Adabiyot
👁 447
AMUDARYo KOʻPRIGIGA
Koʻpriklar qurishgan bobolarimiz,
Koʻngildan-koʻngilga, ellardan-elga.
Olamning sayqali maʼvolarimiz
Suvratin koʻchirib dillardan-dilga.
Ilm koʻpriklarin qurishgan, metin,
Millatni tanitib bashariyatga.
Sharhlab dini islom, hadis qudratin,
Nomin yozib qoʻygan abadiyatga.
Biz ham koʻprik qurdik, qarang, muhtasham,
Dunyoga eltuvchi yoʻllar darbandi.
Yillarni qaritgan ertak ham, tush ham,
Bugun xalqim uchun rostga aylandi.
Shundayin koʻprik bu kelajakka yoʻl –
Shu yoʻldan boramiz taraqqiyotga.
Sukunatga choʻmgan anov sahro – choʻl,
Bagʻri toʻlib ketar joʻshqin hayotga.
Avlodlar ulgʻayar jasoratli, mard,
Boshlarida tutib ilm-irfonni.
Ona yurt shaʼniga qoʻndirmagay gard,
Bunyod etar yangi Oʻzbekistonni!
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶