliy qadam böladi. Zero, inson manfaatlarini taʼminlaş uçun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qiliş, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxşi biliş alohida ahamiyat kasb etadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶