16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:05
Adabiyot 👁 406

“SAYYoR KITOBLAR KARVONI” TADBIRIDA YoShLAR QIZIQARLI ADABIYoTLAR BILAN TANIShDILAR

“SAYYoR KITOBLAR KARVONI” TADBIRIDA YoShLAR QIZIQARLI ADABIYoTLAR BILAN TANIShDILAR

 “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasi doirasida tumanimizning barcha hududlarida yoshlar oʻrtasida maʼrifiy-tarbiyaviy tadbirlar tashkil etilib, ularning boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlikka daʼvat etish maqsadidagi “Kitob sayillari”, “Eng yaxshi sovgʻa – kitob”, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyalari kitobxon yoshlarning qiziqishlarini, safini oshirmoqda.

11-mart kuni ushbu grant loyihasi ish rejasiga koʻra Mangʻit shahridagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida “Sayyor kitoblar karvoni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati xodimlari, maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulsara Yodgorova hamda yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab tahririyat xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” nomli grant loyihasi mazmun-mohiyati, maqsadi va rejalari, rejalarga koʻra oʻtkazilayotgan tadbirlar, ularning samarasi xususida batafsil maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, ushbu loyihani amalga oshirish orqali yoshlarni ilm olish va yuksak maʼnaviyatli boʻlishga daʼvat etish, bilimli va tashabbuskor yoshlarni tengdoshlariga oʻrnak qilib koʻrsatish, shu kabilar orqali ularning safini yanada kengaytirish maqsad qilingan. Bugungi davrdagi globallashuv jarayonida yoshlarni bilimli, maʼnaviyatli qilib tarbiyalashda kitoblarning, kitobxonlikning ahamiyati katta boʻlganligi sababli, loyiha doirasida yoshlarga kitobning afzalligi tushuntirilmoqda.

Tadbir davomida loyiha ijrochilari kitobxonlikning ahamiyati haqida keng tushunchalar berib, koʻp kitob oʻqigan kishida yuksak insoniy fazilatlar – muomala madaniyati, mushohada, dunyoqarash kengligi, bilimdonlik, yurish-turish, kiyinish odobi, oʻzgalar fikriga hurmat bilan qarash, tinglash madaniyati sezilib turishini alohida eʼtirof etishdi. Shuningdek, keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan kitobxonlik, kitob nashr qilish, kutubxonalarni koʻpaytirish, ularni bosma va elektron adabiyotlar bilan toʻldirish davlat siyosati, madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylangani, bu oʻz natijalarini koʻrsata boshlaganini aytib oʻtdi.

Oʻquvchi-yoshlarga kitoblarning bilimlar kaliti ekanligi, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar oʻrnini bosolmasligi, televideniye va radio, zamonaviy kompyuterlar imkoniyati va afzalliklari koʻp boʻlishiga qaramasdan hech biri kitobning oʻrnini bosa olmasligi, ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini kuchaytirishi, dunyoqarashini kengaytirishi batafsil tushuntirildi.

Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulsara Yodgorova ham “Eng yosh kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Kim koʻp kitob oʻqigan?” kabi tanlovlarni oʻtkazish anʼanaga aylangani, gʻoliblar munosib taqdirlanayotgani, kitobxonlik jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab olayotgani, kitob oʻqishga, bilimga tashna yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida faxrli oʻrinlarni egallashayotgani haqida soʻz yuritdi.

Tadbirda oʻquvchilar grant loyihasi ijrochilari tomonidan keltirilgan kitoblar bilan tanishib, tahririyat qoshidagi kutubxonaga aʼzo boʻlishga qiziqish bildirishdi. Ularga kutubxonadagi boshqa kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotlar berish bilan birga aʼzo boʻlish va kitoblarni olib turish tartibi keng tushuntirildi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Sayyor kitoblar karvoni” tadbiri oʻquvchi-yoshlarga juda manzur boʻldi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026