Xitoy ovulidagi oilaviy poliklinika binosi mukammal taʼmirlanib, foydalanişga topşirildi
Qişloq joylarda birlamçi tibbiyot muassasalari aholining salomatligini saqlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular kasalliklarning oldini oliş, profilaktika işlari va patronaj xizmatlarini amalga oşirişda asosiy örin tutadi. Şu sababli ham keyingi yillarda hududlardagi birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinib, islohotlar amalga oşirilmoqda. Natijada aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat körsatiş, şuningdek, kasalliklar profilaktikasi va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş işlari yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Amudaryo tumanining olis Xitoy va Böz yop ovullari hamda uşbu ovullar tarkibidagi mahallalar aholisiga xizmat körsatuvçi 6-sonli oilaviy poliklinikasi binosi ança eskirgani bois, bu yerda aholiga birlamçi tibbiy xizmatni sifatli va aʼlo darajada körsatiş borasida qiyinçiliklar kuzatilayotgan edi. Tibbiy muassasalarni bosqiçma-bosqiç quriş va rekonstruktsiya qiliş böyiça maxsus dastur asosida mazkur 6-sonli oilaviy poliklinika binosi ham mukammal taʼmirlanib, 23-sentyabr kuni foydalanişga topşirildi.
Muassasa binosining oçiliş marosimida tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman faollari va ovul ahli iştirok etişdi. “Manğit ideal quriliş” MÇJ tomonidan 750 mln söm mablağ evaziga amalga oşirilgan mazkur rekonstruktsiya va mukammal taʼmirlaş işlari binoga yangiça qiyofa baxş etib, nafaqat sifatli birlamçi tibbiy xizmat uçun şaroit yaratdi, balki ovulning körkam inşootlari sonini yana bittaga köpaytirdi.
Binoning oçiliş marosimida söz olganlar – tuman hokimi Sobir Xöjametov, mehnat faxriysi, mahalla faoli Tursunboy Abdullayev va boşqalar taʼkidlaganlaridek, mamlakatimizda aholi, ayniqsa olis qişloqlarda yaşovçi fuqarolar salomatligini saqlaş davlatimizning doimiy diqqat markazidagi masala bölib kelmoqda. Sönggi yillarda soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilgan islohotlar natijasida aholining salomatligi va körsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmi yil sayin ortib bormoqda. Bu esa örtaça umr davomiyligining oşişiga ham zamin yaratmoqda.
Oçiliş marosimidan keyin mehmonlar poliklinika binosiga kirib, bu yerda tabbiyot xodimlarining faoliyat yuritişlari uçun yaratilgan şaroitlar va taşrif buyuruvçilar uçun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanişdilar.
Aytiş joizki, Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli mazkur 6-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi 4ta hudud – Xitoy va Böz-yop ovullari hamda Tor-yop va Namuna mahallalaridagi jami 3039ta xonadonda yaşovçi 16 ming 791 nafar aholiga birlamçi tibbiy yordam körsatadi. Aholining 8 ming 541 nafari erkaklar, 8 ming 250 nafari esa ayollardir. Ulardan 14 yoşgaça bölganlar soni 5 ming 39 nafarni, 15-17 yoşlilar soni 907 nafarni, 18 yoşdan kattalar soni esa 10 ming 845 nafarni taşkil qiladi. Poliklinikaning xizmat hududida yaşovçi 1 yoşgaça bölgan çaqaloqlar 432 nafar, tuğiş yoşidagi ayollar esa 4 ming 279 nafarni taşkil qiladi.
Bu kabi katta hududda yaşovçi köp sonli aholiga sifatli birlamçi tibbiy xizmat körsatiş uçun 6-sonli oilaviy poliklinikada 8ta tibbiy brigada taşkil etilgan bölib, ular tarkibida 8 nafar oila şifokorlari, 16 nafar patronaj hamşirasi, 8 nafar umumiy amaliyot hamşirasi, 4 nafar tibbiy brigada doyasi hamda 5 nafar tor doiradagi şifokorlar, yaʼni akuşer-ginekolog, jarroh, stomatolog, ultratovuş tahlili şifokori, vraç-laborantlar faoliyat olib boradi. Bundan taşqari, poliklinikada 4-örinli kunduzgi statsionar ham taşkil etilgan.
Işonamizki, yangi binoda faoliyatini davom ettirayotgan oilaviy poliklinikaning mehnat jamoasi öz kasblarini sidqidildan, fidoyilik bilan bajarib, aholi salomatligini saqlaş yölida yanada samarali iş olib boradilar.
amunews.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶