Futbol va mini futbol böyiça Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi
Maʼlumki, 2021-yildan boşlab mahallalarda 16-30 yoş toifasidagi öğil va qizlar örtasida har yili anʼanaviy tarzda futbol va mini futbol böyiça Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari keng qamrovda ötkazib kelinmoqda.
Futbolni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni eng quyi tizimgaça tuşiriş hamda mahallalardan boşlab iqtidorli yoşlarni saralab oliş maqsadida taşkil qilinayotgan mazkur musobaqalarda har yili mamlakat böylab yuz minglab yoşlar iştirok etib, iqtidorlarini namoyiş qilmoqda va salomatliklarini mustahkamlamoqda.
11-aprel kuni Amudaryo tumanida ham sportning futbol va mini futbol turlari böyiça Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.
Oçiliş marosimida tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi masʼullari hamda jamoatçilik faollari iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama soğlom va yetuk insonlar qilib tarbiyalaş, ularni sportga keng jalb qiliş orqali salomatliklarini mustahkamlaş, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga kömaklaşiş, şuningdek, mahallalarda sport infratuzilmasini yanada rivojlantiriş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilayotganini alohida qayd etdilar.
Maʼlumki, şu yil 20-mart kuni qabul qilingan Prezident qarorida mahalladagi yoşlar yetakçisiga mahalla yoşlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtiriş, şuningdek, bu borada turli tarğibot-taşviqot işlarini taşkil etiş, mahallalarda mavjud bölgan futbol böyiça sport inşootlari hamda boşqa sport maydonçalaridan tizimli va samarali foydalanilişini taşkil etiş, mahallada futbol böyiça erkaklar va ayollarning turli yoş toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini şakllantiriş hamda ularni tayyorlaşni taşkil etiş va şu kabi boşqa qöşimça vazifalar yuklangan edi.
Prezidentimizning uşbu qarori bilan mahalla terma jamoalarining 12-15 yoş toifalari örtasida ikki bosqiçli “Mahalla ligasi” va 16-30 yoş toifalari örtasida uç bosqiçli Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarini ötkaziş tizimi ravişda yölga qöyildi.
Anʼanaviy tarzda futbol va mini futbol böyiça Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari ham mahallalardagi yoş iqtidorli futbolçilarni aniqlaş hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga yönaltirib boriş, mahallalarni sport inventarlari bilan taʼminlaş borasida muhim vosita bölmoqda.
Musobaqa Nizomiga köra futbol va mini futbol böyiça saralaş va sektor bosqiçlaridan muvafaqqiyatli ötgan jamoalar tuman bosqiçida özaro kuç sinaşadilar. Maʼlumot örnida aytiş kerakki, ötgan yili futbol böyiça musobaqalarning tuman bosqiçida mutloq ğoliblikni Tölqin ovuli yoşlari, ikkinçi örinni kuyuk-köpirlik yoşlar jamoasi va uçinçi örinni Xolimbeg ovuli yoşlari egallaşgan edi.
Mini futbol böyiça esa Böston mahallasi yoşlari faxrli birinçi örinni, Xizir eli mahallasi yoşlari ikkinçi örinni, Daryoböyi mahallasi yoşlari esa uçinçi örinni qölga kiritgan edilar.
Jamoalar bu yilgi musobaqalarga alohida puxta tayyorgarlik körgani bois saralaş va sektor bosqiçlaridanoq öyinlar şiddatli tus oldi. Bir neça hafta davom etadigan saralaş va sektor bosqiçlari yakunlariga köra may oyida musobaqalarning tuman bosqiçi ötkaziladi. Fursatdan foydalanib, futbol va mini futbol böyiça Davlat xavfsizligi xizmati kubogi öyinlarida iştirok etayotgan barça jamoalarga omad tilaymiz!
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶